- YO‘QLIK TOMON YO‘L
1943 yil 13 aprelda Berlin radiosi Katin rayonida (Smolensqdan 12 km. janubda) german ma’murlari 1940 yilda NKVD tashkilotlari tomonidan otilgan 3 ming nafar harbiy asir polyak zobitlari ko‘milgan joyni topganliklari haqidagi xabarni eshittirdi. Gebbels buni oliy toifadagi muhim, Gitlerga qarshi koalitsiyaga kirgan ittifoqchilarning SSSRga nisbatan ishonchini yo‘qqa chiqarishi mumkin bo‘lgan shov-shuvli xabar deb hisobladi.
Biroq gitlerchi rahbarlarning kutgani qisman amalga oshdi. SSSR bilan emigratsiyadagi polyak hukumati o‘rtasidagi munosabatlar haqiqatda buzildi. Lekin Gitlerga qarshi koalitsiyaning yetakchi mamlakatlari, garchi bu jinoyatni Stalin rejimi amalga oshirganligini bilgan bo‘lsalar-da, umumiy dushmanga qarshi kurashdagi ittifoqchilarning birligini buzish yo‘lini tutmadilar.
Katin masalasi urushdan keyin, Gitlerga qarshi koalitsiya barham topib xalqaro munosabatlarda yangi davr “sovuq urush” davri boshlangach, yana yuzaga qalqib chiqdi. Bu masala Sovet-Polsha munosabatlarini 1990 yilgacha zaharlab keldi.
Endiliqda noxush nom chiqargan Katin o‘rmonida nima bo‘lgan edi? Katinda bo‘lgan jinoyatni tushunish va lozim darajada baholash uchun bu fojiadan avval bo‘lgan ba’zi bir voqealarni eslash kerak.
Sovetlar Polshaga bostirib kirganda Qizil Armiya qo‘shinlari, Polshaning emigratsiyadagi hukumatining hisobicha, polyak armiyasining 230 mingdan ziyod askar zobitini asir olgan, ular orasida, polyak publitsisti va tarixchisi Yu.Matskevichning ta’kidlashicha, 10 general, 52 polkovnik, 72 podpolkovnik, 5131 boshqa xildagi ofitser, 40.996 unter-ofitser bo‘lgan, politsiya amaldorlari bu hisobga kirmaydi.
1939 yil 19 sentyabrda NKVD doirasida P.K.Soprunenko boshchiligida harbiy asirlar va ozodlikdan mahrum etilganlar ishlari bo‘yicha mutlaqo maxfiy Boshqarma ta’sis etaladi. I.Xoxlov uning o‘rinbosari, S.V.Nexoroshev komissari bo‘ldi. Boshqarmani ichki ishlar xalq komissarining muovini, brigada komandiri, bevosita Beriyaga itoat etadigan V.V.Chernishev nazorat qilardi.
Harbiy harakatlar to‘xtaganidan so‘ng sovet harbiy ma’murlari faqat 42,4 ming harbiy asirni — Ukraina va Belorussiyaning g‘arbiy rayonlarida yashagan kishilarni ozod qildilar. Boshqa harbiy asirlarni “jinoyatchi” sifatida harbiy ma’murlar NKVD ixtiyorida bo‘lgan 138 “qabul” punktlari va maxsus lagerlarga yubordilar. 42.492 kishi 1939 yil oktyabr-noyabr oylarida nemislarga topshirildi va 1940-1941 yillarda 562 kishi Germaniya elchixonasi so‘roviga binoan berildi. Ulardan ba’zilari, ayniqsa, yahudiylar nemislar tomonidan bosib olingan vatanlariga borishdan qat’iyan bosh tortdilar. Germaniya ma’murlariga kelganda, ular 1939 yil oktyabrdan 1941 yil bahorigacha Sovet Ittifoqiga 13.757 sobiq Polsha fuqarosini berishdi.
9457 zobit, shu jumladan, Litva va Latviyada qo‘lga olingan, aksariyati o‘ziga to‘q polyaklar va ziyolilarning vakillari bo‘lgan asirlar Stalin nazarida eng “xavfli” ijtimoiy unsur sifatida asosan Ostashkovo, Starobelsk va Kozelskdagi uchta lagerga tashlandilar. N.S.Lebedeva NKVD hujjatxonalarida aniqlangan ma’lumotlar guvohlik berishicha, bu uch maxsus lagerda NKVDning 1-maxsus bo‘limi orqali 8348 zobit, shu jumladan, 12 general (shundan 2 nafari muntazam xizmatda bo‘lgan), 567 mayor (356 nafari muntazam xizmatda bo‘lgan), 1534 kapitan (936 nafari muntazam xizmatda bo‘lgan), 1830 poruchik (480 nafari muntazam xizmatda bo‘lgan), 4182 boshqa zobitlar (345 nafari muntazam xizmatda bo‘lgan), 18 kapellan rasmiylashtirilgan. Polsha zobitlarining aynan shu katta guruhining fojiaviy taqdiri haqida quyida so‘z boradi. 1941 yilda Litva va Latviyadan keltirilgan deb hisobga olinganlar Vologodskiy viloyatining Gryazovetskiy lagerida jamlanganlar va u yerdan 1941 yilning kuzida tuzilgan polyak armiyasiga berilganlar.
1940 yilning bahorigacha polyak zobitlarining qarindoshlari va yaqinlari pochta orqali ulardan xatlar olib turishgan, so‘ng yozishmalar to‘xtagan. Bu lagerlarga xizmat ko‘rsatgan erkin yollangan sovet kishnlari lager ma’muriyatining qattiq tartibiga qaramay, polyaklarga oilalari bilan aloqa o‘rnatishda mumkin bo‘lgan hamma ishlarni qildilar, ularga oziq-ovqatlar olib kelib berdilar, qo‘llaridan kelganicha ruhlantirdilar.
Polyak harbiy asirlarining taqdiri o‘shandayoq ularning qarindoshlari va yaqinlarini, emigratsiyadagi Polsha hukumatining va shtabkvartirasi Shveytsariyada bo‘lgan Xalqaro Qizil Xoch (XQX)ni tashvishlantirgan. 1940 yil 14 martda XQX nemis oliy qo‘mondonligiga Italiya Qizil Xochining Kozelskdagi lager berkilganligi, undagi polyak harbiy asirlari go‘yoki ozod etilganligi haqidagi xabarni tasdiqlash yoki inkor etishni so‘rab maktub yubordi. Shundan so‘ng Sovet Ittifoqidan biron-bir xabar yo‘qligi ko‘rsatilgan.
1940 yil 21 martda german oliy qo‘mondonligi bu maktubni Ribbengrop mahkamasiga topshirdi. Bir vaqtning o‘zida bu yerga Xalqaro Qizil Xochdan telegramma yuborildi. Unda aytilishicha, ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Starobelsk, Kozelsk, Ostashkovo, Shepetovka va boshqa joylardagi polyak harbiy asirlari Germaniyaga jo‘natilgan. 1940 yil 6 aprelda Germaniya tashqi ishlar vazirligi ko‘rsatilgan shaharlardagi lagerlar hamon mavjud, deb javob berdi. Lekin o‘shandayoq german istilochi ma’murlari Polsha Qizil Xochi (PQX) Bosh boshqarmasiga go‘yoki SSSR bilan kelishuvga binoan vataniga qaytish lozim bo‘lgan katta miqdordagi harbiy asirlarga bosh gubernatorlik hududida lagerlar qurish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Tez vaqt ichida lagerlar tayyor bo‘ldi, lekin nemislar yangi ko‘rsatma berishdi: lagerlar qurilishi to‘xtatilsin, sababi, polyak zobitlari Sovet Ittifoqida qoladigan bo‘lishdi.
SSSRdagi polyak harbiy asirlarining taqdiri yil mobaynida noma’lumligicha qoldi. Gitlerchilar Smolensk va uning atrofidagi tumanlarni bosib olgandan keyingi bir yilda ham shunday bo‘ldi. Bu hududni 1941 yil 16 iyulda feldmarshal F. fon Bok qo‘mondonlik qilgan “Markaz” armiya guruhi tarkibiga kirgan 9-dala armiyasi jangchilari va 2-tank guruhi ishg‘ol qilgan edi. NKVDning Katindagi dam olish uyi binosida 537-aloqa polki joylashgandi, bu polkka 1941 yil sentyabrgacha podpolkovnik Bedenk qo‘mondonlik qilgan.
1941 yil iyunda Sovet Ittifoqiga qarshi gatlerchilar urushi boshlangandan so‘ng xalqaro vaziyat tubdan o‘zgarib ketdi. Iyul oyida Sovet Ittifoqi general V.Sikorskiy boshliq emigratsiya (London)dagi Polsha hukumatini tan oldi. Ikki mamlakatning harbiy ittifoqi to‘g‘risida tegishli bitim tuzildi. Sovet hududida polyak armiyasi tashkil etildi, general Sikorskiyning fikricha, bu yuqorida nomlari tilga olingan lagerlardagi polyak fuqarolariga, harbiy asir bo‘lgan askar va zobitlarga afvi umumiy e’lon qilishni taqozo etardi.
Emigratsiyadagi Polsha hukumati 1941 yilning kuzida Sovet Ittifoqining Londondaga elchisi A.E.Bogomolov orqali polyak harbiy asirlari taqdirini aniqlashga harakat qildi. Biroq elchi ular o‘z vaqtida ozod qilinganlar deb javob berdi. Shunda general Sikorskiy o‘zining Moskvadaga elchisi St.Kotga bu masalani Stalin oldiga qo‘yishni topshirdi. Lekin 1941 yil 14 noyabrdagi uchrashuvda ancha noaniq javob olindi.
V. Sikorskiyning I.V.Stalin bilan Moskvada 1941 yil dekabrda bo‘lgan uchrashuvida SSSR hududida general St.Anders qo‘mondonligida polyak armiyasini tuzish va uni zobitlar bilan jamlash masalasi markaziy o‘rinni egalladi. Bu muzokaraning ishtirokchisi bo‘lgan St.Kot va general St.Andersning guvohlik berishlaricha, Stalin va Beriya ularning talablariga javoban sovet lagerlarida polyak zobitlari mavjudligini qat’iyan inkor etib, ularning hammasi ozod etilgan va mustaqil qayoqlargadir ketishdi, deyishdi. Ehtimol, Manjuriyaga ketishgandir dedi Stalin masxaraomuz.
Sovet rahbarlarining bunday so‘zlari quyidagicha taxmin qilishga bahona bo‘ldi: barcha lagerlar 1940 yilning bahorida tugatilgan, harbiy asir zobitlar esa Smolensk yaqinidagi Katinga jo‘natilib, o‘sha yerda yo‘qolganlar, deb polyak muhojirlari orasida tarqalgan gap-so‘zlar asossiz emas. Lekin ular boshqa lagerlarga jo‘natilgan va tirik qolishgan, degan qandaydir umid hamon mavjud edi.
Elchi Kot va polyak armiyasi qo‘mondonligi, ularning ma’lumoticha, SSSRda bo‘lgan zobitlarning yangidan-yangi ro‘yxatini taqdim etishni davom ettirdilar Ularda harbiy asir bo‘lgan zobitlarning aniq miqdorigina emas, balki ular bo‘lgan joylar, jumladan, Yoqutiston, Frants Iosif orollari va Yangi Yerlar ham ko‘rsatilar edi. Biroq harbiy asir polyaklarni qaytarish uchun bo‘lgan barcha urinishlar muvaffaqiyatsiz tugadi.
1942 yil bahoridan SSSR bilan emigratsiyadagi Polsha hukumati o‘rtasidagi munosabatlar keskinlasha boshladi. 1942 yilning oxirigacha general Andersning armiyasi general Sikorskiyning ko‘rsatmasiga binoan Eronga evakuatsiya qilindi. lekin harbiy asir polyak zobitlari muammosi bu bilan dolzarbligani yo‘qotmadi, sababi, 1943 yil bahorda tuzilgan yanga polyak armiyasi zobitlarga juda muhtoj edi. Bundan tashqari, harbiy asirlar taqdiri hamon polyak xalqi uchun ma’naviy-ruhiy ahamiyatga ega edi.
Minglab harbiy asir polyak zobitlariga nima bo‘lgan edi?
1943 yil boshida ma’lum bo‘lishicha, Smolensk rayonida yo‘l qurgan Germaniyaning Todta tashkilotida ishlagan polyak ishchilari mahalliy aholidan Katinda polyak zobitlari dafn etilgan joy borligini bildilar. Qabrlardan birini ularning o‘zlari ochib ko‘rib, xabarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishgan, keyin qabrni yopib, ustiga ikkita xoch o‘rnatib qo‘yishgan. 1943 yil fevralda bu qabrlar haqidagi ma’lumot Germaniya dala politsiyasi N9570 komandasi boshlig‘i L.Fossga, so‘ng esa 037-aloqa polki komandiriga yetib boradi. Bir necha kundan keyin bu qabrlarni topgani uchun L.Foss Gebbelsning tavsiyasiga binoan orden bilan mukofotlanadi.
