Ahmad as-Saraxsiy (835-899)

Olimning to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Mapvon as-Saraxsiy bo‘lsa-da, Ahmad ibn at-Tayyib laqabi bilan tanilgan. Ba’zan keyingi nom, ya’ni Ahmad ibn at-Tayyib olimning islomni yangi qabul qilgan oiladan ekanligini, bu laqab uning musulmon bo‘lmagan ota-onasining ismini yashirish maqsadida qabulqilingan, degan fikrlar ham uchrab turadi. Alloma ismidagi ac-Saraxsiy rutbasi uning nasl-nasabini anglatadi va uni O‘rta asrlarda Turkmanistonning Capaxc deb atalgan shahridan ekanligini bildiradi.

As-Saraxsiy 835 yillar atrofida tavallud topgan va acosan xalifalik markazi Bag‘dodda yashab faoliyat ko‘rsatgan. U o‘z davrida falsafa, fizika, tabobat, matematika, astronomiya, astrologiya va musiqa kabi fanlar bilan shug‘ullanib, mashhurlik shohsupasiga ko‘tarilgan.

As-Saraxsiyning hayoti va faoliyati, ilmiy merosi bugungi kungacha juda kam o‘rganilgan manba hisoblanadi. Xorijiy tadqiqotchilar orasida allomaga bag‘ishlangan maxsus tadqiqot Frans Rozental qalamiga mansub[1].

O‘rta acp manbalarida Ahmad as-Saraxsiyning Bag‘dodga qanday qilib borib qolganligi haqida ma’lumot uchramaydi, lekin uning tarjimai holi bilan bog‘liq bo‘lgan ikki muhim ma’lumot saqlanib qolgan. Ulardan birinchisi, allomaning mashhur qomusiy olim va «arablarning faylasufi» deb shuhrat qozongan Yoqub al-Kindiyga shogird bo‘lganligi. Ustoz va shogird dastlab 850-yillar atrofida Bag‘dodda tanishgani ehtimolga yaqin. Ahmad as-Saraxsiy o‘sha vaqtda 10—15 yoshlar atrofida bo‘lishi mumkin. Adabiyotlarda as-Saraxsiyning olim bo‘lib shakllanishida al-Kindiyning xizmatlari katta bo‘lganligi e’tirof etiladi. Shu bilan birga geografiya, adabiyot, san’at tarixi kabi sohalar borki, ularda as-Saraxsiy o‘z ustozidan ba’zi jihatlari bilan farqlanadi. Ma’lumki, xalifalar al-Ma’mun va al-Mu’tasim davrida katta e’tibor va hurmatga ega allomalar al-Mutavakkil davriga kelib boshqa diniy va ilmiy arboblar bilan birga ta’qib ostiga olingan. As-Saraxsiy ham bu ta’qiblardan chetda qolmagan.

Uning tarjimai holiga oid ikkinchi ma’lumot shundan iboratki, u Abbosiy xalifalaridan — 892 yili xalifalik kursisiga o‘ltirgan al-Mu’tadadga ustozlik qilish bilan birga asta-sekin xalifaning ham mamlakat, ham shaxsiy ishlaridagi maslahatchisiga aylangan. Alloma o‘sha davrning yirik siymolari — shoir ibn al-Mu’taza, mashhur olim Sobit ibn Qurra, al-Mu’tadad vazirining o‘g‘li va otasining vafotidan so‘ng vazir vazifasini egallagan shoir va davlat arbobi al-Qosim ibn Ubaydulloh ibn Sulaymon va boshqalar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay al-Mu’tadad va Ahmad as-Saraxsiy munosabatlariga putur yetib, xalifa uni 896 yili bandi qiladi va 899 yili vazir al-Qosimning xayrixohligida qatl ettiradi. As-Saraxsiy haqidagi ma’lumotlar O‘rta acp mualliflaridan Ibn an-Nadim, Ibn al-Qiftiy, Ibn Abu Usayba, Bar Ebrey Yoqut al-Hamaviy, Hoji Xalifa va boshqalarda uchraydi. Xycysan Ibn al-Qiftiy u haqda quyidagi so‘zlarni keltiradi: «Ahmad ibn Muhammad ibn Marvon ibn at-Tayyib as-Saraxsiy islom dunyosidagi faylasuflardan biri bo‘lib, u Yoqub al-Kindiyning shogirdi edi. Binobarin, u falsafiy ilmlardagi noyob iste’dod sohiblaridan hisoblanib, mantiq, musiqaga oid yirik asarlarning muallifi, qadimgi yunon va arab ilmlarining aksariyatida nodir salohiyat egasi, shu bilan birga juda bilimdon, yuksak qobiliyatli, o‘ta notiq va qalami o‘tkir bir inson edi. U avvaliga xalifa al-Mu’tadadga ustozlik qilgan, so‘ngra uning hamrohi (nadim) va do‘stiga aylangan. Al-Mu’tadad Ahmad as-Saraxsiyga yaqin sirlarini ham aytib, davlatni idora etish ishlarida u bilan maslahatlashar edi…»[2].

Ibn al-Qiftiy olim qalamiga mansub yigirmadan ortiq asarlarning nomini keltiradiki, bu ro‘yxatni to‘liq deb bo‘lmaydi va uni boshqa mualliflar, jumladan, Ibn an-Nadim, Yoqut al-Hamaviy, Xoja Xalifalarning ma’lumotlari bilan to‘ldirish mumkin. Ahmad ac-Capaxsiyning barcha risolalarining nomlarini zikr etish imkoniyati bo‘lmagani uchun, uning falsafa, fizika, musiqa, tabobat kabi fanlarga oid ba’zi asarlarining nomini keltirish mumkin:

  1. «Falsafa asoslari» («Arkan al-falsafa»).

2 . «Atmosfera hodisalari haqida kitob» («Kitob fi-ahdas al-javv»),

  1. «Tumanning mohiyati haqida kitob» («Kitob fi kavi ad-dabab»).
  2. «Tog‘larning foydasi haqida kitob» («Kitab manfa’at al-jibal»).
  3. «Yo‘llar va mamlakatlar haqida kitob» («Kitab al-masalik va al-mamalik»).

6 . «Astronomiyaga kirish» («al-Madxal ila sina’at an-nujum»), Ahmad as-Saraxsiyning Bakuda saqlanayotgan bu risolasidagi Zuhal va Mirrix sayyoralarining bir-biri bilan uchrashish joyi haqida mulohazalari Abu Rayhon Beruniyning «Xronologiya» asarida iqtibos qilinib, tanqid ostiga olingan[3].

  1. «Arifmetika kitobi» («Kitab al-arismatiqa fi-l-a’dad»),

8 . «Musiqa haqida katta kitob» («Kitab al-musiqa al-kabir»)

  1. «Ashula aytish sirlariga yo‘riqlar» («Kitab ad-dalala ala acpap al-g‘ina»).
  2. «Tabobatga kirish» («al-Madxal ila sina’at at-tibb»).

Ahmad as-Saraxsiy asarlarining katta qismi bizgacha yetib kelmagan.

t.f.n. B. Abduhalimov

[1] Rossental Frans. Ahmad al-Tayyib as-Sarahsi. New Hawen. 1943.

[2] Ibn al-Qiftiy. Ixbar al-ulama bi axbar al-hukama. Qohira, 55-56-betlar

[3] Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. T., 1968, j. 239-240-betlar.