(Tarjimonning asl nusxani sharhlash tajribasi)
O‘tgan asrning yetmishinchi yillari boshlari edi, “Guliston” jurnalida ishlardim. Kunlardan birida ustozim G‘aybulla aka Salomov qo‘ng‘iroq qilib: “Abdullajon, sizga tarjima uchun ikkita maqola yuboraman, zudlik bilan tayyorlab bering, “Tarjima san’ati”ning navbatdagi kitobiga kiritamiz”, – dedilar. Oradan bir-ikki kun o‘tib, dorulfununimizdagi tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi domlasi, taniqli shoir, ukaxonim Tilak Jo‘ra odatdagidek yuzi to‘la kulgi bilan xonamga kirib kelib, qo‘limga o‘sha ikkita maqolani tutqazdi. Ulardan biri mashhur turkshunos olim va Navoiy asarlari tarjimoni Sergey Ivanovning maqolasi edi. Birinchi bo‘lib ana shu maqolani tarjima qilishga kirishdim. U ilmiy istilohlarining ko‘pligi, mumtoz o‘zbek she’riyati nazariyasi bilan yo‘g‘rilganligi va ko‘p o‘rinlari mumtoz o‘zbek hamda rus she’riyatidagi badiiy vositalarning qiyosiy tahliliga bag‘ishlanganligi tufayli tarjima uchun “noqulay”, tarjimondan muayyan bilim va katta mehnatni talab qilardi. Nihoyat, surunkali davom etgan tahrirlar bilan tarjimani bir nav epladim. Mashinkada ikki nusxada ko‘chirib, Tilakjonga yetkazdim. Lekin nima uchundir u chop etilmadi, men ham surishtirmadim. Har zamon-har zamon, to‘rt-besh yil oralab g‘ilofjildlarni kavlashtirganimda uning o‘zimda saqlanib qolgan qo‘lyozmasiga ko‘zim tushib qolardi, lekin uni e’lon qilish haqida o‘ylamasdim, buning ustiga sho‘rolar davrida o‘zbekni, uning adabiyotini ko‘kka ko‘taradigan maqolalarni matbuot xush ko‘rmasdi. Faqat yaqinda, “Jahon adabiyoti” jurnaliga qayta jon kirganidan keyingina uni e’lon qilish fikri tug‘ildi va men maqolani tahririyatga topshirdim.
Endi maqolaning o‘ziga kelsak, uni sho‘ro davrida yaratilgan va hozir ham zarracha ahamiyatini yo‘qotmagan noyob hodisalardan biri deyish mumkin. Gap shundaki, unda faqat “Lison ut-tayr” tarjimasi tajribalari emas, balki Navoiy dahosi yaratgan boshqa asarlarni va jahon madaniyatiga tengsiz hissa bo‘lib qo‘shilgan eski o‘zbek tilidagi she’riyatni rus tiliga o‘girish masalalari ilk marta o‘rtaga tashlanadi. Sergey Ivanov o‘zbek adabiyotiga ulug‘ bir hurmat bilan qaragan. Shu sababdan uning rus tiliga o‘zi tarjima qilgan Navoiyning ko‘pdan-ko‘p lirik she’rlari, o‘zi muharrirlik qilgan daho shoirimiz nasriy asarlariga yozgan so‘ngso‘zi ham yuksak mahorat va ehtirom mahsuli sifatida e’tiborga molik. “Lison ut-tayr” tarjimasiga muharrirlik qilgan va unga so‘ngso‘z yozgan zukko adabiyotshunos, o‘zbek mumtoz adabiyotining bilimdoni Rahmat Majidiy shunday deydi: “S.N.Ivanov – eski o‘zbek tilini yaxshi biladigan, ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy ijodini butun teranligi bilan tushunadigan shoir hamda tilshunos olim. Doston tarjimasi muvaffaqqiyatli chiqqani shubhasiz, tarjimon Navoiy asari mohiyatini, ulug‘ shoir she’riyati xush bo‘yini kitobxonga aniq yetkazib bergan”.[1] Darhaqiqat Sergey Ivanov o‘z tarjimasi orqali ulug‘ Navoiy she’riyatining xush bo‘yini rus o‘quvchisiga yetkazib bera olgan.
Ayni paytda maqolaning ikki o‘rnida andak yanglish fikrlar ham bor. Chunonchi, Sergey Ivanov Navoiyni o‘zbek adabiy tilining asoschisi deb ataydi. Vaholanki, o‘zbek adabiy tiliga buyuk mutasavvif shoirimiz Hoja Ahmad Yassaviy va uning shogirdi Sulaymon Boqirg‘oniylar XII asrda asos solganlar. Ular o‘z hikmatlarida murakkab qadimgi turkiydan chekinib, jonli o‘zbek tiliga ustuvorlik berganlar. Keyinchalik bu til muayyan darajada intellektuallashib, uning ta’sir doirasi kengayib, bir necha asr mobaynida umumturkiy adabiy til vazifasini bajardi: Nasimiy, Hasano‘g‘li, Fuzuliy kabi buyuk ozarbayjon shoirlari, Bayramxon, Andalib, Zaliliy singari ulug‘ turkman shoirlari asosan shu tilda ijod etganlar. Navoiy esa bu adabiy tilni mislsiz darajada boyitgan dahodir. Ikkinchi yanglish fikr bunday: “Navoiy davrida, hatto undan keyingi davrlarda ham badiiy tarjima tushunchasi mavjud emasdi”, – deydi S. Ivanov. Aslida esa, XIV asrda buyuk tarjimon-shoirimiz Qutb Xorazmiy Nizomiyning “Xusrav va Shirin” dostonini tarjima qilar ekan, uning muqaddimasida tarjimaning asosiy tamoyili “ko‘ngil ishi” ekanini ta’kidlab, tarjimonlik yumushi mohiyatini quyidagicha ta’riflaydi:
Qazontek qaynab ush savdo pishurdum,
Nizomiy bolidin halvo pishurdim.
Bu “nazariy” muqaddimadan keyin yana o‘sha XIV asrda Sayfi Saroyi tomonidan amalga oshirilgan Sa’diy “Guliston”i tarjimasi muqaddimasida ham tarjima xususida so‘z boradi. Sal keyinroq Haydar Xorazmiy Nizomiy “Xamsa”sidan “Maxzan ul-asror” dostonini o‘zbekchaga o‘girdi. Xullas, XIV asrdayoq o‘zbek adabiyotida bir necha yirik badiiy asarlar tarjima qilingan va, she’riy yo‘lda bo‘lsa-da, tarjimaning nazariy tomonlariga e’tibor qaratilgan edi.
Umuman, bu nuqsonlar muayyan ma’noda juz’iy tabiatga ega. Agar mustamlakachilik davrida o‘zbek mumtoz adabiyotiga noxolis, shovinistik yondashuv hukmron bo‘lganini va bunday yondashuv davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini hisobga olsak, bu xatolar tabiiy bir holdek tuyuladi. Muhimi, Sergey Ivanov rus tarjimashunosligida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan jiddiy tadqiqot, har jihatdan e’tiborga loyiq ilmiy asar yaratgan. Uning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, hozirgi paytda she’riy tarjimaga oson ish deb, xuddi kosibning bir qolipdagi yumushiga qaragandek munosabatda bo‘layotgan ba’zi bir tarjimonlarimizga bu ilmiy tadqiqot qaysidir ma’noda o‘git bo‘lishi mumkin. Maqolani o‘qib, bunga o‘zingiz ishonch hosil qilasiz.
Tarjimondan
Turkiy tillardan tarjimalar haqidagi nazariy va tanqidiy adabiyot boy emas. Shuningdek, adabiyotimizda sovet tarjimonlari tomonidan o‘zbek mumtoz adabiyotining daho namoyandasi va o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy (1401–1501) she’riy merosini rus tilida qaytadan yaratish tahliliga bag‘ishlangan ishlar ham yo‘q.
Navoiyning she’riy merosi ulkan: olti epik doston (50 ming misra atrofida) hamda o‘zida 50 ming misradan ortiqroq hajmdagi (g‘azallar, ruboiylar va boshqa mumtoz janrlardagi) lirik she’rlarni jamlagan devondan iborat. Navoiy she’riyatini rus tilida yaratish tarixi o‘ttiz yillik muddatni o‘z ichiga oladi. Shu davr ichida benihoya boy ulug‘ shoir merosining yarmidan sal ko‘prog‘i – olti dostoni va lirikasidan kichik bir qismgina tarjima qilingan. Shu sababli Navoiyni rus tilida yaratishdek mushkul va murakkab masala hal etildi, deb hisoblash mumkin emas: hali shoir lirikasining katta qismi tarjima qilinmagan, uning she’riyatidagi lirik janrlarni rus tilida yaratish masalalariga yondashish tamoyillari ishlab chiqilmagan, epik asarlari tarjimalari borasidagi tajribalar umumlashtirilmagan hamda o‘rganilmagan, epos tarjimasi amaliyoti va uslublariga doir ko‘pgina jihatlar tanqidiy yondashishga, hattoki qayta ko‘rib chiqishga muhtoj. Ushbu maqola Navoiy she’riyati tarjimoni oldida ko‘ndalang bo‘ladigan muammolarning ijodiy muhokamasiga muallif tomonidan qo‘ldan kelgancha qo‘shiladigan hissa sifatida o‘ylangan va “Lison ut-tayr”[2] dostoni tarjimasi ustida o‘zi olib borgan ish tajribasini umumlashtirishga asoslangan.