Tabiiyki, Ribbentrop va Gebbelsning mahkamalari keng miqyosdagi targ‘ibotchilik ishlarini avj oldirish uchun bu ma’lumotlardan foydalanishda fursatni boy bermadilar. Polyak tadqiqotchisi professor Ch.Madaychik haqli ravishda ta’kidlab o‘tganidek, bosqinchi ma’murlar jasadlarni olib tadqiq qilganlarida, insonparvarlik mulohazalarini emas, balki targ‘ibot maqsadlarini: SSSR rahbarlari bilan Polshaning emigratsiyadaga hukumati o‘rtasini buzishni, Sovet Ittifoqiga nisbatan ularning ittifoqchilarida shponchsizlikni yuzaga keltirishni va pirovard-natajada Gitlerga qarshi koalitsiyaga zarba berishni ko‘zda tutganlar.
Kavlash ishlari 1943 yil 29 martda boshlandi. Bir paytning o‘zida, Fossning ma’lum qilshnicha, bir qator mahalliy aholi so‘roq qilingan. Ular Katin o‘rmonida fuqarolar urushi paytlaridan boshlab NKVDning dam olish uyi bo‘lganligini, o‘shanda ham bu yerda sovet kishilari o‘ldirilganligini, 1940 yilning aprel-mayida bu yerga temir yo‘l eshelonlarida polyak zobitlari keltirilib, shu yerning o‘zida yo‘q qilinganliklarini aytishdi.
Bir paytning o‘zida fashist bosqinchilari Polsha aholisi o‘rgasida sovetlarga qarshi targ‘ibotni kuchaytirib yubordilar. Polyaklar dastlab bu xabarni ma’lum ishonchsizlik bilan qabul qildilar, shu munosabat bilan Germaniyaning Polshadagi bosh gubernatori G.Frank targ‘ibotning “og‘ir artalleriyasi”ni ishga solishga qaror qildi. U Polsha Qizil Xochi tekshiruv o‘tkazish uchun Katinga o‘z vakillarini yuborishini talab qildi.
Berlindaga matbuot konferentsiyasida Germaniya hukumati vakili Katinda qazish ishlari boshlanganligini, mavjud ma’lumotlarga qaraganda, u yerda 12 ming polyak zobiti dafn etilganligini aytdi. 1943 yil 13 aprelda tashqi ishlar vazirligi siyosiy-madaniy ishlari bo‘limi boshlig‘i F.A.Siks maxsus raport bilan o‘z rahbari Ribbentropga murojaat qilib, uning ma’lumoticha ruslar tomonidan asir olingan 12 ming polyak zobiti Rossiyada izsiz yo‘qolganliklarini, rasmiy polyak doiralari ular bilan 1940 yilning apreligacha aloqa qilib turganliklarini ma’lum qildi. Katin va atrofdagi qishloqlarning aholisidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, ularning hammasi GPU tashkilotlari tomonidan otib tashlangan. Hozirgi vaqtda qabrlar kavlanmoqda. Bu materiallar bilan tanishgan fyurer, ommaviy axborot vositalariga ularni butun dunyoga ko‘rsatishni buyurdi.
Shunda natsistlar partiyasining chet ellardagi nemislar o‘rtasida ishlash bo‘limi boshlig‘i E.V.Bolle Gimmlerga murojaat qildi, u esa o‘z navbatida Ribbentropning bu haqdagi fikrini so‘radi, Ispaniyaning vositachiligida Katindagi qazish ishlari bilan tanishish uchun oddiy bir shaxs sifatida general Sikorskiyni taklif etishni aytdi. Rpbbentrop targ‘ibot nuqtai nazaridan bu g‘oyani amalga oshirish foydali bo‘lur edi, lekin siyosiy jihatdan emiratsiyadagi Polsha hukumati boshlig‘i bilan biron-bir aloqa o‘rnatish mumkinligi Germaniya uchun maqbul ish emas, deb javob berdi.
1943 yil 10 aprelda Katinga safar qilgan Polsha Qizil Xochi vakillari guruhiga nemis va polyak shifokorlari, varshavalik va krakovlik jurnalistlar, shuningdek, Shvetsiya, Shveytsariya va Ispaniyadan borgan jurnalistlar hamkorlik qilishdi. Quruqliqdagi qo‘shinlar oliy qo‘mondonligining ko‘rsatmasiga binoan jasadlarni tibbiy ko‘riqdan o‘tkazish uchun kavlab olish ishlariga rahbarlik qilish Vrotslav universitetining Germaniyada taniqli professori G.Buttsga topshirildi.
Londondaga polyak ma’murlari nemislar tashkil etgan delegatsiya Katinga uchib ketganligini 14 aprelda bildilar, bu haqdagi rasmiy xabarni Polshadagi Krayova Armiyasi qo‘mondoni general S.P.Grat-Rovetskiydan uch kundan so‘ng oldilar.
Keyinchalik turli mahkamalar tomonidan 1943 yilning ikkinchi yarmida va 1944 yilning birinchi yarmida Katin ishi bo‘yicha tayyorlangan va e’lon qilingan ishlar, rasmiy hujjatlar quyidagilardir.
- Germaniyaning sog‘liqni saqlash xizmati rahbari doktor L.Kont rahbarligida ishlagan sud-tibbiyot va kriminalistika sohasidagi xalqaro ekspertlar guruhi bayonnomasi. Bulardan faqat bir kishi — Fransua Navil — betaraf Shveytsariya vakili edi, qolganlari Germaniyaga qarashli bo‘lgan mamlakatlardan edi. Hujjat 1943 yil mayda Berlinda e’lon qilingan.
- Ribbentropning topshirig‘iga binoan nemis axborot byurosi tomonidan tayyorlanib, kitobcha holida nashr etilgan Katindagi jinoyat haqidagi material. Unda boy faktik materiallar bo‘lib, nemislar o‘z qarashlarinn ancha ishonchli qilib asoslaganlar.
O‘shanda Katin bo‘yicha to‘plangan barcha hujjatlar tez vaqt ichida Krakovga olib ketilib, u yerdagi sud-tibbiy ekspertiza institutiga topshirildi Urush oxirida esa maxsus qutilarda Drezdenga keltirilib, sovet qo‘shinlari shaharga yaqinlashib kelayotganda yoqib yuborildi.
- Sovet hukumati tashkil etgan va faqat sovet fuqarolaridan iborat bo‘lgan, ularning ko‘pchiligi mutaxassis-yurist yokp shifokor emasdilar, maxsus komissiyaning 1944 yil 24 yanvarda Moskvada e’lon qilgan xabari. Mazkur hujjatda Katindagi qabihlikda german bosqinchi ma’murlarining aybdorligi isbotlangan.
Nemislar tomonidan qabrlarni tekshirishda ishtirok etishga taklif etilgan Polsha Qizil Xochi vakillari guruhining Katindagi ishi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar bo‘lgan yana bir qimmatli tarixiy manba yaqin vaqtgacha keng jamoatchilikka ma’lum emas edi. Bu Polsha Qizil Xoch Bosh kotibi Kazimej Skarjinskiyning 1943 yil iyundagi maxfiy hisobotidir. Nemislar bu hujjat bilan tanish emasdilar. Uni taniqli polyak tarixchisi Vl.Kovalskiy Britaniya Tashqi ishlar vazirliganing arxividan 1988 yilda topgan va xalqni uyg‘otish bo‘yicha vatanparvarlik harakati organi — “Vozrojdeniye” gazetasida 1989 yil 18 fevralda e’lon qildirgan.
Hisobotda birinchi navbatda german bosqinchi ma’murlari Polsha Qizil Xochini Katin bo‘yicha targ‘ibotchilik o‘yiniga jalb egash uchun qat’iyat bilan intilganliklari ta’kidlanadi. Polsha Qizil Xochi rahbarlari bu maqsadni anglab, Katinga faqat texnik guruhni yuborishlarini, u insonparvarlik faoliyatidan ortiq bir ish qilmasligani, ya’ni faqat jasadlarni kovlab olishda ishtirok egashini, ularni tanib, aniqlash mumkin bo‘lganida, bu haqda qarindoshlariga xabar qilishlarini ma’lum qildilar. Guruh nemislarning jinoyat sodir bo‘lgan vaqtni oshkora aniqlash haqidagi taklifini, bu aniq aybdorni ko‘rsatish bilan teng ekanligini tushungan holda, qat’iyan rad etdi.
Polsha Qizil Xoch guruhi o‘z oldiga shunday cheklangan vazifa qo‘yib, jasadlarga janoza o‘qish maqsadida borayotgan ruhoniy, krakovlik kriminalist, Berlindagi jinoiy qidiruv politsiyasining uch zobiti hamrohligida 1943 yil 16 aprelda Katinga kelib, ish boshladilar. Polyak vakillari guruh qatnashchilarini turli xil targ‘ibot ishlariga jalb qilishga harakat qilgan targ‘ibot rotasi zobiti, leytenant G.Sloventsik bilan muntazam to‘qnashgan holda Katinda 1943 yil iyun oyining o‘rtasigacha, ya’ni yilning issiq kunlari boshlanib, jasadlarni kovlab olib tekshirish mumkin bo‘lmay qolgunigacha ishladilar.
Guruh qabrlardan topilgan hujjatlar orasida mayor A.Solskiyning kundaligini alohida ta’kidladi. 1940 yil 8 iyundagi yozuvda quyidagi ma’lumotlar bor edi: “Kozelskdagi polyak zobitlari guruhi Smolenskka ertalab 3.30 da yetib keldi. Soat 5 ga ozgina qolganida o‘rnimizdan turishga buyruq bo‘ldi. Bizni jinoyatchilar olib yuriladigan avtomobilga utqazishdi, yonimizda soqchilar o‘tirishdi. Biz dala hovlini eslatadigan kichik o‘rmonga keldik. Bu yerda bizning nikoh uzuklarimizni, ertalab 6.30 ni ko‘rsatib turgan soatlarimizni, qalam ochadigan pichoqlarimizni tortib olishdi. Bizni nima qilisharkin?..” Kundalik shu yerda tugaydi.
Polsha Qizil Xochi texnik guruhi Varshavaga qayttanidan keyin Katinda olib borgan ishidan siyosiy xulosalar chiqarish haqidagi german ma’murlarining talabini rad etdi. U faqat nemislarni safarning tashkiliy tomonlari haqida ogoh qildi. Lekin texnik guruh Polsha Qizil Xochining Bosh boshqarmasiga maxfiy tarzda quyidagilarni ma’lum qildi.
- Ishdagi qiyinchilik shundan iborat bo‘ldiki, qabrlardagi jasadlar ayniy boshlagan edi.
- Har bir zobitning o‘limiga miyaning orqa qismiga uzilgan o‘q sababchi bo‘lgan.
- Topilgan hujjatlar shundan guvohlik beradiki, qotillik 1940 yilning mart oyi oxiridan iyun oyigacha bo‘lgan davrda amalga oshirilgan.
- Guruh ishini nemis ma’murlari muntazam kuzatib turishdi.
- Ishga har kuni mahalliy aholidan 20-30 kishi, shuningdek, sovet harbiy asirlari jalb etildi.
Polsha Qizil Xochining hisobotida yana shu narsa ta’kidlanadiki, german qo‘mondonligi uch kplometr olisda bo‘lgan frontdagi askarlarni Katinni ommaviy kelib ko‘rishini tashkil etgan.
German radiosi Katinda qabrlar topilganliga to‘g‘risidagi axborotni tarqatganidan so‘nggi dastlabki kunlarda sovet targ‘iboti bu arxeologik topilma, deb ta’kidladi. Keyin ohang va isbot o‘zgardi — bu fashist bosqinchilarining qurbonlari deb xabar berildi. Bunda shu narsa nazarda tutilgandiki, bosqinchilarning qo‘llari o‘n minglab, 1943 yilning bahorida esa yuz minglab polyaklarning qoni bilan bulg‘angan. Shu boisdan ularning yangi yovuzliklari mumkin bo‘lgan hodisa sifatida qabul qilinadi.
Bir necha kundan keyin TASS bayonot berib, polyak harbiy asirlari Smolensk yaqinidagi maxsus lagerda jamlangan va yo‘l qurilishida ishlatilayotgan edi. Germaniya bosqini boshlanganidan keyin evakuatsiya qilish mumkin bo‘lmagach, asirlar qo‘yib yuborilgan edi. Agar ularni o‘lgan holda topgan bo‘lsalar, gitlerchilar o‘ldirishgan, endilikda jinoyatlari izini yo‘qotish uchun bu jinoyatni sovet ma’murlariga to‘nkashayapti.
1943 yil 16 aprelda Germaniya Qizil Xochining prezidenti shahzoda Koburskiy xalqaro Qizil Xochga rasman murojaat qilib, Katindagi jinoyatni tekshirishda ishtirok etishni taklif qildi.
Londondagi polyak emigratsiyasining o‘ng kuchlari, jumladan, general V.Sikorskiy hukumati a’zolari ham faollashdi. Ularning talabi bilan bosh vazir Xalqaro Qizil Xochga Katindagi qabrlarni tekshirishni oshkora taklif qildi. Polsha mudofaa vaziri M.Kukel bu paytda g‘alamislik bilan yozilgan maqolani e’lon qildi. Polyak muxolifiyati Sikorskiy hukumatining sustkashligini qattiq tanqid qilib chiqdi. U polyak qo‘shinlarida isyon uyushtiramiz va polyak emigratsiyasini tarqatib yuboramiz, deb do‘q urdi.
Katindagi jinoyat haqidagi ma’lumotlar oshkor qilingach, bosib olingan mamlakatdagi emigratsiyada bo‘lgan hukumatni itoat etadigan polyak hukumati yashirin tashkilotlari bunga ikki deklaratsiya bilan munosabat bildirdilar. 1943 yil 30 aprelda hukumat vakolatxonasi boshlig‘i L.Yankovskiy bayonot berib, sovet ma’murlarining Katindagi jinoyati isbotlandi, deb hisoblanadi. Shu bilan birga u polyak yeridagi German qatli omini ham fosh qilishga va Katindan bosqinchilarning manfaati yo‘lida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. 1943 yil 9 mayda bayonot e’lon qilinib, unda polyak ma’murlari Katin masalasida bosqinchilar bilan til biriktirganliklari haqidagi aybnoma rad qilindi. Bu sovet hukumati uchun, deyiladi shundan keyin bayonotda, Polsha bilan aloqani uzish uchun faqat bir bahona bo‘ldi.
Katin masalasi Londonni tashvishlantirdi. Stalingrad yaqinida janglar bo‘layotgan paytda Britaniya quyi palatasi deputatlaridan biri tashqi ishlar vaziri A.Idendan Katin masalasida hukumat nuqtai nazarini so‘radi. Bundan taajjublangan Iden bu masalaning Britaniya parlamentida ko‘rilishi Oliy hazratlari hukumatini haqoratlaydi, dedi. Iden harbiy kabinet majlisida Katin masalasida axborot berib, polyaklar orasida tashvishlanish kuchaymoqda, dedi. Lekin ularning Katin ishini nemis targ‘iboti ruhida talqin qilish mumkin emasligiga ishontirish kerak, bu u yolg‘on gapirayapti, degan so‘z emas, albatta. Harbiy kabinet shu fikrga qo‘shildiki, Katindagi jinoyat polyaklarning e’tiborini shu faktdan chalg‘itmasligi kerakki, aynan ruslar SSSRda turgan polyak askarlari va ularning oilalariga O‘rta Sharqqa ketish imkonini berishdi.
Cherchill va Iden Sikorskiyning Xalqaro Qizil Xochga murojaat qilishiga qat’iy qarshi chiqishdi, bu qadam ularning fikricha, Gitlerga qarshi koalitsiyaning birligiga zarar yetkazishi mumkin edi. Bir paytda Stalin “Sikorskiy hukumati fashistlarning SSSRga tuhmatiga zarba bermasliqdan tashqari, hatto bu borada Sovet hukumatiga qandaydir savollar va izohlar bilan murojaat qilganligini” Cherchillga ma’lum qildi. Shundan keyin Stalin Sikorskiyni nemislar bilan til biriktirishda ayblab, sovet hukumati emigratsiyadagi Polsha hukumati bilan aloqalarni uzishga qaror qilganligani ma’lum qildi.
General Sikorskiy Cherchillning siquvi bilan Xalqaro Qizil Xochning aralashuvini talab qilib turib olmadi va aslida o‘z iltimosini qaytab oldi. Stalinga keyingi maktublarida Cherchill Sikorskiyning qarorini “xato” qaror deb atadi va Polsha bilan 1941 yil 30 iyulda yo‘lga qo‘yilgan munosabatlarni tiklashni qat’iy tavsiya etdi. U Angliyadaga polyak matbuotini “tartibga chaqirishni” va Gitlerga qarshi mamlakatlar koalitsiyasi birligi yo‘lida uning Katin masalasidagi munozarasini cheklashni va’da qildi. Stalin javob notasida Britaniya hukumatini Sovetlarga qarshi tayyorlanayotgan kompaniyaga qarshi choralar ko‘rmayotganlikda ayblab, polyak matbuotini intizomga chaqirishiga ishonmasligini ma’lum qildi va Sikorskiy hukumati bilan aloqalarni uzish haqidagi qarorini tasdiqladi. Molotov Polshaning Moskvadagi elchisi M.Rommerni bu haqda 1943 yili 26 aprelda xabardor qildi va elchi 5 mayda Sovet Ittifoqini tark etdi. Bir necha kundan so‘ng sovet hukumata SSSRda podpolkovnik Z.Berling qo‘mondonligida yangi polyak diviziyasini tuzishga ruxsat berdi.
Prezident Fr.Ruzveltning ma’muriyati ham Katin masalasini ko‘pirtirishni istamadi, lekin Polshadan chiqqan amerikaliklarning AQShdagi miqdori va siyosiy mavqeini hisobga olib, bunga ancha ehtiyotlik bilan munosabat bildirdi. Vashingtondagi jazavani Polsha elchixonasi qizitdi. Shunga qaramasdan, amerika matbuoti Sikorskiyning XQX xizmatidan foydalanishdan bosh tortishi muammoni hal etishi kerak, deb hisobladi.
Gebbels o‘sha kunlarda kundaligida Cherchill va Polsha hukumati o‘rtasida kelishmovchilik kuchayib borayotganligini mamnuniyat bilan ta’kidlagan edi. U anglosakslar Angliyadagi polyaklarni o‘zlarining dushmanlari deb bilishadi, deb yozgan edi. 1943 yil 29 aprelda Gippelskirx Ribbentrop uchun tayyorlangan memorandumda sovet-polyak aloqalari to‘xtaganligi Germaniya dushmanlari koalipiyasi birligining bo‘shashida muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlangan edi. Muallif mamnuniyat bilan qayd etadiki, bu uzilishga faqatgina Katin emas, balki emigratsiyadagi Polsha hukumatining SSSRga o‘tib keztan Ukraina va Belorussiyaning g‘arbiy rayonlarida yerlarga davosi ham sabab bo‘ldi. Sovet hukumati esa bundan Kuusinenning Finlandiya hukumati singari Polshaning yangi hukumatini tuzishda bu holatdan foydalandi.
Polyak jamoatchiligi fikrida parokandalikni yuzaga keltirish uchun Germaniya ma’murlari yana bir qadam qo‘ydilar. Ular Voldenberg lageridagi (Shchepin shahri yaqinida) bir guruh polyak harbiy askarlarini Katinga borishga taklif qildilar. Bu guruhda taniqli polyak harbiy nazariyotchisi podpolkovnik St.Mossar bor edi. Urushdan keyin u nemislar bu guruhni radio va matbuotda chiqishlar qilish uchun foydalanishga qanday harakat qilganliklari, lekin qat’iy rad javobi olganliklari haqida gapirib berdi. Ribbentrop Germaniyaning Shveytsariya va Ruminiyadagi elchixonalariga Katinga borishga va tegishli targ‘ibot kompaniyasida ishtirok etishga rozi bo‘ladigan to‘rttadan polyak muhojirini topish haqida ko‘rsatma beradi. Lekin bu urinish ham muvaffaqiyatli bo‘lmaydi.
Biroq 1943 yil may oyi o‘rtasida nemislarga asirga tushgan Angliya va Amerika zobitlaridan guruh tashkil etib, Katinga yuborishga muvaffaq bo‘ldilar. Guruhda amerikalik polkovnik Djon G.von Flitt bor edi, u 1945 yil mayda ozod bo‘lganidan keyin Katinda ko‘rganlari haqida o‘z qo‘mondonligiga raport yozdi. Boshqa ittifoqdosh harbiy asir ingliz harbiy shifokori kapitan Stenli S.B.Djilder polyak mutaxassislar guruhi rahbari doktor M.Vodzinskiydan bir kuni Katin ishi to‘g‘risida nimalar deya olasiz, deb so‘raydi. Vodzinskiy nemislarni ayblash uchun biron-bir dalil topishni istaganim holda uni topolmadim va shu boisdan Katindagi yovuzlikni sovet ma’murlari qilishgan deb hisoblayman. Polyak aholisining Katin fojiasiga munosabati to‘g‘risidagi savolga javoban, Vodzinskiy ishonch bildirib aytdiki, nemislarning Osventsimda va boshqa kontslagerlarda qilgan jinoyatlaridan so‘ng Katin polyak jamoatchiligida alohida bir norozilikni yuzaga keltirgani yo‘q. Bu demak, polyaklarning nemislar bilan harbiy hamkorlikka tayyorligini kutmaslik kerak.
Katin mavzusi o‘sha paytda O‘rta Sharqda turgan general Anders armiyasi askarlari va zobitlari o‘rtasida ham muhokama qilingan. Ularning ba’zilari o‘zlarining Qizil Armiya va NKVDning yuqori amaldorlari bilan ilgarigi uchrashuvlari haqida gapirishdi. Jumladan, 1943 yilda polkovnik Ye.Gorchinskiy 1941 yil oxirida Beriya va uning muovini Merkulov bilan bo‘lgan, SSSRda polyak armiyasini tashkil etish masalalari muhokama qilingan uchrashuvlari to‘g‘risidagi esdaliklarini o‘rtoqlashishdi. Beriya Gorchinskiyga barcha asir polyak zobitlari “nemislarga topshirilganligini” aytib, bunga juda afsuslanganligini bayon qilgan. Biroq, Gorchinskiyning so‘zlaricha, NKVDdagi suhbatni podpolkovnik Z.Berling bir oz boshqacharoq izohlagan. U urushdan so‘ng e’lon qilingan esdaliklarida hikoya qilishicha, uning Kozelsk va Starobelskdagi polyak zobitlari taqdiri xususidagi savoliga Merkulov shunday javob bergan: “Ulardan umid qilmanglar. Ular Sovet Ittifoqi hududida yo‘q. Ular masalasida biz katta xatolikka yo‘l qo‘ydik”.
Keyingi oylarda gitlerchilarning Katin bilan bog‘liq targ‘ibotchilik kampaniyasi yanada faollashdi. Bosh gubernator Frank bu ishga nafaqat ziyolilarni, balki polyak ishchilar sinfinn ham jalb etishga intildi. Shu munosabat bilan 1943 yil may oyi o‘rtasida ishchilardan bir guruh tashkil egalib, ular Katinga borib kelishdi. Unga urushdan so‘ng “Katin” monografiyasini va Germaniyaning malaylari bo‘lgan mamlakatlardan bir necha reportajlar chop ettirgan Yu.Mitskevich hamrohlik qildi. Smolensk va uning atrofidagi aholining Katinga “ekskursiya”sini uyushtirish tajribasi ham qo‘llanildi. Bu yerda SSSRga qarshi urushayotgan mamlakatlar armiyalarining zobitlar guruhlari ham bo‘lishdi.
Katindan so‘ng polyak aholisining Sovet Ittifoqiga salbiy munosabatini hisobga olgan Gimmler 1943 yil iyunda Gitlerga vermaxt tarkibida Sharqiy frontda harakat qiladigan SS diviziyalariga o‘xshagan polyak harbiy qismlarini tashkil etishni taklif qildi. Biroq Gitler bu g‘oyani qat’iy rad qildi. 1943 yil iyunda Frank ham Gitlerga murojaat qilib, polyak maxfiy tashkiloti “Qilich va plug”dan Sovet Ittifoqiga qarshi qurolli kurashda foydalanishni taklif etdi. Shu bilan birga u shuni tan oldiki, “Katin atrofidagi targ‘ibot polyaklar orasida jiddiy aks-sado bermayapti” va shu ish bo‘yicha targ‘ibot kompaniyasini kuchaytirish kerak.
Gebbels mahkamasi tomonidan Katin ishi bo‘yicha tarqatilgan fikrga Germaniyaning o‘zidagi burjuaziya doiralariga mansub Gitlerga qarshi muxolifiyatning ayrim vakillari ham ishonishmadi.
Jumladan, uning ko‘zga ko‘ringan arboblaridan biri, elchi fon Xassel 1943 yil 20 apreldan 15 maygacha yozgan kundaliklarida Katin SS jallodlar to‘dasining ishi bo‘ldi, ular shu bahona ruslarni ayblab, butun dunyoning e’tiborini Polshadagi ommaviy qatli omdan chalg‘itmoqchi bo‘ldilar, dedi. Fon Xassel bu “jallodlar to‘dasi”ni juda yaxshi bilar, shu bois u nimalarga qodirligiga hech shubhalanmas edp. Lekin u boshqa mamlakatlardagi jallodlarning qobiliyatlaridan bexabar edi.