Navoiy eposi tarjimasi ustidagi ishning qiyinchiliklari nihoyatda o‘ziga xos va shu sababdan ham muallif izlanishlaridagi o‘gitnamolik ehtimoli uning o‘z tajribasini kitobxon hukmiga havola etishi bilan “oqlanishi” mumkin. Zero, Navoiy she’riy asarlarining tarjimoni ham mazmunan, ham shaklan o‘ziga xos va kutilmagan ulkan she’riyat dunyosiga kiradi. U bu dunyoni tasavvur qila bilishi, matnni tushunmog‘i va uning ohangiga quloq tutmog‘i, Navoiy she’riy uslubi hamda tasviriy vositalari silsilasidagi butun nazokatni ilg‘ab olmog‘i, undagi timsollar tuzilishi, badiiy o‘ziga xoslikni anglamog‘i, qofiyalar tabiatini o‘rganmog‘i va shundan keyingina asl nusxaga yaqin bo‘lgan marom (ritm) va Navoiy she’riyatiga rus kitobxonini qadrdonlashtiradigan tasviriy vositalar ekvivalentini topmog‘i lozim.
Ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p muammolarning hammasi orasidan men bittasini – tarjimonning matn sharhchisi sifatidagi o‘rni masalasini alohida ajratib olmoqchiman. Matnni sharhlash degan an’anaviy tushuncha filologik sharhlash deb ataladigan, ya’ni matnning badiiy o‘ziga xosliklariga aloqasiz holda, aynan, uning mazmunini beruvchi tarjima tushunchasi bilan o‘xshashdir. Shu bois asarning tarjimasiga matnning badiiy sharhi sifatida qarash mumkin: modomiki, tarjimon matnni tushunishi kerak ekan, uning matn sharhlovchisi bo‘lmasligi mumkin emas, modomiki, tarjimon matnni qayta yaratishi lozim ekan, uning matn badiiy tuzilishi sharhlovchisiga aylanmasligi ham mumkin emas.
Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni haqida
“Lison ut-tayr” dostoni 1499 yili – Navoiy hayotining so‘nggi paytlarida yaratilgan (Navoiy 1501 yil yanvar oyining boshlarida vafot etgan). U faqat Navoiy she’riy ijodining sarhisobigina bo‘lmay, balki ayni paytda shoir hayot yo‘lining badiiy umumlashmasi, ko‘pgina hasbi hol va lirik o‘rinlarni o‘zida mujassam qilgan asardir. “Lison ut-tayr”ning so‘nggi boblarida biz doston ijodiy niyati bayonini va uning yaratilish tarixini, shuningdek, o‘z she’riy ijodiga Navoiy bergan bilvosita bahoni uchratamiz. Demak, doston Navoiy ijodini butunisicha tushunishda ham muayyan ahamiyatga ega.
“Lison ut-tayr” dostoni “nazira” janrida, ya’ni boshqa muallif asariga taqlidiy javob tarzida bitilgan. Bu janr Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari adabiyotlarida keng tarqalgan. Ma’lumki, ko‘pdan-ko‘p “Xamsa”lar – besh dostondan tashkil topgan, o‘z ichida Layli va Majnun, Xusrav (Farhod) va Shirin singari asarlarni mujassam etgan an’anaviy turkumlar Nizomiy dostonlari turkumiga naziralardan iboratdir. Nazira janri muayyan asarning o‘z prototipiga bog‘liqligi darajasining turlicha bo‘lishiga yo‘l qo‘yadi. Unda fabula detallarini ishlash, syujetni qo‘shimcha hikoyatlar bilan boyitish va o‘zgartirish, badiiy qiyofalarni ijodiy yangilash, yangi syujet hamda motivlar kiritish borasida muallif mustaqil bo‘lgani holda, faqat syujetning tashqi asosi hamda asar vaznigagina rioya qilishi majburiydir. Ma’lumki, ijodning bu turiga tarjima sifatida qarash haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Navoiy davrida, hatto undan ancha keyingi davrlarda ham badiiy tarjima tushunchasi mavjud emasdi. Naziralarning ba’zi namunalari o‘zining dastlabki manbaidan shu qadar uzoqlashib ketar ediki, bunda muallif tobeligi borasida faqat, Ovro‘pada Don Juan haqidagi syujetning Moler, Bayron va Pushkin tomonidan ishlanishidagi qiyosiylik ma’nosidagina gapirish mumkin.
“Lison ut-tayr” dostonini yaratishda Navoiyga nazira ob’ekti bo‘lib buyuk fors shoiri Farididdin Attorning (XII asr) “Mantiq ut-tayr” dostoni xizmat qilgan. Navoiy o‘z dostonining umumiy tuzilishini yaratish jarayonida keng qamrovli mustaqillik bilan ish ko‘rgan. Professor Ye.E.Bertelsning hisoblab chiqishicha, dostondagi 63 qo‘shimcha hikoyatning faqat 12 tasigina Attor hikoyatlari bilan mos keladi, qolgan 51 hikoyat esa Navoiy ijodiy xayolotining mustaqil mevasidir[3].
“Lison ut-tayr” dostonida syujet asosini yer yuzidagi barcha parrandalarning afsonaviy hukmdori Simurg‘ni izlab yo‘lga tushgan qushlar sarguzashtlari haqidagi hikoya tashkil etadi. Qushlar juda ko‘p, turli-tuman musibat va mushkulotlarga uchrab, atigi o‘ttizta qolganlaridagina, aslida Simurg‘ning yo‘qligini, ularning o‘zlari Simurg‘ ekanliklarini anglaydilar: “si” forscha “o‘ttiz”, “murg‘” – “qush” demakdir.
Navoiy dostonida tasavvuf g‘oyalari – islomdagi so‘fiylik oqimi badiiy shaklda o‘z ifodasini topgan. Simurg‘, bu – butun koinotda o‘zini namoyon etuvchi Yaratgan – Xudo timsolidir. Yerda hayot kechirayotgan odamlar – Xudoning ko‘lankasi, uning in’ikosi. Xudoga haqiqiy yetishmoq – unga bo‘lgan muhabbatda, o‘z “men”idan kechish vositasida u bilan muloqotga kirishishdadir. Biroq dostonning so‘fiylik asosi atigi bir fon xolos, Navoiy unda, aniqrog‘i, dostonning ko‘pgina qismida ikki xil – ham tariqatning muayyan tomonini ta’riflash bilan bog‘liq, ham unga aloqasi yo‘q ohang bilan yo‘g‘rilgan qiziqarli hikoyani rivojlantirib boradi. Barcha tasavvufiy hikmatlar jonli va yorqin qo‘shimcha hikoyatlar bilan bezalgan.
Doston kompozitsiyasi chuqur o‘ylangan. Xudo, payg‘ambar, chahoryor hamda mazkur syujetni o‘zidan avval ishlagan salafi (Attor)ga bag‘ishlangan an’anaviy kirishdan so‘ng qushlar yig‘ini, ular orasidagi “hokimlik va tobelik” borasidagi hikoya boshlanadi. Bu yig‘inda tojdor Hudhud Simurg‘ga yetishish yo‘lida qushlarni sayohatga da’vat etgan yo‘lboshchi sifatida namoyon bo‘ladi. Dastlabki yo‘l qiyinchiliklari tasviridan so‘ng, safar mushkulotlaridan cho‘chigan qushlarning bahonalari va ularga Hudhudning hikoyatlar bilan bergan javoblari aks etadi. Bu qismlar asarning taxminan uchdan bir bo‘lagini tashkil etuvchi kompozitsion boshlanishdir (ikki ming misradan ortiqroq). Kompozitsiya zanjirining navbatdagi halqasi oliy muhabbatning (Xudoga muhabbatning) mohiyati borasida qushlar savoliga Hudhud bergan kinoyaviy javob – shayx San’on haqidagi mashhur qoliplovchi hikoyadir (ming misradan ziyodroq). Shundan keyin dostonning eng katta qismi (uch yarim ming misra atrofida) boshlanadi. Unda qushlar navbatma-navbat o‘z shubha va qo‘rquvlarini bildiradilar, Hudhud esa ularga yana gapining isboti uchun mos tushadigan hikoyatlar keltirgan holda javob beradi. Dostonning bu qismi yetti vodiyni (Talab, Ishq, Ma’rifat, Istig‘no, Tavhid, Hayrat, Faqr va Fano vodiylarini) – kishi o‘z “men”ining “boqiy mohiyat”ga singib ketishiga oid so‘fiylikning yetti bosqichi haqidagi majoziy hikoya bilan tugallanadi. Keyin syujet kulminatsiyasi – qushlarning safar so‘ngida ko‘zguda noma’lum Simurg‘ning ko‘zni qamashtiruvchi qiyofasini emas, balki o‘z akslarini ko‘rganlari haqidagi hikoya keladi. Doston xotimasi – lirik qismda (etti yuz misra atrofida) Navoiy o‘zida bolaligidan boshlab Attor dostoniga nazira yozish orzusi bo‘lganini, oltmish yoshga qadam qo‘yganida esa ana shu niyatini qanday amalga oshirganini hikoya qiladi. Asar an’anaviy “ibtidoga qaytish” – Ollohga hamd bilan tugaydi.