Fashistlar malbuotida Katin Sovet — Polsha munosabatidagi asosiy muammo bo‘lishidan tashqari, agar “bolshevizm g‘alaba qozonsa” Yevropani nimalar kutishini yaqqol namoyish etadi, degan asosiy fikr targ‘ib qilindi. Shu sababli Yevropa Katinni unutmasligi kerak. Shu bilan birga, german ma’murlari NKVD yuzaga keltirgan bunday qabrlarni Odessada, Vinnitsada va boshqa joylarda ham topganliklari ma’lum qilindi.
Katindagi jinoyatni tekshirishning rasmiy natijalari 1943 yilning kuzida broshyura shaklida ko‘p nusxada nashr etildi, uni tarqatishni rag‘batlantirish maqsadida sotuvdan tushgan mablag‘ning yarmini Polsha Qizil Xochiga berish va’da qilindi. Barcha milliy mamlakatlarda va bosib olingan mamlakatlarda, ayniqsa, Polshada Katindagi jasadlarni kavlab olish, tekshirishda nshtirok etgan shifokorlar bilan suhbatlar, jurnalistlarning maqolalari, reportajlari muntazam e’lon qilib turildi. Biroq ularning ba’zilarida polyak harbiy asirlari otilganligi hodisasi qayd etilar, lekin bu jinoyat qachon sodir bo‘lganligi, aybdorlar haqida xulosa chiqarilmasdi. 1943 yil noyabrda nemislar Katin to‘g‘risida hujjatli film ishlashdi.
Shu yo‘sinda Sovet — Polsha munosabatlari yomonlasha boshladi. 1943 yilning iyulida fojiali halok bo‘lgan bosh vazir general Sikorskiyning o‘rnini St.Mikolaychik egallagach, u yanada keskinlashdi.
1943 yil 25 sentyabrda Smolensk 5-sovet armiyasi tomonidan ozod etilgach, Katinga qiziqish yangitdan avjiga chiqdi. Sovet targ‘ibotida jinoyatning aybdori nemis-fashist bosqinchilari, degan bir xnl gap aytib turildi. Shu boisdan sovet qo‘mondonligi o‘rmonga kiraverishda taxtga quyidagi so‘zlarni yozdirib qo‘ydi: “Bu yerda, Katin o‘rmonida, 1941 yilning kuzida gitlerchi jallodlar tomonidan 11.000 polyak askari va zobiti otilgan. Qizil Armiya jangchisi, o‘ch ol!”
Katindagi jinoyat nemislarning ishi, deb ishonch bilan e’lon qilgan Sovet hukumati o‘z fikrini tasdiqlash uchun rasmiy “tekshirish o‘tkazish” kerak deb hisobladi. Shu maqsadda Moskvada “Katin o‘rmonida nemis-fashist bosqinchilari tomonidan harbiy asir polyak zobitlari otilganligi holatini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiya” tuzilganligi e’lon qilindi. Taniqli jarroh, akademik N.N.Burdenko rais bo‘lgan bu komissiya tarkibiga A.Tolstoy, mitropolit Nikolay, general A.S.Gundarov, V.P.Potemkin, general K.I.Smirnov, R.E.Melnikov va S.A.Kolesnikov kirdilar.
Komissiya Katinda 1944 yil 16 yanvardan 23 yanvargacha bo‘ldi. Shu munosabat bilan aniqlanishi kerak bo‘lgan uch savol paydo bo‘ladi. Birinchidan, nega komissiya 1944 yil yanvar oyi o‘rtasiga kelib, ya’ni Smolensk ozod etilganidan so‘ng uch yarim on o‘tgach ish boshladi? Axir oktyabr-noyabrdagi iliq ob-havo sharoitiga nisbatan sovuq taraqlagan yanvar oyida jasadlarni yaxshilab qazib olib, atroflicha tekshirish oson edi-da, buning ustiga bungacha 925 jasad qazib olib tekshirilgan edi. Ikkinchidan, shunday shubha borki, komissiyaning hisoboti oldindan tayyorlangan, sababi, qanday qilib 23 yanvarda komissiya ishini yakunlab, ertasi kuni uning ish yakunlarini e’lon qilish mumkin? Bu shubha yana shu bilan kuchayadiki, komissiya a’zolariga nemislarning hisoboti ma’lum edi, ular uni N.Shvernikdan olishgan. Uchinchidan, nega komissiya hisobotning to‘la nusxasini emas, balki qisqartirilgan nusxasini e’lon qildi?
1944 yil 24 yanvardagi rasmiy xabarda komissiya polyak zobitlari Katinda nemis-fashistlar qatli omi qurboni bo‘lganlar, deb qat’iy bayonot berdi. U o‘z xulosasini quyidagi dalillar bilan asosladi: polyak harbiy asir zobitlari Smolenskning g‘arbiy qismidaga lagerlarda 1941 yilning sentyabrigacha bo‘lganlar; 1941 yilning kuzida ular polkovnik F.Arnes komandirlik qilgan 537-inchi batalon (aslida uning familiyasi Arens, Nyurnbergdagi sud jarayonida ma’lum bo‘lishicha, bu paytda u batalon komandiri emas edi va Katinda ham bo‘lmagan) tomonidan otib tashlangan, 1943 yilda nemis targ‘iboti polyak va sovet xalqlarini urushtirish uchun bu jinoyatda sovet hukumatini aybladi; nemislar yollanma guvohlardan foydalanishdi; boshqa joyda otilgan polyak harbiy asirlarining jasadlari Katinga keltirilgan; bu yerlarda jasadlar ommaviy qazib olib tekshirilganida otish usullari fashistlarga xos ekanligi ma’lum bo‘ldi; polyak zobitlarining otilishi gitlerchilarning slavyan xalqlariga nisbatan qilayotgan genotsidning bir qismidir. Tez vaqt ichida SSSRdagi polyak vatanparvarlari tomonidan nashr etilgan “Katin haqidagi haqiqat” broshyurasida komissiyaning bu xulosalariga qo‘shilganliklari ifoda etilgan.
Komissiya tomonidan tekshirishda qo‘llanilgan usullarni g‘arb mamlakatlaridagi mutaxassislar professional emas, balki g‘oyaviylashtirilgan, oldindan qabul qilingan nuqtai nazarni tasdiqlashga da’vat etilgan usul deb baholaydilar. Masalan, shu narsa ta’kidlanadiki, komissiya xulosalarida nemislar tomonidan ochilgan qabrlar taqdiri haqida hech narsa deyilmagan. Polyak texnik guruhi 1943 yil bahorda ko‘mgan 4 mingta tekshirilgan jasadlar ko‘milgan qardoshlik qabrlari to‘g‘risida eslanilmaydi. Komissiya generallar B.Bogatirevich va M.Smoravinskiyning xoklari taqdiri qandayligini ko‘rsatmagan. 1944 yil yanvarda Katinga borgan bir kanadalik muxbirning ta’kidlashicha, 1943 yilda polyak texnik guruhi tomonidan qayta ko‘milgan ayrim qabrlar sovet ma’murlari tomonidan buzilgan.
Sovet—Polsha komissiyasining hamraisi akademik G.D.Smirnov 1990 yil aprelida aytdiki, sovet tarixchilari ixtiyorida uzoq vaqt Burdenko komissiyasi xulosalaridan bo‘lak hujjat bo‘lmagan. Faqat 1988 yilning mayida Polsha tomonidan Burdenko Komissiyasi dalolatnomasi ekspertizasi olindi: “Biz uning xulosalari bilan tanishganimizda Burdenko komissiyasi mulohazalari har jihatdan bekamu ko‘stligiga shubha tug‘ildi. Shunday bo‘lsa-da, bu bizga o‘z nuqtai nazarimizni tubdan o‘zgartirishimizga asos bo‘lmadi”.
Burdenko komissiyasi haqiqatda ba’zi bir jasadlarda 1941 yil yozi belgilangan hujjatlarni topishgan. Guvohlar buni shu bilan izohladiki, gatlerchilar Katinga kirishgach, u yerdagi bir guruh polyak asirlarini va ularni qo‘riqlayotgan sovet soqchilarini otishgan. Yana shu istisno emaski, bu hujjatlarni komissiya kelguniga qadar qabrlarni ochganlar solib qo‘ygan bo‘lishlari mumkin.
Burdenko komissiyasi tashkil etilishi munosabati bilan sovet kishilari, polyak fuqarolari va Gitlerga qarshi koalitsiyaga knrgan boshqa mamlakatlarning jamoatchiligini yana shu narsa taajjublantirdiki, uning a’zolarn tarkibi bir tomonlama edi. Unga na Gitler qarshi koalitsiyaga kirgan mamlakatlarda yashayotgan polyak emigratsiyasi vakillari, na SSSR bilan normal munosabat o‘rnatgan mamlakatlarning diplomatlarn va jurnalistlari, na Xalqaro Qizil Xoch vakillari kiritilgan edi. To‘g‘ri, 1944 yil 15 yanvarda sovet hukumatining ruxsati bilan ittifoqdosh mamlakatlarppng Moskvadagi vakili bo‘lgan bir guruh jurnalistlar Amerika elchisining qizi Katlin Garriman boshchiligida Katinda bo‘ldilar. Polshaning “Volna Polska” gazetasidan Ye.Boreysha vakil bo‘ldi. Guruh bu yerda sovet ma’murlari qabrlarni ochishganidan keyin bo‘lishdi. Shu boisdan, urushdan keyin ingliz jurnalisti A.Vert yozganidek, muxbirlar “juda qiyin ahvolga solib qo‘yilgan edi — ularga nimani ko‘rsatishgan bo‘lsa, shunigina yoza olishdi. Bundan tashqari, harbiy vaqt bo‘lganliga sababli sovet nuqtan nazarini tanqid qilib bo‘lmasdi — nemislarga qo‘l keladigan ish qilib qo‘ymaslik kerak edp”. Aftidan, Moskvada, keyin Vashingtonda Katindagi jinoyat uchun nemis ma’murlari mas’uliyatlidir, deb bayonot bergan K.Garriman ham shunday mulohaza bilan ish tutgan.
1944 yil fevral oyi oxirida “Pravda”da “do‘stlik haqidagi soxta so‘zlarni o‘ziga niqob qilib olgan emigratsiyadaga Polsha hukumatining dushmanchilik harakatlarini” fosh etishga qaratilgan katta redaktsion maqola berildi. Maqolada “polyak “arboblari”ning nemis bosqinchilarn bilan” turli shakldagi hamkorliklari batafsil bayon etilgan, lekin Katindagi jinoyat to‘g‘risida bir og‘iz ham so‘z aytilmadi.
Urush paytida Katin masalasiga oxirgi marta Varshavadaga qo‘zg‘olon munosabati bilan Molotov to‘xtaldi. U bu qo‘zg‘olon 1943 yil aprel voqeasining takroridir, o‘shanda Polshaning emshratsiyadaga hukumati Sovet Ittifoqiga tuhmat qilgan edi, deb bayonot berdi.
1944 yilning kuzidan urush oxirigacha Qizil Armiya ozod qilgan mamlakatlarda sovet ma’murlari nemislar bilan birga Katin ishini tekshirishda qatnashgan shifokorlarni qatag‘on qildilar. Jumladan, Bolgariyada inqilob g‘alaba qilganidan keyin nemislar Katindagi jinoyatni o‘rganish uchun tashkil etgan shnfokorlarning xalqaro komissiyasi tarkibiga kirgan professor M.Markov ustidan sud jarayoni bo‘lgan. U bu “ig‘vogarlikda” qatnashganligi uchun qamalgandi, lekin oshkora tavba-tazarru qilib, bu ishda nemislarning majburlashi oqibatida qatnashganligini aytib, o‘z imzosidan voz kechganidan so‘ng ozod qilingan.
Pragadagi Karlov universiteti sud tabbiyoti professori Fr.Gayek bilan ham taxminan shunday bo‘ldi, u ham nemislarning taklifi bilan Katinga borgan 12 professor-ekspert tarkibida bo‘lgan edi. Gayek ozod etilganidan so‘ng “Katin isboti” degan kitob yozib, unda o‘zining dastlabki nuqtai nazaridan qaytishga majbur bo‘lib, polyak zobitlarining jasadlari ancha yaxshi saqlangan va ular bir yildan ortiq yer ostida saqlanmasdi, deb bayonot berdi. Uning fikricha, qotillik 1941 yilning oxiri — 1942 yilning boshida, Katin nemis bosqiichilari qo‘l ostidaligi paytida bo‘lgan.
Katinni tekshirishda natsist harbiy jinoyatchilarining boshliqlari ustidan Nyurnbergdagi jarayon yangi sahifani tashkil etadi. Harbiy tribunalning 1946 yil yozidagi majlisida sovet ayblovchilari gatlerchi ma’murlarning Katindaga jinoyatda aybdor ekanliklarini isbotlashga harakat qildi. Ayblov dalolatnomasining loyihasida sudlanayotganlarga Katinda 11 mingga yaqin polyak zobitini o‘ldirganliklari aybi qo‘yildi. SSSR bosh ayblovchisishshg o‘rinbosari Yu.V.Pokrovskiy taqdim etgan aybnoma N.N.Burdenko komissiyasi materiallariga asoslanardi, u tribunal qabul qilgan qarorga binoan qo‘shimcha asoslashni talab etmasdi. Biroq himoya da’voni mahorat bilan rad etdi va pirovard natajada hukmga kiritilmadi.
Lekin ayblanayotganlarning himoyachilari g‘alabasida, uiing o‘z-o‘zidan juda ishonchli bo‘lgan da’volar emas, balki ittifoqdosh ayblovchilar o‘zaro oldindan g‘oliblarning obro‘siga putur yetkazadigan hamma narsani muhokamadan chiqaramiz, ayblovchilarni ayblanuvchilarga aylantirish bilan gitlerchi rahbarlarning terrorchilik siyosatini bilvosita oqlamaymiz, deb kelishib olishganligi asosiy rolni o‘ynadi.
Bunday qarorga asli 1945 yil 9 noyabrda, ayblovchilar Qo‘mitasining sud jarayoni boshlangunga qadar bo‘lgan majlisida kelingan edi. Sovet rahbarlari bu qarorni astoydil qo‘llab-quvvatladi. Nyurnbergdagi sovet delegatsiyasining faoliyatini nazorat qilish uchun Stalinning ko‘rsatmasiga binoan Vishinskiy boshliq hukumat komissiyasi tuzilgandi, u Molotovning barcha topshiriqlarini bajarardi. Komissiyaning qaroriga binoan 1945 yil noyabr oyi oxirida sudda muhokama qilinmaydigan masalalar ro‘yxati tuzildi. Bu ro‘yxatda Sovet—Polsha munosabatlari ham bor edi, unda G‘arbiy Ukraina va G‘arbiy Belorussiya haqida so‘z borayotganligi ko‘rsatilgan edi. Ko‘rinib turibdiki, bu yerda hozircha Katin masalasi eslatilmagan. AQSh, Angliya va Frantsiya ayblovchilari tomonidan ham masalalarning ana shunday ro‘yxati taqdim etilgan edi.
Biroq sud jarayonining 1946 yyl 11 martdaga keyingi bosqichida sovet bosh ayblovchisi R.A Rudenko Amerikaning bosh ayblovchisi R.Jeksonning xatiga javob berib, Sovet—Polsha munosabatlariga daxldor barcha masalalarni muhokamaga qo‘ymaslik istagini bildirdi. Aftidan, Katin masalasi ham nazarda tutilgan, garchi bu yerda u haqda aniq gapirilmagan bo‘lsa ham.
Ayni paytda sovet tomoni himoyaning talabi bilan Katin masalasi yuzaga qalqib chiqib qolsa, yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zi istamagan holatga ham diqqat bilan tayyorgarlik ko‘rdi. Vishinskiyning hukumat komissiyasi voqealar bunday rivojlanishi mumkinligini oldindan ko‘rib, 1946 yil 21 martdagi majlisida quyidagicha taktikani ishlab chiqdi: Abakumovga sud jarayonida gapirish uchun bolgar guvohlarni tayyorlash, buning uchun Bolgariyaga sovet vakilini yuborish taklif etildi; V.N.Merkulovga uch-beshta sovet guvohlarini va ikki tibbiy ekspertni tayyorlash, Gorsheninga polyak guvohlarning ko‘rsatmalarini tashkil etish; Merkulovga Katindagi ig‘vogarlikning guvohi bo‘lgan nemisni topish; Vishinskiyga Katin to‘g‘risida hujjatli fnlm tayyorlash topshirildi.
Bu qarorning ba’zi bandlarini bajarish mumkin bo‘ldi. Jumladan, yuqorida nomi tilga olingan professor Markovga Nyurnbergdagi ishlari uchun tavba-tazarru qilib so‘zlash taklif etildi. Nyurnbergda ko‘rsatma berish uchun sovet ma’murlari tomonidan Vatan xoini sifatida qamalgan Smolensk burgomistrining sobiq o‘rinbosari professor B.Bazilevskiy ham olib kelindi. Sud jarayonida u Merkulov nimani gapirishni tayinlagan bo‘lsa, shuni gapirdi.
Ittifoqdosh ayblovchilar kelishilgan shartnomaga qat’iy amal qildilar. Jumladan, R.Jekson va boshqa ayblovchilar Yevropada bosib olingan, nemislar yuzlab tinch aholini o‘ldirgan ko‘plab aholi punktlarini tilga oldilar, lekin minglab polyak zobitlari halok bo‘lgan Katinni bir og‘iz ham eslamadilar.
Natijada tribunal hukmiga Katin haqidagi band kiritilmadi va sovet tomoni bunga norozilik bildirmadi.
U paytda Nyurnberg jarayonining borishi bilan bog‘liq bir qator muammolar bo‘yicha ittifoqdoshlar bilan kelishish mumkin edi — “sovuq urush” endigina boshlanayotgan edi-da. Bir necha yildan so‘ng Katin masalasi mutlaqo boshqacha tus oldi. G‘arb tadqiqotchilari sovet ma’murlarining bu jinoyatga daxli borligini isbotlovchi ishonchli dalillarni topdilar. Katin masalasidan “sovuq urush”ning muhim omili sifatida foydalanildi.
Jumladan, 1948 yil 18 sentyabrda AQSh kongressi tashkil etgan demokratlar va respublikachilardan iborat R.Medden komnssiyasiga Katindagi jinoyat tafsilotini aniqlash topshirildi. Uning majlislaridan birida K.Skarlinskiy ko‘rsatmalari tinglandi. Nyurnbergdagi Amerika ayblovchilaridan Robert Keminer so‘roq qilindi. Undan so‘rashdi: “Sovetlar Katin bo‘yicha ayblovdan bosh tortganliklari, bu bilan o‘z ayblarini tan olganliklari rostmi?” Shunday javob bo‘ldi: “Bu juda diqqatga sazovor”. Keyin Kempner qo‘shimcha qildi: “Biz Sovetlarni Katin ishi bo‘yicha ayblovdan bosh tortishga majbur qilgan Shtamerga hayron qoldik. Bu himoyaning g‘alabasi edi”.
Amerikaning Nyurnbergdagi bosh ayblovchisi Jekson Katindagi jinoyatni sovet ma’murlari qilgan bo‘lishlari mumkin deb o‘ylagandik, “shu boisdan nemislarning aybi haqvda gapirishdan bosh tortdik”, dedi.
Tinglovda yanada aniqroq qilib amerikalik polkovnik Djon van F.litt gapirdi, u yuqorida eslanganidek, nemislar qo‘lida asirligi paytida, bir guruh ittifoqdosh harbiy asirlar bilan birga nemislar tomonidan Katindagi qabrlarni ko‘rish uchun yuborilgan edi. Van Flitt shunday dedi: “Men nemislarni yomon ko‘raman, lekin ular haqiqatni gapirganliklarini ta’kidlashim kerak”. Shundan keyin u 1945 yilda asirlikdan qaytganidan keyin, shunday xulosalar bilan yozilgan hisobotni Amerika kontrrazvedkasiga berganligini aytdi. 1952 yildagi tinglovda aniqlanishicha, bu oshkor qilinsa, Sovet Ittifoqi Yaponiyaga qarshi urushda qatnashmaydi va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga kirmaydi” deb “xavfsirab”, hujjat darhol yashirilgan.
Komissiya materiallari orasida o‘lim to‘shagida yotgan Burdenkoning ham guvohliklari bor. U 1946 yilda o‘z do‘sti, Voronej universitetining professori, SSSRdan G‘arbga ketgan Olshanskiyga shunday degan ekan: “Men Stalinning shaxsiy topshirig‘ini bajarish uchun Katinga bordim, u yerda qabrlarni ochib turishgan ekan… Hamma jasadlar to‘rt yil avval ko‘milgan edi. 1940 yilda o‘ldirilgan… Men uchun, shifokor uchun bu ma’lum narsa, uni shubha ostiga qo‘yib bo‘lmaydi. Bizning NKVDdagi o‘rtoqlarimiz katga xatolikka yo‘l qo‘yishgan”.
Komissiya ishini 1952 yil fevralida tugallab, Vashingtondagi sovet elchisi A.S.Panyushkinga qabul qilingan rezolyutsiya bilan birga xat yubordi. Bu xatga imzo qo‘ygan R.Medden Katindagi jinoyat bo‘yicha isbot-dalil olish istagini bildirdi. Bir necha kundan keyin sovet elchixonasi masalani maxsus sovet komissiyasi tomonidan o‘rganilib, u Katin gitlerchilarning ishi bo‘lganligini isbotlaganligini eslatgan holda Meddenga uning xatini qaytardi. Bir yildan so‘ng Amerika komissiyasi 2362 bet hajmdagi to‘la hnsobotni e’lon qildi. Unda atroflicha va ishonarli qilib shunday xulosaga kelingan edi. Sovet Ittifoqi minglab polyaklarning halok bo‘lishida javobgardir. BMT ga a’zo bo‘lgan barcha mamlakatlarning delegatsiyalari bu hisobotdan bir nusxadan olishdi. Kommssiya bundan tashqari tekshiruv materiallarini Gaagadagi xalqaro sudga yuborishga qaror qildi. Biroq Sovet Ittifoqi, G‘arb manbalarining ma’lumotlariga qaraganda, ular bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi.
Katin masalasi atrofidaga bahs orada bir oz tanaffuslar bilan bugungi kungacha davom etdi. Jumladan, Polshada Katin ishi bo‘yicha norasmiy tekshiruv o‘tkazishga urinish bo‘ldi. 1948 yil fevralda Shvetsiyaning “Dagens—Nyuxter” gezatasining xabar berishicha, krakovlik prokuror R.Martani 1947 yil boshida yustitsiya vazirligaga ma’ruza taqdim etgan, unda NKVD organlarn aybdorligi to‘g‘risidagi nemislar fikri tasdiqlangan. Ma’lum vaqt o‘ttach, u noma’lum vaziyatda o‘ldirilgan.
1982 yilda polyak fuqarosi R.Sheremetev va uning do‘stlari Madridda bo‘layotgan Yevropada hamkorlik bo‘yicha konferentsiyaga axborot yuborib, Katin ishini tekshirishda sustkashlik qilayotgan va xolis yo‘l tutmayotgan Polsha hukumatini tanqid qilgani uchun jazolangan. “Katin oilalari” norasmiy tashkilotining faoli Bojeni Loskka noma’lum kishilar qo‘ng‘iroq qilishib, seni jazolaymiz, deb do‘q qilishgan. 1989 yilda polyak katoliklarining ruhoniysi Nedzelyak o‘ldirildi va matbuot hozir ham bu jinoyatni ruhoniyning Katin bo‘yicha fosh etuvchi faoliyati bilan bog‘laydi.
Polsha birlashgan ishchi partiyasi (PORP) va Polsha hukumati 1956 yilgacha N.N.Burdenko komissiyasi fikrini ikkilanmay qo‘llab-quvvatlab keldilar. 1956 yildagi qonli voqealardan so‘ng Katindagi yovuzlik to‘g‘risida Polshada umuman gapirmaydigan bo‘lishdi, sababi, Sovet Itgafoqi buni nodo‘stona ish deb baholashi mumkin, deb hisoblandi. Biroq bu yovuzlikni xolisona o‘rgangan bir qator polyak tarixchilari, bu ishda Sovet NKVD organlarn aybdor, degan xulosaga kelishdi.
Yaqinda e’lon qilingan kitob (1970-1980 yillar PORPga sobiq birinchi kotib bo‘lgan Ed.Gerekning suhbat-tavbasi)dan ma’lum bo‘lishicha, u 70-yillarning boshida Katin ishini aniqlash bo‘yicha birinchi marta Brejnevga murojaat qilgan. U voqeaning sabablarini bilmaganligi bois, bunga juda qiziqish bildirdi, lekin amalda hech bir chora ko‘rmadi. Ikki yildan so‘ng Gerek shu mavzuda Gromiko bilan ham suhbatlashdi Biroq Stalinni sekin-asta reabilitatsiya qilish sharoitida u “Sovet tomonining bu masaladagi nuqtai nazari bildirilgan va u hech narsa qo‘shimcha qila olmasligini” aytgan.
Ma’lum bir vaqt o‘tdi va A.A.Aristov o‘rniga S.G.Pilotovich Varshavadagi Sovet elchisi bo‘ldi, u Gerekning iltimosiga binoan bu muammo bilan jidliy shug‘ullandi, chunki, u SSSR bilan Polsha o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshi rivojlanishiga xalaqit berayotgan edi. Yangi elchi Tashqi ishlar vazirligi rahbarlari orqali uning hal etilishiga yordam berishni va’da qildi. Biroq vazir hech narsa qilmaganidan tashqari, aksincha, Gerekning fikricha, elchini Moskvaga chaqirib oldi, sababi, u nozik masalaga aralashishi maqsadga muvofiq emas, deb hisoblardi. Keyinroq Pilotovich baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘ldi.
- UMUMIY DARD
Hozirgi vaqtda Katin muammosi Polsha jamoatchiligining alohida dikqat markazida turibdi. 80-yillarning ikkinchi yarmidan “Vozrojdeniye”, “Voyskoviy psheglend gistorichni” va boshqa jurnallarda bir qator maqolalar e’lon qilindi. Polyak tarixchilarining Katin bo‘yncha monografik ishlari orasida prof. Madaychikning “Katin dramasi” yetakchi o‘rin egallaydi. Katin bo‘yicha 1943 yil apreldan 1989 yil sentyabrgacha yozilgan maqola va ilmiy ishlar, polyak tarixchilarining to‘liq bo‘lmagan ma’lumotiga qaraganda, butun dunyo bo‘yicha 635 nomdan iboratdir.
Polshaning jamoat tashkilotlari ham qizg‘in faoliyat olib borishdi. 1989 yil aprelida “Katinlik oilalar” norasmiy tashkiloti tuzilib, unga Katinda halok bo‘lganlarning qarindonshari kirishdi. 1989 yil oktyabrda Katindaga jinoyatni tekshirish bo‘yicha Mustaqil tarixiy qo‘mita (Katin qo‘mitasi) qayd etildi. U tarixchilarni, huquqshunoslarni va Polsha ziyolilarining boshqa vakillarini birlashtaradi. Jamoat tashkilotlari SSSRdagi harbiy asirlarning aniq miqdorini belgilashni, Katinga yuborilmagan, lekin Vatanlariga qaytmagan boshqa minglab polyak zobitlarining taqdirini aniqlashni talab qilishyapti, Varshavada Katin qurbonlariga haykal o‘rnatishni talab qilishayapti. Halok bo‘lganlarning qarindoshlari sovet hukumatidan tovon haq talab qilishyapti.
Kozelskdagi lagerda tirik qolgan uncha ko‘p bo‘lmagan kishilardan biri ruhoniy Pilkovskiy o‘z mablag‘iga Katinda ibodatxona qurib, o‘sha yerda yashashni va yuz bergan fojia haqida hammaga gapirishni va umrining oxirigacha shu memorialning saqlovchisi bo‘lishni istaydi.
Londonda yashaydigan polyak tarixchilari urushdan keyin Katinda qurbon bo‘lganlarning umumiy miqdorini aniqlash bo‘yicha ma’lum ishlarni qildilar. Bunday ro‘yxatning birinchi nashri 1949 yilda Londonda chiqdi. 1982 yildagi to‘rtinchi nashrida Sovet Ittifoqining turli lagerlarida halok bo‘lgan 15 mingga yaqin polyak zobitining familiyasi bor. Jumladan, Kozelsk, Ostashkovo, Starobelskdagi lagerlarda bo‘lganlardan 450 nafari omon qolgan, ularni Katinga evakuatsiya qilishdan oldin Gryazovendagi lagerga o‘tkazishgan. 1941 yil sentyabrda ularni avf qilishdi va 280 kishi o‘sha paytda SSSRda tashkil etilayotgan general Andersning polyak armiyasiga kirishdi.
Sovet jamoatchiligiga kelganda, u uzoq vaqt Katinda aslida nima bo‘lganligini bilmadi. KGB organlari haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilishdi, tarixchilar va publitsistlarga tegishli hujjatlarni berishmadi. Ba’zi bir matbuot organlari esa shu paytgacha ham N.N.Burdenko Komissiyasining soxtalashtirilgan xabaridagi xulosa va baholarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullanishmoqda. Katin yaqinidagi qishloqlarning aholisiga 1940 yildagi voqealar to‘g‘risida qandaydir bir ma’lumot berish taqiqlangan. Shu yerda yashagan, 1943 yil bahorda nemislarga NKVDga qarshi eng ishonchli ko‘rsatmalar bergan I.Krivozernev sovet ma’murlari tomonidan qatag‘on qilinishdan qurqib, nemis qo‘shinlari bilan birga qochgan. Urushdan so‘ng u familiyasini o‘zgartirib, Londonda paydo bo‘ldi. 1947 yil oktyabrda Nyurnberg sud jarayonida Katindagi jinoyat muhokama qilinayotganida, Krivozertsevni osilgan holatda topishdi.
Polyak tadqiqotchisi A.L.Shchesnyak 60-yillarda Vladimir qamoqxonasida yotgan ukrain huquq himoyachisi S.Karavanskiyning quyidagi hikoyasini keltiradi. Unga kameralardan birida katinlik o‘rmonchi, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan Andreev familiyali odam yotganligi ma’lum bo‘ldi: Andereev xotini bilan 1943 yilda Katindagi jinoyat uchun NKVD mas’ul ekanligi to‘g‘risida nemis komissiyasiga ko‘rsatma bergan edi. Karavanskiyni tintuv qilishganida Andreev hikoyasi yozilgan qog‘oz topiladi, natijada unga qo‘shimcha muddat beriladi.
“Katin o‘rmoni sirlari”ni ochIshga hissa qo‘shishga uringan ayrim sovet jurnalistlari ham qiyinchiliklarga duch kelishgan. Jumladan, ‘‘Moskovskiye novosti” tahririyati 1988 yil maydan boshlab, ko‘p oylar davomida Katindaga jinoyatni aniqlash bo‘yicha jurnalist tadqiqoti olib bordi. Afsuski, bu harakat Katin to‘g‘risidagi haqiqat ochilishidan manfaatdor bo‘lishi kerak bo‘lgan sovet organlari, birinchi navbatda KGB tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi. “Moskovskiye novosti” jurnalisti G.Javoronkovning guvohlik berishicha, unga KGBning Smolensk viloyati boshqarmasi xodimlari xalaqit berishgan, ular mahalliy aholini — Katindagi jinoyat guvohlarini hikoyalari uchun jazolaymiz, deb qo‘rqitishgan.
Hatto 1990 yil bahorida, M.S.Gorbachevning V.Yaruzelskiy bilan uchrashuvidan biroz avval SSSR KGBsi matbuot-byurosi boshlig‘i Katindagi jinoyatni talqin qilishda ochiq noto‘g‘ri xabar tarqatish yo‘lini tutdi. U shunday dedi: “Katindagi fojiaga kelganda, uning tafsiloti ma’lumki, 1944 yilda maxsus komissiya xulosalarida bayon qilingan”.
Biroq Sovet Ittifoqi va Polshaning jamoatchiligi va ilmiy doiralari Katindagi yovuzliklar to‘g‘risidagi haqiqatni ochishni, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidaga munosabatdagi boshqa “oq dog‘”larni oxirigacha anpqlashni qatiyat bilan talab qila boshladnlar. Bu muammolar muhokama qilingan bir qator anjumanlardan so‘ng, va ayniqsa, 1987 yil mayida mafkura, fan va madaniyat sohalarida hamkorlik to‘g‘risida Sovet-Polsha Deklaratsiyasi imzolanganidai so‘ng Sovet-Polsha munosabatlaridagi “oq dog‘”larni aniqlash uchun olimlardan iborat Sovet-Polsha komissiyasi tuzildi. U ilgari hal etilmagan bir qator masalalarni kelishib oldi, lekin sovet tomonining qiziqishi yo‘qligi sababli Katin ishi bo‘yicha yagona fikrga kelolmadi va 1989 yilning bahorida uning ishi amalda to‘xtadi.
Ayrim tarixchilar (N.S.Lebedeva, Yu.N.Zore, V.S.Parsadanova va b.) 1989-1990 yillarda qimmatli arxiv hujjatlarini topishga, ba’zilarini e’lon qilishga va shu asosda Katinda yuz bergan fojianing haqqoniy manzarasini yaratish uchun tegishli sharoit yaratishga muvaffaq bo‘ldilar.
Sovet partiya va davlat rahbarlari Katindagi yovuzlik uchun SSSR NKVD organlari javobgar ekanliklarini to‘la tan olish uchun, hatto M.S.Gorbachev 1988 yil iyulda Polshaga safar qilgan paytda ham tayyor emas edilar. Polyak ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda u shunday deydi: “Polshada ko‘pchilnk bu ishda Stalin va Beriyaning qo‘li bor deb ishonadilar. Bu fojia tarixi hozir puxta o‘rganilayapti. Tadqiqot natijasida u yoki bu mulohaza, baho qay darajada to‘g‘ri ekanligi xususida hukm chiqarish mumkin. Katinda hozir ikkita haykal — halok bo‘lgan polyaklar va u yerda fashistlar tomonidan otilgan sovet harbiy asirlariga o‘rnatilgan haykal qad ko‘tarib turibdi. Bu bizning ikki xalqimizni boshiga tushgan kulfat ramzidir”.
Tarnxchi Yu.N.Zore va SSSR Markaziy davlat arxivi direktori A.S.Prokopenko e’lon qilgan asl hujjatlar “Katin o‘rmoni sirlari”ni ochishga sovet tarixchilari qo‘shgan qimmatli hissa bo‘ldi. Bu polyak harbiy asirlarini NKVDning Smolensk, Xarkov va Kalinnn viloyatlaridagi boshqarmalariga bevosita jo‘natilishini tahlil etgan NKVD xodimlarining 1940 yilning aprel-mayidagi ko‘rsatmalari, ma’lumotnomalari, axborotlari, siyosiy xabarlaridir.
1989 yil kuzda Katindagi jinoyatning 50 yilliga yaqinlashib kelayotganligi munosabati bilan Polsha hukumati va polyak jamoatchiligining vaziyatni aniqlash bo‘yicha talablari yanada qat’iyroq bo‘la boshladi va ancha faollashdi. Jumladan, 1989 yil oktyabr o‘rtasida Polsha bosh prokurori deputatlar talabi asosida Sovet Ittifoqi bosh prokuroriga bu ish bo‘yicha tergov qo‘zg‘ash to‘g‘risida taklif yubordi. Biroq bir qator oylar mobaynida hech qanday javob olinmadi, natijada “Katin oilalari” tashkiloti 1990 yil mart oyi boshida SSSRning Varshavadagi elchixonasi binosi yonida norozilik namoyishi o‘tkazdi. Bu tashkilot elchiga bergan maktublarida sovet hukumatidan Katin masalasida rasmiy pozitsiyaga ega bo‘lishni, Kozelsk, Ostashkovo va Starobelskdaga lagerlarda bo‘lgan polyak zobitlarining miqdorini, qatl etilgan va dafn etilgan joyni, bu jinoyat aybdorlarini jazolashni va halok bo‘lganlarning oilalariga ma’naviy tovon e’lon qilnshni talab etdilar.
Bu namoyishdan keyin bir necha kun o‘tgach, “Katin qo‘mitasi” bayonot e’lon qilib, NKVD organlarining Katindagi yovuzliklarini qoraladi va 13 aprelni, 1940 yilda Katindagi jinoyat birinchi marta e’lon qilingan kunni Katin qurbonlarini Xotirlash kuni deb e’lon qilishni taklif etdi. Bayonotda shu narsa ta’kidlandiki, Ostashkovo va Starobelskdaga harbiy asirlar dafn etilgan boshqa joylar aniqlanmas ekan, Polsha va SSSR o‘rtasidagi munosabatlar chinakamiga yaxshilanishi haqida gap bo‘lishi qiyin. Katin fojiasi to‘g‘risidagi haqiqatning e’lon qilinishi bu Sovet Ittifoqida yuz berayotgan o‘zgarishlarning tamal toshidir.
1990 yil 7 aprelda Varshava universitetida “Katin qo‘mitasi” va universitetdagi “Solidarnost” kasaba uyushmasi komissiyasi tomonidan tashkil etilgan “Katindagi jinoyat” mavzusida simpozium bo‘lib o‘tdi. “Katin — xalqning yo‘qotishi” ma’ruzasida Endjey Tuxolskny aytdiki, uning ma’lumoticha, “Sovet NKVDsi tomonidan o‘ldirilgan, Kozelsk, Ostashkovo va Starobelsk mahbusi bo‘lgan polyak zobitlarining umumiy miqdori 16 ming nafardan ortiqdir”. Ular orasida, Tuxolskiyning ma’lumotacha, 8 mingga yaqin muntazam xizmatda bo‘lgan zobit, shuningdek, urush arafasida harbiy xizmatga chaqirilgan 800 shifokor, kamida 650 o‘qituvchi, shuncha muhandis, 420 huquqshunos va turli dinlarga e’tiqod qilgan 40 ruhoniy bo‘lgan.