Syujet rivoji o‘zining epik vazminligi bilan ajralib ko‘zga tashlanadi, u doimiy ravishda qoliplovchi hikoyatlar bilan “bo‘linib” turadi, biroq ayni shu usul tufayli badiiy sintezning mo‘jizasiga erishiladi: syujetga bevosita aloqador bo‘lmagan, ko‘pincha janriy lavhalardan iborat hikoyatlar dostonning alohida qismlarini bo‘lib emas, balki birlashtirib turadi va uning takrorlanmas “kontra punkti” hamda maromini yaratadi. Dostonning bunday kompozitsion o‘ziga xosligi tarjima paytida ma’lum vazn va marom tanlash masalasiga bevosita aloqadordir.
Matnni sharhlash qiyinchiliklari haqida
Navoiy asarlarini asl nusxada o‘qiydigan kishi matnda mazmun borasida oqilona sharh talab etadigan ko‘pgina “daqiq” o‘rinlarga duch keladi. Matnni o‘qish va tushunishda hatto mazkur sohada ixtisoslashgan hamda ko‘p asrlik qadimiy matnlarni o‘qish tajribasiga ega bo‘lgan filolog ham qiynalishi mumkin. She’riy matndagi ma’noni “chiqarish” ko‘pincha filologik tadqiqiy tabiatga ega bo‘lgan katta ish bilan bog‘liq. Doston matnidan[4] asl nusxaning ba’zi o‘rinlarini sharhlashda tarjimon uchun ma’lum qarorga kelish zarurati tug‘ilganini ko‘rsatadigan son-sanoqsiz misollar mavjud. Shulardan faqat bir nechasinigina keltiraman.
Dostonda arab alifbosidagi uch undosh bilan belgilangan va “sof” (“toza”, “ravshan”, “ozodalik”, “shaffoflik”, “ravshanlik”, “quvonch”) so‘ziga qarshi qo‘yilgan d – r – d[5] so‘zi uch marta (uch xil baytda) uchraydi. Undoshlar bilan yozilgan d – r – d so‘zi “durd” (“quyuq”, “quyuqlik”, “quyqa”) tarzida ham va “dard” (“iztirob”, “qayg‘u”) tarzida ham o‘qilishi mumkin. Zikr etilgan so‘zlarning bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilishi dastlab quyidagi parchada uchraydi (asl nusxa va so‘zma-so‘z tarjimani keltiraman):
Mundin aytibdur nabiyi rahbar,
Kim ulusqa haq sari bo‘lsa safar,
Istasang yo‘l kasratig‘a addu had,
Xalq anfosi bila teng bil adad.
Ham bari d-r-d emas, ham barcha sof,
Bizzaruradur ulusqa ixtilof.
Bu mahalda gar gadodir, gar muluk,
Har bir o‘zga yo‘l bila aylar suluk[6].
Ob etom skazal prorok-predvoditel:
Esli lyudyam dovoditsya bыt putnikami k istine,
I tы xochesh znat chislo i predel obiliyu putey,
Znay, chislo eto ravno kolichestvu chelovecheskix dush.
Ne vsyo – “d-r-d”, yest i “sof”,
Razlichiya v lyudyax – neobxodimost.
V etom meste i niщiye i vlastiteli –
Kajdыy sleduyet osoboy dorogoy.
Bu o‘rinda “d-r-d” so‘zini qanday tushunish kerak – “durd” tarzidami yoki “dard” tarzidami? Umumiy mazmuni va matndagi o‘rnidan kelib chiqilsa, bu parcha – matnning bir bo‘lagini xulosalaydigan pand, o‘zidan avvalgi bo‘lakning umumlashmasi. Agar bu baytni “o‘zicha”, ya’ni mazkur so‘zni dostonning boshqa o‘rinlaridan hamda Navoiy va o‘zga mualliflar tomonidan qo‘llanish tarzining umumiy tabiatidan ajratgan tarzda olib ko‘rilsa, u holda ikki xil variantning ehtimoli bor:
1. Ne vsyo – guщa, bыvayet i prozrachnoye…
Ne vsyo – stradaniye, bыvayet i radost…
Mazkur matnning bo‘lagi hikmatli xulosa bo‘lishi uchun unisi ham, bunisi ham to‘g‘ri keladi, lekin tarjimon ularning bittasini tanlashi lozim. Undagi ko‘p jihatlar bir qarashda ikkinchi variant foydasiga ovoz berayotgandek ko‘rinadi. Birinchidan, o‘n uch baytdan so‘ng xuddi shunday “d-r-d” va “sof” so‘zlarini (arab yozuvida) o‘z ichiga olgan quyidagi matn keladi:
Toptilar har kimki chekmish erdi ranj
O‘z suluku ranjining xurdida ganj.
Chun suluk ichra ko‘p erdi ixtilof,
Ko‘pragi d-r-d erdi, lekin ozi sof.
Vse, kto preterpeval mucheniya, obretali
V vozmeщeniye mucheniy svoyego puti sokroviщa.
Ved na puti mnogo bыlo razlichiy
I bolshinstvo iz nix – stradaniye (“dard”) i lish menshaya chast – radost (“sof”).
Bu yerda variantni saralab olish aniq-ravshanlikni talab qiladi. “Dard” (“iztirob”) so‘ziga uning “azoblar” (ular boshqa – “ranj” so‘zi bilan ifodalangan) haqida boradigan avvalgi baytga bog‘liqligi tufayli afzallik berilishi lozim. Ikkinchidan, “Soqiynoma”lardan biridagi “dard” va “sof” so‘zlarining juda yaqqol qarama-qarshi qo‘yilishi ham ana shunday sharhlash kerakligiga ishontiradi:
Bud to stradaniye (“dard”) ili chistoye (“sof”) yedineniye,
Po lyuboy prichine ya stanovlyus nemoщnыm[7].
Mavjud rus va Ovro‘pa lug‘atlarida “d-r-d” va “sof”ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri nisbat berish mumkin bo‘lgan so‘zlar yo‘q. Biroq Ye.E.Bertels tomonidan e’lon qilingan noma’lum muallifga tegishli tasavvuf istilohlari forsiy lug‘ati “Mir’oti ushshoq”da (“Oshiqlar ko‘zgusi”) bu so‘zlarning aloqadorligiga dastak mavjud. Unda “durd” so‘zi (o‘zgacha o‘qilishi mumkin emasligiga ta’kid bor) quyidagicha tushuntiriladi:
“Hissiyotni tasvirlashning ba’zi bir holatlari haqida shunday deyiladi”. So‘ng shu holatga misol tariqasida quyidagi bayt keladi: “Men quyqani (“durd”ni) no‘sh etuvchilar bilan shunchalik do‘stlashib ketdimki, lazzatning toza (“sof”) mayini ichimlik hisoblamayman”[8]. May quyqasini (“durd”ni) tilga olish Navoiy g‘azallarida ham uchraydi[9].
Shunday qilib, bizni qiziqtirayotgan ikki so‘zni qo‘llash misollariga va ularni sharhlash manbalariga murojaat qilish tarjimonni “d-r-d” so‘zi o‘qilishining eslatib o‘tilgan ikki ehtimoliga qaytaradi! Xo‘sh, nima qilish kerak? Qaysi variantni afzal ko‘rmoq lozim? Birinchi holatda “durd” tarzida o‘qish maqsadga muvofiq ko‘rinadi. Bunday tushuntirish, bizning nazarimizda, jiddiy asosga ega. Bu asos – forsiyzabon va turkigo‘y shoirlar she’riy usullarining o‘ziga xosligida. Mazkur holatda “iyhom” (“ikki ma’nolilik”, “g‘alatlikka kirituvchi”) deb ataladigan she’riy usul nazarda tutilmoqda. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda shoir o‘z asarining bir joyida ma’lum birikmani yoki so‘zlarni zidlab, boshqa bir o‘rinda, xuddi shunday o‘qiladigan so‘zlarga bir qadar o‘zgacha ma’no bergani holda, matnning mazmunan avvalgi parchasiga o‘xshash bo‘lagida o‘quvchini “tutadi”. Mening nazarimda keltirilgan misollardagi birinchi holatda “quyqa” va “shaffof”, ikkinchi holatda esa – “iztirob” va “quvonch” so‘zlarining taqqoslanganini ko‘rish asoslidir. Ayni mana shu so‘nggi parchada Navoiy “iyhom” usulini qo‘llaydi: avvalgi matn bo‘lagida yuqoridagi so‘zlarni “quyqa” va “shaffof” ma’nosida qabul qilishga tayyorlangan kitobxonga u kutilmaganda mazkur taqqoslashni o‘zgacha ma’no bergani holda taqdim etadi.
“D-r-d” va “sof” so‘zlarini biriktirish yana boshqa bir baytda ham uchraydi:
Sizda ham gar ishqdin bor ersa lof,
Aysh eting gar kelsa ondin d-r-du sof.
Esli uj u vas tak mnogo baltovni o lyubvi,
Raduytes, daje yesli ot nee dostanetsya “d-r-d” i “sof”.
Bu baytdagi bizni qiziqtirayotgan birikma men tomonimdan birgina “muki” so‘zi bilan tarjima qilinganki, bu (uchinchi!) variant tarjimonning o‘zboshimchaligi emas, balki matnni asosli sharhlashga urinishidir. Asl nusxaning keltirilgan baytida “d-r-d” va “sof” so‘zlari, ularni qo‘llash borasida yuqorida ko‘rib o‘tilgan ikki misoldan farqli o‘laroq, bir-biridan ajratilmagan, aksincha, birikma tarzida – ular orasiga biriktiruvchi bog‘lovchi qo‘yilgan holda taqdim etilgan. Bu xildagi fors-tojik tilidan o‘zlashtirib olingan yoki asl turkiy tildagi murakkab so‘zlar, bir-biriga zid tushunchalarni biriktirish vositasi orqali tashkil topgan holda, ko‘pincha biriktirilgan so‘zlar yig‘indisi bilan belgilanadigan ahamiyatga emas, balki qismlardan faqat bittasininggina semantikasini umumlashtiruvchi jamlama tarzidagi ahamiyatga ega. “Bor-yo‘q” (turkiy) va “budu-nobud” (fors-tojik) singari murakkab so‘zlarni “nimaiki bor bo‘lsa” ma’nosida taqqoslab ko‘ring (har ikki holda ham “bor” va “yo‘q” ma’nosidagi so‘zlar birikadi).
Arab alifbosida yozilgan, o‘qilish ehtimoli turlicha bo‘lgan ko‘pgina so‘zlar tarjimon uchun ancha-muncha qiyinchilik tug‘diradi. Shu ma’noda o‘zbek tilidagi (hozirgi o‘zbek imlosiga asoslangan) Navoiy asarlarining 15 tomligida e’lon qilingan “Lison ut-tayr” dostoni matnining transkriptsiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolar diqqatni tortadi:
“Kun” tarzida bosilgan, “kavn” bo‘lishi kerak edi; “kimki qilsa” tarzida bosilgan, “kim na qilsa” bo‘lishi kerak edi; “uqob” tarzida bosilgan, “iqob” bo‘lishi kerak edi; “qavm” tarzida bosilgan “qum” bo‘lishi kerak edi; “har biri” tarzida bosilgan, “har pari” bo‘lishi kerak edi va h.k.
Hattoki, hozirgi o‘zbek imlosiga asoslangan nashrlardagi to‘g‘ri transkriptsiyada ham omonim so‘zlarni noto‘g‘ri o‘qish natijasida shunga o‘xshash xatolarga yo‘l qo‘yilish ehtimoli mavjud. Chunonchi, “so‘z” so‘zi quyidagi ma’nolarni bildiradi: 1) “slovo”, “rech”; 2) “goreniye”. Shu sababli 3347-baytdagi birinchi misra ikki xil o‘qilishi mumkin: 1) Posle nego nikto ne obryol takix je slov, kak ya… 2) Posle nego nikto ne obryol takogo goreniya, kak ya… (“So‘ngra ondin kimsa topmay mencha so‘z…”). Tarjimon baribir tag‘in o‘zi tanlagan variantini asoslashi kerak!
Shunga o‘xshash holatlar va boshqa g‘alatliklarni hal etishda tarjimaning tayyor matni ustida muharrir R.M.Majidiy bilan hamkorlikda ishlashim menga katta yordam berdi. Tarjima ma’nosini aniqlash borasida bizning hamkorlikda olib borgan ishimizda turli vaziyatlar vujudga kelgan edi: ba’zi hollarda men muharrir taklif qilgan nisbatan to‘g‘ri o‘qish variantiga so‘zsiz ko‘nar, boshqa bir holatda o‘z variantimda qattiq turib olar edim, uchinchi holatda esa doston matnining daqiq parchalarini anglash imkoniyatlarini birgalashib izlar edik. Muharrir yordamining qanchalik ahamiyatga ega ekanini tavsiflash uchun ba’zi raqamlarni keltiraman. Umumiy soni 3598 baytdan iborat matndagi ikki yuzdan ortiqroq holatda o‘rtamizda muayyan misraga singdirilgan ma’no haqida bahs qo‘zg‘aldi. Men yetmishga yaqin baytni R.M.Majidiy mulohazalariga ko‘ra o‘zgartirdim. Saksondan ortiqroq baytni, muharririmni o‘zimning to‘g‘ri o‘qiganimga ishontirib, avvalgi holida qoldirdim. Ellikdan ortiqroq baytning ma’nosini tushunishga esa ikkimizning hamkorlikdagi izlanishlarimiz, bahslar va mulohazalarimiz tufayli erishdik.
Keltirilgan dalillar, bizningcha, bizni asrlar ajratib turgan davr imlosining tushunarli emasligi, bizning kunlarda allaqachon hech kim so‘zlashmaydigan tilning qiyinchiliklari, qadimiy qo‘lyozmalarni ko‘chirgan xattotlarning e’tiborsizligi yoki o‘zlari nusxa ko‘chirayotgan matnni tushunmasliklari natijasida (bunday hodisalar ham ro‘y bergan) matnga kirib qolgan g‘alatliklar tufayli vujudga kelgan, dostonning hozirgi zamon kitobxoniga “qorong‘i” bo‘lgan o‘rinlari ma’nosini yuzaga chiqarish borasida tarjimonning mehnati naqadar zahmatli ekanini ko‘rsatishi uchun yetarlidir. Boshqacha qilib aytganda, tarjimon hali asliyatni o‘z tilida badiiy qayta yaratishga kirishmasidan avval undan matnning “imzosiz” ma’nosini anglash uchun zo‘r berib mehnat qilishini talab etadi. Mazkur ish bajarilganidan keyin beixtiyor kishi xayoliga shunday fikr keladi: asliyatdan emas, balki so‘zma-so‘z tarjimadan o‘girishda faqat ma’no borasidagina yo‘l qo‘yiladigan xato qanchalik ko‘p bo‘lishi mumkin! So‘zma-so‘z tarjimaning tuzuvchisi barcha holatlarda ham asliyat matnini yetarli darajada omilkorlik bilan sharhlab bera bilishi va undan muallif tomonidan she’rga solingan ma’noning aynan o‘zini chiqarib olishi mumkin ekanini faraz qilish qiyin.
Matnning badiiy tuzilishi
Biroq tarjimonga asosiy ish – asarni badiiy qayta yaratish uchun birgina matnni “imzosiz” tushunishning o‘zigina, ishning bu bosqichi nechog‘li murakkab va mas’uliyatli bo‘lmasin, yetarli emas. Buning uchun yana asar badiiy tuzilishi barcha unsurlarining tabiati va vazifalarini anglab yetmoq zarur.
Sharq shoirlari she’rlari intonatsiyasini tushunish bilan bog‘liq masalalar favqulodda muhimdir. Bunda intonatsiyaga uning she’r ohangiga munosabati tomonidan kirib borish ham, intonatsiyaning o‘z asarida so‘zlanayotgan voqeaga shoirning muayyan hayajonli munosabati sifatidagi o‘ziga xosligi ham bir xilda ahamiyatlidir. Intonatsiyani aniqlashning faqat birgina yo‘li bor, bu – “o‘zi uchun” avvaldanoq tushunarli bo‘lgan, sharhlangan matnning til tuzilishini, maromini, ohangini zo‘r berib o‘rganish hamda mazkur muallif she’riyatining ruhi va u mansub bo‘lgan xalq she’riy ijodining an’analarini tushunishdir.
Ko‘pincha tarjimon tomonidan butunlay o‘zgacha intonatsiya berilgan g‘azallar va Sharq she’riyatining boshqa an’anaviy janrlaridagi asarlarni o‘qishga to‘g‘ri keladi. Ularda bosiq, faqat goh-goh jilva berib qoluvchi yengil mug‘ombirlik bilan aytilgan gap o‘rniga muallifda butunlay uchramaydigan jo‘n shoirona “ko‘tarinkilik” hukm suradi; g‘ussanamo-xayoliy ma’yuslik o‘rniga tarjimada mazkur muallif va asar uchun kutilmagan hamda nojoiz fojeiy zo‘riqish kabi holatlar yuzaga keladi; ma’no tarkibi bo‘yicha musiqiy, aniq maromga solingan misra o‘rniga nogahon intonatsiyasi matndan ham, umuman, mazkur janrga taalluqli intonatsiyani tushunishdan ham kelib chiqmagan, balki go‘yo, Sharq she’riyatiga xos ohangdorlik hamda ehtiroslilik, deb hisoblangan, aslida esa qandaydir tashqi, ko‘pchiligi o‘ylab topilgan tasavvurdan yoki muayyan so‘zda qanday intonatsiya “bo‘lishi kerak”ligi haqidagi tarjimonning xomxayolidan yuzaga kelgan satr lop etib paydo bo‘ladi; yorqin, ehtimol, biroz soddaroq shoironalik o‘rniga qandaydir quruq xabar ro‘yobga chiqadi yoki aksincha, shoironalik butunlay “o‘zgacha kalit bilan” burab yuboriladi.