1990 yil 11 aprelda Polsha Respublikasi Prezidenti V.Yaruzelskiyning Moskvaga safari arafasida PAP agentligi “Katin oilalari” tashkilotining dunyo xalqlariga murojaatini tarqatdi. Unda shunday deyilgandi: “Katindagi jinoyat o‘z vaqtida oshkor qilinmadn, chunki Gitlerga qarshi koalitsiya mamlakatlari” uning haqiqiy aybdorlari butun dunyoga ma’lum bo‘lishidan manfaatdor emas edilar. Sovet Ittifoqi Katinda polyak zobitlari qatl etilganligi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi, halok bo‘lganlarning oilalari, yaqinlari qayerda yotganini bilishlari, NKVDdagi jinoyatchilar esa ayblariga yarasha jazolanishlari kerak”.
Nihoyat, Katin ishiga 1990 yil bahorda, SSSR va Polshada zarur hujjatlarni izlash va topish uchun qulay siyosiy va g‘oyaviy sharoitlar yuzaga kelganida nuqta qo‘yildi. Bu ishda Polsha Respublikasp Prezidenti V.Yaruzelskiyning 1990 yil anrel oyida SSSRga davlat safari bilan kelishi hal qiluvchi voqea bo‘ldi. Har ikki tomon Katindaga polyak zobitlari NKVD boshlig‘i Beriya va uning yugurdaklarining qurboni bo‘lganligini tan oldi. SSSR Prezidenti M.S.Gorbachev shu munosabat bilan shunday dedi: “Keyingi vaqtda shunday hujjatlar topildiki, ular roppa-rosa yarim asr muqaddam Smolensk o‘rmonida halok bo‘lgan minglab polyak fuqarolari Beriya va uning yugurdaklarining qurboni bo‘lganligi haqida bilvosita, lekin ishonchli guvohlik beradi.
Polyak zobitlarining qabrlari — o‘sha yovuzlar qo‘lida halok bo‘lgan sovet kishilarining qabrlari bilan yonma-yondir”.
V.Yaruzelskiy Katin fojiasining muhim tomoniga e’tiborni qaratdi. U shunday dedi: “Sovet tomonining Katindagi yovuzliklar munosabati bilan bayonoti bizning xalqimiz uchun axloqiy jihatdan muhim, qimmatlidir. Bu 1939 yildan so‘ng asirlikka olingan polyak harbiylarining fojiali taqdiri to‘g‘risidagi haqiqatni bilishga yo‘l ochadi.
Bu biz uchun odatdagidek bo‘lmagan og‘riqli masala edi. Biroq bironta ham sog‘lom fikr yuriguvchi polyak Katin va Kuropati, Lubyanka va Kolima uchun aybni, o‘zi stalincha ommaviy qatag‘onning birinchi qurboni bo‘lgan sovet xalqiga to‘nkamaydi”.
Sovet rahbarining bayonoti Polshada qoniqish bilan kutib olindi va hukumat doiralarida ham, polyak jamoatchiligi o‘rtasida ham ijobiy baho oldi. Sovet rahbarlarining dadil ishi Katin hamisha soya solib turgan Polsha—Sovet munosabatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deyildi. “Solidarnost” rahbari L.Valetich Katin uchun mas’uliyatning Sovet Ittafoqi tan olishini axloqan adolatli ish deb baholadi. U yana boshqa muhim masalalarni: genotsidda aybdor bo‘lgan kishilarni jazolashni, halok bo‘lganlarning oilalariga yetgan moddiy zararni to‘lashni, polyak zobitlarp ko‘milgan joylarga erkin borishga ruxsat berishni hal etishni taklif qildi.
Shu bnlan birga Polshaning ba’zi davlat arboblari Katin fojiasini undan keyingi Sovet—Polsha munosabatlari xarakteri bilan sun’iy ravishda bog‘ladilar. Jumladan, ular urushdan keyingi Sovet—Polsha munosabatlarini, 1944 yil iyulda tashkil etalgan Polsha milliy ozodlik qo‘mitasini, SSSR bilan tuzilgan shartnomalarni qo‘shgan holda qayta ko‘rib chiqishni taklif etdilar, sababi, go‘yoki bularning hammasi jinoiy tamoyillarga asoslangan emish.
Varshavaga qaytganidan keyin V.Yaruzelskiy jamoat vakillari bilan uchrashdi va Moskvada Katin ishi bo‘yicha muzokaralarning borishi to‘g‘risida axborot berdi. U, jumladan, aytdiki, Gorbachevsiz Katin masalasi ehtimol, yana besh-o‘n yil noaniq bo‘lib qolar edi. Shu uchrashuvda so‘zlagan olimlardan iborat Polsha—Sovet komissiyasining Polsha tomonidan hamraisi prof. Ya.Matsishevskiy aytdiki, sovet tomonidan berilgan halok bo‘lgan polyak zobitlarining ro‘yxati mutloq to‘g‘ri: uchta lagerda 14792 zobit saqlangan edi. Lekin NKVDning 2-maxsus bo‘limi hujjatlari yo‘q, bu yerda harbiy asirlarning taqdiri to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qilingan. Ruhoniy Ye.Dombrovskiy aytdiki, kechirishga va yarashishga yo‘l ana shu jinoyat haqidagi haqiqat va xotira orqali o‘tadi.
Polsha Respublikasi seymi va senati tomonidan 1990 yil 28 aprelda Katin bo‘yicha qabul qilingan qarorda SSSR hukumati tomonidan Katindagi jinoyat uchun NKVD aybdorligining tan olinishi polyak va sovet xalqlari o‘rtasida kelishuv va yarashish tomon qo‘yilgan muhim qadamdir. Shu bilan birga polyak fuqarolari ustidan qilingan boshqa jinoyatlarning holatini aniqlash va halok bo‘lganlarning oilalariga ham Polsha davlatiga tovon to‘lash masalalarini hal etish lozimligi taklif etildi. Jumladan, 1939 yilda, keyin 1944-1945 yillarda Qizil Armiya bosib olgan Polsha Respublikasi yerlarida tinch polyak aholisiga qarshi qaratalgan jinoiy ishlar masalasi ochiq qolayapti. Qarorda o‘sha yillarda yuz minglab polyak fuqarolari hibsga olinganliklari, ular orasida — Krayovo Armiyasining minglab askarlari bo‘lganligi, 1,5 million kishi SSSRga ko‘chirilganligi ta’kidlanadi. Tovon to‘lashga kelganda, hukumat vakili aytdiki, SSSR hukumati bilan bu borada muzokara olib borilayapti va hozirgi vaqtda bunday to‘lovga da’vogar bo‘lganlarning ro‘yxatani tuzish kerak.
1990 yil 23 mayda Polsha Respublikasi Prezidenti V.Yaruzelskiy raisligida davlat va siyosiy arboblar, olimlarning M.S.Gorbachev bergan Katin to‘g‘risidagi hujjatlarning bundan keyingi taqdiriga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Professor S.Xinevich raisligida Katin bo‘yicha komissiya tashkil etildi, u olingan hujjatlarni ilmiy ishlab chiqish va polyak harbiy asirlariga nisbatan birinchi navbatda Ostashkovo va Starobelsk lagerlarida qilingan jinoyatlarga daxldor hali noma’lum faktlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadigan bo‘ldi. U tegishli sovet muassasalari bilan hamkorlik qiladi, deb mo‘ljallanayapti.
- SIR OShKOR BO‘LAYaPTI
Katin masalasi atrofida yuz bergan vaziyat va voqealar bayon qilingach, Katindagi fojiaga sabab bo‘lgan hodisalarning haqqoniy zanjirini tiklash qoladi.
Nemis mutaxassislari komissiyasi Katindagi qabrlardan topgan ashyoviy dalillar, ularga ishonilmagan sharoitda ham, shuningdek, yaqinda topilgan arxiv materiallari Katindagi jinoyat qanday tayyorlanganligi va sodir etilganligi to‘g‘risidaga umumiy manzarani chizish imkonini beradi.
Bugungi kunda biz Kozelsqdagi lagerlardan Katinga keltirilgan polyak zobitlari katta guruhini jisman yo‘q qilish to‘g‘risida NKVD biron-bir tashkilotning rasmiy qarori mavjudligini tasdiqlovchi aniq hujjatga ega emasmiz. Bu jinoiy qaror yuqori sovet rahbariyati qabul qilgan bir qator hujjatlarda va NKVD xizmat bosqichlarining turli pog‘onalarida shakllangan. Bular orasida A.Ya.Vishinskiy ishtirokida ishlab chiqilib, SSSR Xalq Komissarlari kengashi 1939 yil 19 sentyabrda tasdiqlagan hujjatni tilga olish mumkin, unda chet ellik harbiy asirlar bilan munosabat tamoyillari umumiy tarzda shakllantirilgan. Keyin 1939 yil 8 oktyabrda Beriyaning barcha lagerlari “harbiy asirlarga tezkor chekistlik xizmati ko‘rsatish bo‘yicha alohida bo‘limlar tashkil etish to‘g‘risida”gi direktivasi paydo bo‘ldi. Ularning vazifasi “sovetlarga qarshi unsurlarni” va “aksilinqilobchilar”ni aniqlashdan iborat edi. Nihoyat, 1939 yil 31 dekabrdagi direktavasida Beriya tergovchilarga “SSSR NKVDsining alohida kengashida ma’ruza qilish uchun sobiq Polshaning harbiy asir-politsiyachilarining ishini tayerlashni” tezlashtirish to‘g‘risida farmoyish berdi.
1940 yil 28 yanvarda SSSR Harbiy sudi Harbiy hay’atining raisi V.Ulrix va bosh harbiy prokuror Afanasevning harbiy asirlarning ishlari Qizil Armiya harbiy tribunalida ko‘rilishi lozimligi to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilindi. 1940 yil 20 fevralda davlat xavfsizligi xizmati mayori P.K.Sopurenko Beriyaga “Starobelsk va Kozelsk lagerlaridagi mahbuslarni kamaytirish to‘g‘risidagi uz mulohazalarini bayon qildi. U harbiy asirlar orasidagi aksilinqilobchilar ishlarini NKVD qoshidagi alohida kengash deb atalgan nomi sovuq organga topshirishni taklif etdi. Bu tashkilot, qoida bo‘yicha o‘z qurbonlarini sud qilmay turib, oliy jazoga hukm qilardn. Bir necha kundan keyin, Merkulovning 1940 yil 22 fevraldagi va 7 martdagi direktivalariga muvofiq Kozelsk lageridaga polyak zobitlarining bir qismini NKVDning Smolensk viloyait Boshqarmasi ixtiyoriga jo‘natish boshlandi. 1940 yil 16 martdan NKVD lagerlaridagi barcha harbiy asirlarga tashqi dunyo bilan har qanday aloqa taqiqlandi.
Arxivda harbiy asirlarni Kozelskdan Katinga olib borish ishiga mas’ul bo‘lgan mayor Mejovning 136-alohida soqchi bataloni shtabi hujjatlari ham saqlangan 1940 yil 21 maydaga buyruqda Mejov 23 martdan 12 maygacha bo‘lgan muddatda batalon lagerni qo‘riqlash, bo‘shatish va qochishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha mas’uliyatli vazifalardan birini bajarganligini qayd etgan.
“Amalga oshirilgan ishga SSSR NKVDsi soqchilik qo‘shinlari Bosh boshqarmasi vakili polkovnik Stepanov yaxshi baho berdi”, — deb yozgan Mejov. Asirlarni qo‘riqlash bilan polkovnik Popov komandirlik qilgan 15-brigadaning 226-polki ham shug‘ullangan.
1940 yil aprel oyi boshidan may oyi o‘rtalarigacha Kozelsk, Ostashkovo va Starobelskdagi NKVD ixtiyorida bo‘lgan, polyak harbiy asir zobitlari saqlangan lagerlar tugatilib, harbiy asirlar berk temir yo‘l vagonlarida bir necha kun mobaynida otish joyiga olib kelinganlar. Starobelskdan jo‘natish 1940 yil 5 aprelda boshlangan. O‘n kun mobaynida (yaqinda aniqlanishicha Xarkov rayonida) 1817 kishi jo‘natilgan, shundan 8 nafari general, 61 nafari polkovnik, 36 nafari podpolkovnik, 106 nafari mayor, 436 nafari kapitan, 1170 nafari boshqa zobitlar bo‘lgan.
NKVD rahbarlari asirlar yangi joyga borishlarini bilmasliklari uchun ko‘chirishni yashirin amalga oshirishni, soqchilik rejimini kuchaytirishni, 1940 yil martdan harbiy asirlarning barcha xat-xabarlarini olishni va o‘ldirilgan asirlarning barcha hisob-ro‘yxatga olish hujjatlarini yo‘q qilishni talab etdilar. Bu NKVD organlari faoliyatidagi o‘limga mahkum etilganlarga nisbatan qilinadigan oddiy ishlar edi.
Kozelskdan Yelnya orqali Gnezdovo bekatigacha har birida 80-120 kishi bo‘lgan 30 transport jo‘natilgan.