Bordi-yu, tarjimon, bir-biri bilan qo‘shilib, asar she’riy to‘qimasini yaratadigan eng kichik she’riy “halqa” – baytdagi xarakterli o‘ziga xoslikning oxirigacha chuqur kirib bormas ekan, unga yuqoridagidan kamroq xavf tahdid qiladi, deb bo‘lmaydi.
Bayt tabiati borasida tarjimon uchun hammadan avval uning murakkab uyg‘unligini nazarda tutmoqlik zarur. Har bir bayt, ayniqsa, g‘azallarda ichki mahdudlikka, “o‘zida” tugallikka, ma’lum fikriy mustaqillikka va matndan ajralib turishga intiladi. Shu sababli ham qadimdan g‘azalning marvarid-baytlar terilgan ip bilan tenglashtirilishi bejiz emas. Biroq shoirning omilkorligi va mahorati marvaridlarni deyarli ko‘zga ko‘rinmaydigan ipga tera bilishi bilan belgilanadi. Mening nazdimda alohida baytlar o‘zaro bog‘langan yoki bog‘lanmagani haqidagi adabiyotshunoslar bahslarining faqat bir xildagi definitsiyalarga ruju qo‘yilgandagina ehtimoli bor. Ular ham bog‘langan, ham bog‘lanmagan – hamma gap mana shunda! Buning ustiga, baytlardagi o‘zaro bog‘liqlik darajasining turlanib turishini ta’minlay bilish shoirlar ijodida eng muhim badiiy usullardan biri sifatida xizmat qilib kelgan.
Bularni egallash mahorati masnaviy janrida yaratilgan epik asarlarda alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur janrning o‘ziga xosligi – bandning qurilishida, unda baytning ikkala misrasi o‘zaro qofiyalanadi. Bu o‘rinda biz bayt – ikkilik dialektik ikkiyoqlamaligining namoyon bo‘lishini ko‘ramiz: faqat bayt doirasidagina misralarning qofiyalanishi unda baytlari o‘zaro qofiyalanadigan g‘azaldagiga nisbatan “mahdudlik”ni ko‘proq ta’minlaydi; biroq boshqa tomondan masnaviy (uning epik xilma-xilligi bilan olganda), bu – ko‘lamli hikoyadirki, unda baytlar o‘zlarining mumkin bo‘lgan barcha ajralib turishlariga qaramay, syujet mantiqiy izchilligi va rivojining yagona zanjiriga kirishib ketmog‘i kerak.
Masnaviy janrida yozilgan boshqa asarlarda bo‘lgani singari “Lison ut-tayr” dostoniga ham bir-biri bilan bog‘langan oz sonli yoki ko‘p sonli baytlarning izchilligi o‘zida mo‘ljallangan yaxlitlikni mujassam etuvchi bayt-hikmatlar bilan kesilib turishi – she’riy oqimning shunday bo‘linib turishi xarakterlidir. Ba’zi hollarda, syujetning mazmuniy vazifasiga ko‘ra, matnda tugallangan bayt-hikmatlarning butun bir zanjiri uchrashi mumkin. Bunday fikriy parchalarni ajrata bilish va ularning qonuniy ketma-ketligini o‘ziga xos badiiy usul sifatida tushunish tarjimon uchun shartdir, zotan, faqat tarjima tilida ularning badiiy nusxasini yaratish bilangina epik asardagi murakkab arxitektonikani qayta tiklashga erishish mumkin.
Vazn va marom
Vazn va marom (ritm) she’rni “boshlab beradi”. Ularni kitobxon barcha boshqa unsurlardan, ma’lum ma’noda hatto mazmundan ham avvalroq qabul qiladi, chunki vazn va maromda ravshanlashuvchi mazmunni bilish uchun ko‘pincha bir necha misra yoki bandni ko‘zdan kechirishga to‘g‘ri keladi. Bundan she’rdagi maromiy-musiqiy tuzilishning kalitmonand ahamiyatga ega ekani tushunarli: vazn saylashga asoslanishi, to‘g‘ri ohang tanlanishi zarur. Lekin uni qanday topish kerak? She’riy tarjimaning to‘g‘ri ohangi deb nimani hisoblash mumkin? Vazn va maromni to‘g‘ri tanlashning biror-bir aniq-haqqoniy andozasi bormi? “Asl nusxa vazni bilan” yoki aksincha, kitobxonning ona tiliga mos vazn bilan qilingan tarjimalar haqida allaqachon bir-biriga zid mulohazalar butun-butun jildlarni tashkil etsa ajab emas. Tarjima borasidagi nazariy ishlar asliyatni maromiy jihatdan qayta yaratishning turli ehtimolini tahlil qiladi, lekin tarjimon-amaliyotchilar o‘zlari tomonidan boshqa vaznni emas, balki ayni mana shu vaznni tanlaganliklarining sabablari haqida juda kam gapiradilar. Tarjimalarning bunday yo‘nalishda baholanish qamrovi cheksiz, to‘g‘ri, lekin ular hech nimani rivojlantirmaydigan “g‘oliblarni sud qilmaydilar”, degan hikmat chegarasidan nari o‘tolmaydi.
Yaqin hamda O‘rta Sharq shoirlari epik asarlarini tarjima qilishning o‘ttiz yildan ortiqroq vaqt mobaynidagi amaliyotida turkigo‘y va forsigo‘y shoirlar epik maromining o‘ziga xosligini rus prosodiyalari vositasida berish uchun mumkin bo‘lgan ekvivalentlarni qat’iy jihatdan anglab yetmoq borasida faqat onda-sonda uchraydigan urinishlargina yuzaga keldi. Bu masalalar L.M.Penkovskiy tarjima qilgan “Farhod va Shirin” dostoniga tarjimonning so‘z boshi tarzida yozgan maqolasida Navoiy epik ijodiga tatbiq etilgani holda ko‘rib chiqiladi[10]. Mazkur maqolada muallif o‘zi tanlagan majburiy erkakcha[11] qofiyali besh turoqli yamb vaznining joizligini uning asliyat vazniga funktsional mos kelishini ta’kidlash bilan asoslaydi. V.S.Sokolova esa Firdavsiy vaznini rus tilida qayta yaratish mumkin bo‘lgan tamoyillar haqidagi masalaga bag‘ishlangan maqolasida asliyat vaznining ruscha ekvivalenti sifatida amfibraxiy negizli to‘rt turoqli dolnik[12]ni tavsiya etadi[13].
Turkiy va fors-tojik tilidagi eposlarni tarjima qilishning boy amaliyoti muammoni hal etishga turli empirik yondashuv namunasini beradi. Nizomiy “Xamsa”si dostonlari tarjimasida quyidagi vaznlar qo‘llanilgan: anapestik to‘qima va erkakcha qofiyali to‘rt hijoli dolnik (G.Ptitsin, N.Lebed), so‘nggi turog‘i kesilgan va erkakcha qofiyali to‘rt turoqli amfibraxiy (M.Shaginyan), erkakcha va ayolcha qofiyalar tartibsiz keluvchi ikki dolnikli vaznlar – olti turoqli yamb[14] (K.Lipskerov), besh turoqli yamb (P.Antokolskiy), yetti turoqli xorey[15] (V.Derjavin)[16]. O‘sha turkumdagi Navoiyning (“Xamsa”dagi) dostonlari tarjimasida esa bir xil yo‘l qo‘llanilgan: erkakcha qofiyali besh turoqli yamb (L.Penkovskiy, S.Lipkin, V.Derjavin)[17]. Turkumning besh dostoni ham turli vaznda yozilgani uchun Navoiy eposi tarjimasi vaznining bunday bir xilligi shartli tabiatga ega.
Navoiy epik vaznini tarjimada berish uchun besh turoqli yamb tanlanishining ko‘zda tutiladigan isboti sifatida yomon nom chiqargan ekviritmiklik tamoyili olingan: erkakcha qofiyali besh turoqli yamb bo‘g‘inlarining soni (10) asliyat bo‘g‘inlari soniga (11) yaqin. Asliyatning barcha besh xil vaznida hijolar soni bir xil, bu holat aruz vaznidagi ma’lum hodisa – bo‘g‘inlar sonini tobe ahamiyatga, uzun va qisqa hijolarning navbatma-navbat kelish tabiati hamda ruknlar izchilligi esa hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi.
Navoiy qo‘llagan epik vaznlarga besh turoqli yamb funktsional mos keladi, degan da’vo bahstalab va zaifdir. Turkiy tildagi she’riyatda epik asarning har bir misrasi katta ohangdorlik, tekis va keng “nafas” bilan xarakterlanadi. Besh turoqli yambning bunday nafas uchun kenglik berishi mahol. Agar rus tilidagi so‘zlar turkiy tillardagi so‘zlarga qaraganda, o‘rtacha olganda, katta ekani hisobga olinadigan bo‘lsa, bu fikrning yana ham asosli ekani oydinlashadi. Mana shu bir holatning o‘ziyoq asliyat misrasidagiga qaraganda ruscha tarjima misrasida bo‘g‘inlar soni ko‘p bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi[18].
Tarjimada satrning “erkinligi” va misraning keng “nafas olishi” haqidagi masalaga qofiyaning tabiati masalasi ham bevosita aloqador. Turkiy tillardagi urg‘uning so‘nggi bo‘g‘inga tushishi qonuniyatiga asoslangan holda, ruscha tarjimalarda faqat birgina erkakcha qofiyalarning tanlanishini yetarlicha asoslangan, deb hisoblash mumkin emas. Tarjimada nuqul erkakcha turlovchi qo‘shimchali besh turoqli qisqa misra ulkan epik hikoya davomida (Navoiy dostonlari 7 mingdan to 10 ming misragacha) Navoiy eposiga asliyatda uchramaydigan ohangdagi bir xillilik va “mudratuvchilik” xususiyatini baxsh etadi. Bu fakt tanqidiy adabiyotda bir necha bor ta’kidlangan. Bundan tashqari, madomiki, tarjimada asliyatga taxminiy maromiy yaqinlik yaratishga urinish haqida so‘z ketar ekan, u holda aytish kerakki, turkiy she’rlar misrasining oxiri o‘zining uzun so‘nggi bo‘g‘ini bilan rus tinglovchisida erkakcha – yamb qo‘shimchasidan ko‘ra, ayolcha – xorey qo‘shimchasi taassurotini qoldiradi. Bularning hammasi turkiy epik she’riyatni ruscha tarjimada qayta yaratish vositalari haqidagi nazariy masala nafaqat hal etilmaganidan, balki hatto u barcha mavjud jihatlari nuqtai nazaridan qarab ham chiqilmaganidan dalolat beradi.
Biroq tarjima amaliyotiga qaytaylik. Mazkur maqola muallifi oldida “ramal” bahrida yozilgan “Lison ut-tayr” dostoni misralarini rus tilida berish uchun muayyan vaznni tanlash masalasi turar edi. Bu o‘lchov asliyatda uch rukndan – ikki to‘rt hijoli hamda bir uch hijoli rukndan iborat bo‘lib, uzun va qisqa hijolarning ketma-ket kelishi quyidagi tartibda: – v – – / – v – – / v –. Men tinishsiz erkakcha va ayolcha qofiyalar bilan almashinib keluvchi to‘rt turoqli anapestni tanladim (misrada 12-13 bo‘g‘in). Tanlagan yo‘limning ma’lum ma’noda shartliligini va boshqa nuqtai nazarlar ham asoslanishi mumkinligini anglaganim holda, men ayni paytda o‘z tanlagan vaznimning himoyasi uchun ba’zi bir dalillar keltiraman.
Doston shu paytgacha to‘liq tarjima qilinmagan. N.Lebedev[19] va K.Lipskerov[20] tarjimasida birgina parcha bor. N.Lebedev so‘nggi turog‘i kesilgan (ya’ni erkakcha qofiyali) va toq (birinchi, uchinchi va beshinchi) turoqlarining birinchi hijosi doimiy pirrixiyali olti turoqli xoreyni tanlagan (ᵨ – / – – / ᵨ – / – – / ᵨ – / -):
Eta mыsl bыla v mektebe rojdena
V dni, kogda tverdil ya boji imena,
V dni, kogda s detmi drugimi svoy urok
Ya uchil, zapominaya xodы strok.
No kogda ot povtorenya slov odnix
Golos detskiy stanovilsya slab i tix,
Nash uchitel, prosvetlyaya bednыx nas,
Zastavlyal chitat poeta stroynыy skaz…
Xuddi shu parchaning o‘zi K.Lipskerov tomonidan ham pirrixiylar taqsimoti boshqacha va tinishli (dastlabki ikki baytdan tashqari) o‘sha vaznda tarjima qilingan:
Vse eto vosxodit v pamyati moyey:
Pomnyu izdaleka vremya detskix dney.
Gromko golosila v shkole detvora,
Svoy urok tverdila s samogo utra.
I kogda vsex obessilival urok,
I v slovax allaxa bыl uj malыy prok, –
To uchitel, chtob uznat uchenikov
Vыzыval rebyat na chteniye stixov…
Tarjimada vaznning bunday o‘ziga xosligi misralarga vazmin epik intonatsiya emas, balki qandaydir “o‘yinqaroq” betinim intonatsiya bergani sababli bu vaznning har ikkala ko‘rinishi ham menga butunlay nomaqbul tuyuldi. Menimcha, bu tarjimalar mualliflariga, agar birgina parchani emas, balki butun dostonni tarjima qilishga to‘g‘ri kelganida, ehtimol, ular mazkur o‘lchovdan voz kechgan bo‘lur edilar.
Tarjimada vazn tanlashning yagona asosli yo‘li, menimcha, funktsional moslik tamoyilidir. Bunda asliyat tinglovchilariga asl nusxaning vazni qanday taassurot qoldirsa, rus tinglovchilarida ham taxminan xuddi shunday taassurot qoldiradigan bir necha rus o‘lchovlaridan juda bo‘lmaganda asliyatga maromiy jihatdan minimal o‘xshashligi borini tanlash lozim. Funktsional moslik tamoyiliga ko‘ra, turkiy eposni rus tilida berish uchun menga ikki dolnikli vaznlar emas, balki asliyatning vazmin intonatsiyasi oson amalga oshadigan uch dolnikli vaznlar ko‘proq maqbul ko‘rinadi. Rus uch dolnikli vaznlaridagi urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘inlarning keskin qarama-qarshi qo‘yilishi misraning ravonligini ko‘proq ta’minlaydi. B.V.Tomashevskiy uch hijoli o‘lchovlardagi urg‘u ikki hijoli o‘lchovlardagiga nisbatan ancha ravon ekanini haqqoniy ta’kidlagan edi[21]. Ayni mana shu uch hijoli rus vaznlaridan uzun va qisqa bo‘g‘inlar ketma-ket keluvchi turkiy she’rning maromiy ekvivalentini izlamoq lozim, chunki bu o‘lchovlardagi urg‘uli bo‘g‘inning ajralib turishi va shunga yarasha urg‘uli unlining cho‘ziqligi turkiy asliyat cho‘ziqligiga samarali o‘xshashlik yaratadi. Uch dolnikli vaznlar ichidan “Lison ut-tayr” dostonida uchraydigan turli xil – patetik, janrga xos, kinoyaviy, lirik intonatsion ma’no urg‘ularini berishda ko‘proq qo‘l keladigan ko‘ringani uchun men anapestni ma’qul ko‘rdim. Bundan tashqari, aftidan, anapestda epik boshlanishning intonatsiyasi yorqinroq aks etgan, unda urg‘u misra boshida emas – uchinchi hijoda.
Men tanlagan o‘lchovdagi misraning uzunligi (12-13 bo‘g‘in) dostonning 11 bo‘g‘indan iborat turkiy misrasiga taxminan mos keladi (rus va eski o‘zbek tillaridagi so‘zlar uzunligining qiyosi haqida yuqorida aytilgan fikrni eslaylik). Misraning bunday uzunligi, menimcha, intonatsiyaning ohangdorligini ham, kerakli ma’noni singdirishni ham va, tabiiyki, “nafas” erkinligini ham ta’minlay oladi.
Alohida sarlavhaga ega bo‘lgan har bir parcha doirasida baytlardagi qofiyalar mening tarjimamda quyidagi tartibda: har birida misralar ayolcha qofiyalar bilan bog‘langan ikki baytdan keyin erkakcha qofiyali bayt keladi. Qofiyalanishning bunday tartibi ma’lum darajada shartli tabiatga ega va misra oqimiga xilma-xillik kiritish maqsadini nazarda tutadi. Menga ayolcha qofiyalar asliyatning so‘nggi uzun unlisiga maromiy o‘xshashlik yaratish uchun ko‘proq mos ko‘rindi, biroq nuqul faqatgina ayolcha qofiyalarning ketma-ket joylashuvi ohang bir xilligini keltirib chiqarishi mumkin edi va men shu sababdan ham ularni erkakcha qofiyalar bilan 2:1 nisbatida almashinib keladigan qildim. Men bu tartibimda boshqa tarjimalar tajribasiga suyandim[22].
Vazn tanlash, yuqorida aytilgan barcha holatlardan tashqari, misra intonatsiyasini qayta yaratish vazifasiga bo‘ysundirilishi lozim. Navoiy dostonida misra vazni intonatsion “to‘ldirilishi”ning umumiy qurilishi nihoyatda bosiq. Navoiy hech qayerda “yuksak” she’riyat uslubidagi oshirib yuborishlarga yo‘l qo‘ymaydi (zotan, bu Navoiy salaflaridan boshlab davom etib kelayotgan eng yaxshi she’riy an’analarning buzilishi bo‘lur edi). Navoiy she’rining misralari ortida doimo donishmandlarcha fikrni bir joyga to‘plash, aql bilan nazorat qilingan tuyg‘u, eng tejalgan vositalarni izlovchi o‘tkir zehn ko‘rinib turadi.