Nemislarning komissiyasiga temiryo‘lchilardan biri ko‘rsatganidek, boshqa lagerlardan keltirilayotgan harbiy asirlar guruhi katta emasligini hisobga olib, 1940 yillning mart-aprelida (aslida 1940 yilning 3 aprelidan 17 mayigacha) Gnezdovoga har kuni odatda kechqurun yoki tunda 12 ta shunday transportlar kelib turgan. Keyin odamlarni avtomashinalarda Katin o‘rmonidaga Kozi tepaligiga jo‘natishgan.
O‘limga mahkum etilganlarni tashish va qo‘riqlash shunday puxta o‘ylangan va amalga oshirilganki, bironta ham harbiy asir qocholmadi. To‘g‘ri, Merkulovning shaxsiy farmoyishiga binoan Gnezdovo bekatiga polyak zobiti St.Svyanevichni qaytarib yuborishdi. NKVDdagi oliy martabali kishilar bu zobitga, aftidan, u Germaniya va Sovet Ittifoqi iqtisodiyoti bo‘yicha mutaxassis bo‘lganliga uchun qiziqib qolishgan. Tez vaqt ichida Svyanevichni Moskvaga olib kelishdi. Urushdan keyin u G‘arbda paydo bo‘lib qoldi. 1989 yilda Londonda Svyanevich “O‘sha kunlarda Katinda” esdaliklarini e’lon qilib, unda u vagonlar bo‘shatilganligini qanday qilib yashirin kuzatganligani va avtomashinalarni to‘ldirgan o‘rtoqlarini qanday Katinga jo‘natganlarini yozdi.
Ommaviy qatlga tayyorgarlik ko‘rilayotgan paytda, ilgari aholi uchun ochiq bo‘lgan Katin o‘rmoni 2 metrli balandlikdaga tikanakli sim bilan o‘ralgan. 1940 yilning mart oyi boshida Smolensqdan avtomashinalarda sovet mahbuslarini olib kelishgan, ular bu yerda qabrlar qazishgan.
1943 yil 1 iyunda yettita qabr ochilnb, jasadlar tekshirilganidan keyin nemislarning komissiyasi bu yerda 10-12 ming odam ko‘milgan, degan xulosaga keldi. Ular 2 metr chuqurlikda yuztuban holda, qavat-qavat bo‘lib yotardilar. Qabrlarning hajmi o‘rtacha 8 x 28 m. Ba’zi qabrlarda 3 mingdan jasad 12 qavat bo‘lib yotardi, qatl etilganlarning ko‘ichiligining qo‘llari orqalariga bog‘langan edi. Qalam ochadigan pichoqlar, soatlar, oltin uzuklar, pullar va boshqa qimmatbaho narsalar otuvdan avval tortib olingan edi. Topilgan kundaliklar odatda 1940 yil 6 dan 20 aprelgacha bo‘lgan yozuvlar bilan tugagan. O‘sha joyning o‘zida sovet fuqarolari ko‘milgan qabrlar ham topilgan. Bir qabrdagi jasadlar 5-7 yil avval ko‘milgan bo‘lsa, ikkinchisidagalari 10-15 yil avval ko‘milgan. Bu mahalliy aholining ko‘rsatmasiga mos keladi, ular Katinda 20-yillarda ham odamlar otilib, bu jinoyat butun 30-yillar mobaynida davom etganligini aytashgan. Ularning ko‘rsatmasini 1939 yilda so‘roq qilingan Belorussiyaning sobiq ichki ishlar xalq komissari, 1937 yilda NKVD Smolensk viloyat boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Nasedkin ham tasdiqlagan. U faqat “1937 yil mobaynida Smolensk viloyatida birinchi toifa bo‘yicha, ya’ni otuvga 4500 kishi hukm qilingan edi”, deb hikoya qilgan.
Jurnalist tadqiqoti paytida smolensklik o‘qituvchi L.Kotov hikoya qilishicha, 30-yillarda Minskdan qariyb Moskvaga qadar katga yo‘l bo‘ylab, NKVD lagerlari joylashgan edi. O‘n minglab mahbuslar bu yerda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘lini qurishgan. Tinka-madori qurigan mahbuslarni Katin o‘rmoniga olib borishardi, u yerda ular beiz yo‘q bo‘lib ketashardi. Kozi tepaliga yaqinida yashovchi dehqon ayol Z.Merkulenko urushga qadar bu o‘rmonda sovet kishilari otilganliginn hikoya qilgan. Dehqon I.Krivozertsev Gnezdovo posyolkasida yashagan I.V.Andreev va F.Kuftanov 1943 yilda nemislarga NKVD xodimlari polyak va sovet fuqarolarini otgan joyni ko‘rsatganligini eslagan.
Shu bilan birga 130-soqchi polkining arxivi shuni tasdiqlaydiki, 1941 yil 10 iyulda, ya’ni nemis qo‘shinlari bu yerga kelishidan bir necha kun avval bu polkning 43 askariga mahbuslarning katta guruhini Smolensk-Katin marshrutida qo‘riqlab borish to‘g‘risida buyruq berilgan.
1943 yil 10 iyunda nemislarning komissiyasi 4143 jasaddan, 2815 tasini, shu jumladan, 2 general, 12 polkovnik, 50 podpolkovnik, 165 mayor, 440 kapitan, 542 katta leytenant, 930 leytenantning jasadi tekshirilgan. Bundan tashqari bir ruhoniy va 221 fuqaro shaxsning jasadi topilgan. Polyak texnik guruhining ba’zi a’zolari generallar M.Smoravinskiy va St.Bogatirevichning jasadlarini tanishgan. Kiyimlari va etiklaridagi belgilariga qarab, ko‘pgina zobitlarning polyak armiyasida imtiyozli harbiy qism hisoblangan Pilsudskiy nomidagi 1-otliq polqda xizmat qilganliklari ma’lum bo‘lgan. Qabrlarda topilgan hujjatlardan ayrim asirlar Kozelskka qadar Putivl, Bolotovo, Pavlishchem Bor, Shepetovka va Gorodkada bo‘lganliklari aniqlandi.
Otish bilan NKVD xodimlaridan iborat bo‘lgan I.Stelmax boshliq maxsus guruh shug‘ullangan. 1940 yilning bu bahor kunlari u bir necha smenada “ishlagan”. Qoida bo‘yicha odamlar qabrdan tashqarida otilib, so‘ng jasadlar handaqqa tashlangan. Yu.Maskevichning taxminicha, har bir asirni uch jallod o‘ldirgan — ikkitasi ushlab turgan, uchinchisi otgan. Ayrim qurbonlarning og‘ziga baqirmasligi uchun yog‘och qipig‘ini tiqishgan. Jallodlar 7,65 mm li quroldan otishgan. O‘qlar nemislar ishlab chiqargan o‘qlar bo‘lganki, bu hol Katin bo‘yicha targ‘ibotchilik kompaniyasining “me’mori” Gebbelsni ham hayron qoldirgan. O‘sha kunlari u o‘z kundaligiga shunday deb yozgan: “Baxtga qarshi, Katindaga qabrlardan nemis o‘q-dorilari topildi… Agar bu dushmanga ma’lum bo‘lsa, butun Katin shubha ostida qoladi”. Quruqliqdagi qo‘shinlar qo‘mondonligi buni shu bilan izohladiki, Germaniya Sovet Itgafoqi, Polsha va Boltiqbo‘yi respublikalariga to‘pponchalar va o‘q-dorplar sotgan edi. Bu haqiqatga to‘g‘ri keladi.
Birinchi yetti qabrdagi jasadlar qishki kiyimda — shinellarda, charm kurtkalarda edilar. Bundan tashqari koftalar va sharflari ham bor edi. Rus va polyak tillaridagi 1940 yil mart-may sanalari qo‘yilgan gazetalar ham bor edi. Jumladan, Kiyevda Ukrainaning polyak aholisi uchun chiqadigan ‘Golos Sovetov” gazetasiga 1940 yilning 26 va 28 aprel sanalari yozilgan edi. Unda Birinchi may chaqiriqlari e’lon qilingan edi. Bundan tashqari 1940 yilning 1 va 6 mayida chiqqan gazetalar ham topildi. Zobitlar kiyimining cho‘ntaklaridan 3300 xat va otkritka topildi. Ulardan bir qismini asirlar olishgan, ikkinchi qismini esa jo‘natishga tayyorlab qo‘yilgan edi. Lekin bu xatlarning birontasiga 1940 yil apreldan keyingi sana qo‘yilmagan.
Otuvdan so‘ng qabrlarni niqoblash uchun ularning ustiga yosh daraxt ko‘chatlari ekilgan edi — qabrlar ochilgan paytda bu daraxtlarni ikki yasharligida ekilganligi hisobga olinsa, 5 yashar deb belgilandi.
Shunday qilib, yarim asr mobaynida SSSR va Polsha xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarni yomonlashtirib va umuman Yevropadagi vaziyatni zaharlab kelgan Katindagi yovuzlik sirlari ochildi. Jinoyat sodir etalgan vaqt aniqlandi — 1940 yilning bahori. Uning ilhomchilari va ijrochilari aytildi. Bular Stalin, Beriya va ularning malaylari.
Lekin yana kamida ikkita savolga ravshanlik kiritish kerak. Birinchidan, Stalin va Beriya qurolsiz harbiy asirlarni, kechagi oddiy fuqarolar — universitetlarning professorlari, o‘qituvchilar, xizmatchilar va boshqalarni, ularning aksariyati 1939 yil sentyabrda sovet qo‘shinlariga qarshi, ehtimolki, bitta ham o‘q otishga ulgurishmagandir, bunday noinsoniy tarzda jazolaganlarida qanday dalillarga asoslandilar ekan?
Yuqorida eslangan hujjatlarda hech qanday sabab ko‘rsatilmagan. Bu o‘z xalqiga qarshi genotsid bilan shug‘ullangan Stalin va Beriya amal qilgan qonun-qoida bilan hisoblashmay fikrlash natijasi edn. Lekin boshqacha izohda ham asos bor. 1940 yil bahordan sovet-german munosabatlari yomonlashayotganliginp va gitlerchilar Germaniyasi urush boshlashi xavfi kuchayayotganligini his etib, ular lagerlarda dushman qo‘liga tushib qolipsh mumkin bo‘lgan polyak zobitlari payti kelib Sovet Ittifoqiga qarshi urushadigan polyak armiyasining o‘zagani tashkil etishi mumkin, deb xavfsiraganlar.
Ikkinchidan, shu paytgacha Ostashkovo va Starobelsk lagerlarida bo‘jan ko‘pgina polyak zobitlarining taqdiri to‘g‘risida yetarlicha ravshan javob yo‘q. Ko‘chirma qilingan polyak fuqarolari bergan xabarlarga qaraganda, Ostashkovoda bo‘lgan polyak zobitlarining bir qismi barjalarda Oq dengizga olib borilib, suvga cho‘ktirib yuborilgan. Boshqa bir qismi Tver rayonida otilgan. Starobelsk lagerlaridagi harbiy asirlarga kelganda, ularning izi Xarkovga borgan, hozir o‘sha yerda tekshiruv olib borilayapti.
Shunday qilib, yarim asrdan ortiqroqdirki, Katin sovet va polyak xalqlarining umumiy dardiga aylavdi. U doimo ochiq yaraga o‘xshardi. Katin haqidagi haqiqatning bitish jarayonini boshlash imkonini beradi.
Bu ishga nuqta qo‘ysa ham bo‘lardi, lekin bu jinoiy ishning barcha rahbarlari va ijrochilarini nomma-nom oshkora aytish zarur. Bizning oramizda yashayotganlar, oddiy bajaruvchilar bo‘lganmiz, deb o‘zlarini oqlamasinlar. Xalqaro huquq normalari bo‘yicha ular xalqaro huquq yurisdiktsiyasiga tushadigan bunday miqyosdagi va xarakterdagi jinoyatni qilganlar safida jillaqursa axloqiy jihatdan jazolanishlari lozim. Ular yana shuni unutmasliklari kerakki, bunday jinoyatlarning uzoqlik muddati belgilanmagan.
Bu oson qadam emas, lekin buni qo‘yish kerak, nainki bizning ikki mamlakatimiz prezidentlari 1990 yil aprelda birgalikda qabul qilgan Deklaratsiyani faqat shunday yo‘l bilan amalga oshirish mumkin. Unda, jumladan quyidagilar ta’kidlangan: “Rus-polyak va Sovet-Polsha munosabatlaridagi murakkab joylar tug‘risidaga tarixiy haqiqatni taklash bo‘yicha ishlarni oxiriga yetkazish, barcha darajada jamoatchilik, fan va madaniyat vakillari keng miqyosda ishtirok etadigan Sovet Polsha amaliy fikr almashuvi har tomonlama rivojlanishiga ko‘maklashish muhimdir”.
Alinazar Egamnazarov tarjimasi.
“Jahon adabiyoti” jurnali, 2002 yil, 11-son