Bu borada, umuman shuni aytish kerakki, Yaqin Sharq she’riyatidagi “dabdabalilik”, “bejamadorlik” va shunga o‘xshash boshqa alomatlar haqidagi keng tarqalgan fikr mubolag‘aga asoslangan hamda mohiyatan noto‘g‘ridir. Bu fikrning kelib chiqishi – mumtoz forsigo‘y va turkigo‘y shoirlar ijodi ustidan emas, balki Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari badiiy so‘z san’ati taraqqiyotining barcha davrlarida ham keragidan ortiqroq bo‘lgan taqlidgo‘y-nazmbozlar asarlari ustidan kuzatish oqibatidir. Sharq mualliflaridagi yuksak so‘z madaniyati (ma’lum ma’noda hatto so‘zga sig‘inish) jamiyatdagi xilma-xil doiralarda she’riyatning keng ommalashgani, maktablarda tilni ko‘proq she’riy nutq namunalari asosida o‘rgatish tartibi, she’r texnikasidagi yuksak taraqqiyot ta’limdagi muayyan bosqichni o‘tgan deyarli har biri kishi she’riyatning tashqi belgilari va zarur bo‘lgan “o‘qishga qulayliklari”ni saqlagani holda, she’r to‘qishi mumkinligini ta’minlar edi. Ma’lumki, she’r bilan shaklbozlik qilish Temuriylar davri (XV asr) fors-tojik she’riyatiga bamisoli to‘lqindek toshib kirgan.
Biroq Navoiy ulkan iste’dodga ega shoir edi va uning asarlarida, xususan, epik ijodida yorqin dohiyona miqyosiylik belgilari mavjud: unga shaklbozlik nayranglari va atayin vujudga keltirilgan balandparvozlik kerak emasdi, uning qudrati quloq yirtar jarang-jurunglarga zor bo‘lmagan haqiqiy shoironalikda edi. Men Navoiy she’riyatidagi vazmin intonatsiyani qayta yaratishni o‘zimning bosh vazifalarimdan biri, deb bildim.
Band va timsol
Yuqorida Navoiy epik ijodidagi baytning tabiatini tushunishga doir masalalar haqida gapirilgan edi. Endi mana shu masalalarga bayt – ikkilikni bandiy birlik sifatida qayta yaratish tamoyillari bilan bog‘liq holda, qisqacha to‘xtalib o‘tish zarur. Tarjimon tomonidan baytga sinchiklab e’tibor berilishining zarurligi uning badiiy vazifalari xilma-xil ekanligi bilan belgilanadi. Bayt – matndagi band qurilishining birligi va badiiy timsol “qobig‘i”, ayni paytda u hikoya qilishdagi fikr birligi hamdir. Deyarli hamma vaqt bayt, bu – tugallangan, ma’lum ma’noda o‘zi bilan cheklangan timsol. Umumlashtirib aytganda, baytni qayta yaratish – timsolni qayta yaratishdir. Navoiyda an’anaviy timsollar (lablar – yoqut, ko‘zlar – nargis; aqldan ozgan bebaxtga tosh otayotgan bolalar; tilsim-xazinalarni qo‘riqlovchi boyqushlar va h.k.) bilan bir qatorda hayratlanarli darajada baquvvat va yangi timsollar bor. Mana, masalan, payg‘ambarning me’rojga chiqishini hikoya qiluvchi parcha:[23]
I yeщyo minoval on dva neba sverx mraka,
I predstal yemu kupol vыsot zodiaka.
I predstal yemu Oven v tom gornem polyote,
I nastig on Teltsa, slovno lev na oxote.
I sklonilis pred nim Bliznetsы dlya uslug,
Daje Rak raspryamilsya i dvinulsya vdrug.
Leg k nogam yego Lev, kak sobaka, pokorno,
I Kolosya, kak jemchug, rassыpali zerna.
I Vesы ravnovese dushe yego dali,
I otravu ubil Skorpion v svoyem jale.
Polumesyatsem luk svoy postavil Strelok,
Zolotoyu gazelyu predstal Kozerog.
Vodoley vzyal v rechax yego vlagu jivuyu,
I dlya Rыb v nix jurchali jivyaщiye strui…
Hikmatlilik – baytning o‘ziga xos ideali. Bu xususiyatini bayt faqat epik asarda syujet rivojini tezlashtirish zarurati tufayligina yo‘qotishi mumkin. Shuning uchun ham bayt ma’nosini ochish qiyin bo‘lgan hollarda undan, qonuniy tarzda, hikmatli fikr qidirish lozim, zotan, ko‘p holatlarda undan aynan ana shunday fikr yuzaga chiqadi:
Iskra k nebu vzvivayetsya smelыm poletom,
A nichtojnuyu muxu vlechet k nechistotam…
Razve vsyakiy, kto xvalitsya slavoyu, slaven?
Razve muj poxvalboyu nepravoyu slaven?..
Esli pastыr ne znayet, gde korm, gde voda,
Znachit pastva pogibnet, pogibnut stada…
Navoiy uslubining soddaligi tasavvufiy mazmundagi timsollar uchun ham xarakterlidir. Tasavvuf ramziyligining butun o‘ziga xosligiga qaramay, Navoiyda bu timsollar sodda, hatto ravshan ifodalangan, deyish mumkin: ramziylikning ifodasi emas, balki uning o‘zi murakkab.
So‘zdan va uni kashf etish imkoniyatlaridan zavqlanish yana shunda ko‘rinadiki, shoir bayt doirasida tez-tez so‘z o‘yini qiladi. Tabiiyki, matnning bunday o‘ziga xosligini qayta yaratish tarjimondan o‘shanga mos o‘rindosh talab etadi.
Qofiya
Eski o‘zbek tilidagi she’riyat qofiyalari orasida turli so‘zlarning bir xil grammatik ko‘rinishlaridan – kelishiklarning o‘xshash shakllaridan, muayyan bir zamonga taalluqli fe’l shakllaridan, ravishdoshlarning bir xil ko‘rinishlari va h.k.lardan iborat qofiyalar kattagina o‘rin egallaydi. Bunday qofiyalanish faqat masnaviy (ya’ni, ikki misra doirasidagi juft qofiyali) janrida yozilgan asarlargagina emas, balki bir xil grammatik shakllar 7-11 (ba’zan esa bundan ham ko‘proq) bayt davomida qofiyalangan g‘azallarga ham taalluqli.
Bunga o‘xshash qofiyalarni ruscha tarjimada qayta yaratish estetik mulohazalar tufayli maqsadga nomuvofiq va grammatik sabablarga ko‘ra murakkabdir. Ma’lumki, rus she’ri morfologik jihatdan bir xil qofiyalardan qochadi, zotan, tarjimada qofiyalarni bunday tizish (xodil – prosil – vonzil… domami – sadami – prudami… sverkaya – slagaya – schitaya…) tarjimaning badiiy saviyasini nihoyatda tushirib yuborgan bo‘lur edi. Lekin gap faqat bundagina emas. Hatto tarjimon, garchand, bunday zarurat bilan kelishsa-da, bu xildagi qofiyalarni qayta yaratish tilning grammatik qurilishidagi adabiy farq tufayli ham ro‘yobga chiqmas edi. Zotan, agglyutinativ eski o‘zbek tilidagi so‘zlar qo‘shimchalarining tabiati flektiv tuzilishga ega rus tilidagi so‘zlar qo‘shimchalari tabiatidan katta farq qiladi. Agar, masalan, eski o‘zbek tilidagi barcha otlar ko‘plik hamda birlikda bir xil turlansa, shundan kelib chiqqan holda, kelishik birgina mazkur shaklida bir-biri bilan qofiyalanishi mumkin bo‘lsa, rus tilida esa, ma’lumki, turlashning bir necha xili mavjud va turli so‘zlarning bir xildagi kelishik shakllari ularni qofiya tarzida qo‘llash imkonini istisno qiluvchi har xil qo‘shimchalarga ega.
Biroq bir xil grammatik shakllarni qofiyalash eski o‘zbek tilida qofiyalashning yagona imkoniyati emas. Chunonchi, Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida tabiati jihatidan rus she’ri uchun odatiy bo‘lgan mana bunday morfologik farqlanadigan qofiyalar ham uchraydi: singil – onglagil (sestra – poymi), kichik – jussalik (malenkiy – dorodnost), ittifoq – yaxshiroq (soyuz – luchshe), bil – til (znay – yazыk) va h.k.
Shunday savol tug‘iladi: xo‘sh, Navoiy qanday qofiyalarni qo‘llamaydi? Bu savolga javob tamoman qat’iy bo‘lishi mumkin: u prosodiyalarning o‘ziga xosliklari tufayli mumkin bo‘lmagan (chunonchi, uzun bo‘g‘in bilan qisqa bo‘g‘inni qofiyalamaydi) va noaniq qofiyalarni qo‘llamaydi. Bu dalillar, menimcha, ruscha tarjimada qofiya tanlashning mumkin bo‘lgan tamoyilini asoslash – rus tilidagi til yo‘l qo‘ygan doirada aniq qofiyalashning barcha imkoniyatlarini qo‘llash ilojini beradi.
Navoiy she’ri uchun, xususan, o‘tkir va ravon qofiyalarda namoyon bo‘ladigan yuksak darajadagi shakliy mukammallik xos. Bu – Navoiydek benihoyat yorqin iste’dodga ega shoir ijodidagi badiiylikning alohida saviyasini tashkil etgan forsiy va turkiy tillardagi she’riyat an’analaridir. Navoiy aniq qofiyalar orasidan eng aniqlarini tanlab oladiki, tarjimon shoirning misra so‘ngiga shunchaki qofiyalangan so‘zlarni emas, balki katta aniqlik bilan qofiyalanuvchi so‘zlarni qo‘yish texnikasidagi o‘ziga xoslikni qayta yaratishga intilishi lozim. Mening nazarimda, Navoiy she’riyati ruhi va uslubiga ko‘proq mos keladigani – bir xildagi tayanch undoshli qofiyalardir:
Znayte: vse ya skazala, molya o zaщite,
Pogubite menya ili sredstvo sыщite…
I slojenyu stixov polojil ya nachalo,
I napevnost ix tyurksoyu rechyu zvuchala…
Navoiy ba’zan qofiyalanishning kutilmagan imkoniyatlariga murojaat qiladi va shu sababli ham menga rus klassik she’riyati uchun emas, balki eng yangi zamon she’riyati uchun xarakterli bo‘lgan aniq qofiyalarni qo‘llash (muayyan doirada) mumkin ko‘rinadi:
I povedal drugoy – tot, chto golovu щupal:
«Vrode kak bы skala, a vershina – chto kupol»…
Zazvuchal ix rasskaz i razlichiye vыdal:
Sxoje odin s bojestvom, a drugoy – slovno idol…
Kak-to, nemoщnыm telom k poklaniye priladyas,
V gorod brel etot muj – vыsshix pomыslov kladez…
Budet serdtse takim – nazыvay yego serdtsem,
A ne budet – net verы podobnыm zlovertsam…
Navoiy an’analar ruhiga rioya qilgan holda qofiyalar o‘yiniga asoslangan shoirona usullarni keng qo‘llagan. Tarkibiy va omonim qofiyalar o‘sha davr she’riyat havaskorlari tomonidan yuksak baholanar edi. Bunday qofiyalar yaratish uchun rus she’ri keng imkoniyat beradi:
Ya ne mog rech inuyu postich i slova,
Drugom serdtsa mne bыli lish ptichi slova…
Tы sokrыt eto delo pokoish stremlene,
Nu i nami vladeet takoye j stremlene…
Jal trudov, jal nadejd – ne dalos ix sberech nam,
Jal nam pomыslov nashix o schastii vechnom…
Lish v pokornosti smog bы dostich ya yego –
U podnojiya trona velichya yego…
Shedshiy lyud izdevalsya otvratno i zlo,
On je smog bы sterpet i stokratnoye zlo…
Radif
Forsiy va turkiy she’riyatdagi shoirona vositalar tizimida radif san’ati – qofiyalangan misralardagi qofiyadan so‘ng qandaydir bir so‘z yoki so‘zlar guruhining takrorlanishi katta o‘rin egallaydi. Radif eng oddiy ko‘rinishida sintaktik parallelizmga asoslangan qofiyaning unsuri sifatida namoyon bo‘ladi:
To slovami unijennoy lesti on klyanchil,
To slezami obijennoy chesti on klyanchil…
To mne lyubы povadki razvratnыx druzey,
To mne lyubы dela blagodatnыx druzey…
Lekin radifning o‘rni va ahamiyati uning shu vazifasi bilangina barham topmaydi. Agar radifning xizmatini masnaviy janridagi epik hikoyaga eng umumiy tarzda qo‘llashga urinilar ekan, u holda radif – qofiyalanishning ich-ichidagi farqlari nuqtai nazaridan matnning bayt qurilishini o‘zgartirish imkonini beradigan badiiy-tasviriy vosita ekanini aytish kerak bo‘ladi. Ruscha tarjimada baytning qayta yaratilishini radifsiz va radif teranligining turlichaligi bilan qiyoslang:
Tak prixodit na pamyat mne bыl moyey doli –
Vremena maloletstva, ucheniye v shkole…
V ney ni umыsla zlogo, ni jalobы net,
Nichego, chto ukor vыrajalo bы, net… (1 bo‘g‘in)
I skazali oni: «Ne sozrel on yeщe,
On k drevam svoim krepko pridelan yeщyo…» (2 bo‘g‘in)
I kamnyami razbil on kuvshinov nemalo,
Dragotsennыx oskolkov raskinuv nemalo… (3 bo‘g‘in)
Ved trudney vsex rechey vinerechet eta povest:
Yazыkom besslovesnыx rechet eta povest… (4 bo‘g‘in)
Shu bilan birga, radif asarga takrorlanmas milliy kolorit beradigan baytning xarakterli o‘ziga xosligini namoyon etadi. Shuningdek, u fikriy va ekspressiv vazifani ham bajaradi: diqqatni fikrning muayyan “parcha”lariga tortadi va misraga alohida musiqiylik baxsh etadi. Bularning hammasi asliyat poetikasining bu qadar ma’nodor vositasiga tarjimonning mensimay qarashi mumkin emasligidan dalolat beradi, buning ustiga, rus tili juda ko‘p hollarda radifni qayta yaratish imkoniga yo‘l qo‘yadi.
Biroq shunday hollar borki, unda tillar qurilishidagi farqlar tufayli tarjimon uchun asliyatda radifni tashkil etgan so‘zlar ekvivalentini radifda qayta yaratish mumkin bo‘lmay qoladi. Turkiy tillarda ba’zan radif nihoyatda keng qo‘llaniladigan otlar va “delat” ma’nosini beradigan ko‘makchi fe’ldan tarkib topgan murakkab fe’llar hisobiga yaratiladi. Bunday murakkab fe’llarni rus tiliga so‘zma-so‘z tarjima qilinsa, u holda “sdelat ulыbku”, “sdelat upryok” va h.k. singari so‘zlar yuzaga kelar edi. Shunga o‘xshash qiyinchiliklar asliyatda rus tiliga oid qo‘shimchalarga vazifasi jihatidan mos, lekin o‘zlari boshqarayotgan so‘zlardan keyin turadigan ko‘makchilar – ko‘makchi so‘zlarning radif sifatida qo‘llanilishidan kelib chiqadi. Demak, ko‘p hollarda radifni tashkil etgan so‘zlarni boshqasi bilan almashtirish shart bo‘lib qoladi. Mana, radifni almashtirishga misol (so‘zma-so‘z tarjimada asliyatda radif bo‘lib kelgan so‘z ajratib ko‘rsatilgan):
1. Ko‘z ochib bedil taammul ayladi,
O‘tgan ahvolin taxayyul ayladi.
Otkrыv glaza, neschastnыy porazmыslil (= «razmыshleniye sdelal»),
Prisledshiye obstoyatelstva pripomnil (= «pripominaniye sdelal»).
I ochnulsya, podumal neschastnыy, pripomnil,
Proisshedshee pamyatyu yasnoy pripomnil…
2. Rohzanliq aylamak isyon sari,
Boshlamoq yo‘l vodiyl nuqson sari.
«Napravlyat ix ko smutam,
Vozglavlyat ix na puti k pustыne poroka».
Nastavlyat ix ko smutom jestoko, vsechasno,
Napravlyat ix v pustыnyu poroka vsechasno…
Radifni qayta yaratish borasidagi tarjimonning muhim vazifalaridan biri – uni o‘quvchi tomonidan misraga xuddi ekzotik “qo‘shimcha” tarzida qabul qilinmasligiga erishishdir. Shoirlarda radif san’atini egallash – uning misra fikriy va vazniy to‘qimasiga yuksak darajadagi tabiiylik bilan chirmashib ketishini ta’minlashdan iborat edi. Radif badiiyligining namunali tomoni faqat uning teranligi emas, ya’ni misralarni qamrash darajasigina emas, balki o‘zidan avvalgi so‘zlar bilan qo‘shilib ketish xarakteri hamdir: qofiyalangan ikki misrada radif o‘ziga aloqador so‘zlar bilan har xil uyg‘unlashuvi kerak. Radif qo‘llashning zikr etilgan o‘ziga xosligi Navoiyning ruscha tarjimasida shunday ko‘rinish kasb etadi:
Ptichey rechyu slagal on sozvuchiya slova –
O razluke i schaste pevuchee slovo…
Ego serdtsu lyubeznы tsvetы i uzorы –
Na odejde smirenya pustыe uzorы!..
Jguchim jarom lyubvi dal tы dusham ogon,
Vsem, kto schastliv, kto bedstviyem rushim, – ogon…
I za padshix, za vse ix grexi on prosil,
Za deyanya, chto zlы i lixi, on prosil…
Radifni ruscha tarjimada qayta yaratish tarjimon uchun faqat hisoblashishi majburiy bo‘lgan “yoqimsiz zarurat”gina emas. Radif rus she’riga oson chirmashib ketadi va ayni paytda matnning bayt qurilishiga xilma-xillik bag‘ishlaydi. Radifni qo‘llash, shuningdek, qofiyalarni ham xilma-xillashtirish – erkakcha va ayolcha qofiyalar bilan bir qatorda daktilik qofiyalarni ham qo‘llash imkonini beradi. Misra so‘ngida kelganida noqulay bo‘lgan daktilik qofiyalar radif oldidan butunlay tabiiy jaranglaydi:
Esli schaste v sudbe im radetelem budet,
Esli rok vojakom k dobrodetelyam budet…
I yemu vыsi neba «podnojiyem stali»,
Kuщi raya – deyaniyem bojiim stali…
A Simurg – yego imya, izvestnoye vsyudu, –
Na zemle i pod shiryu nebesnoyu, – vsyudu…
Tarjimon tomonidan Navoiy eposini sharhlash muammolarining ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan jihatlari, umuman olganda, mana shulardir. Bu masalalarning ko‘pchiligi muayyan darajada allaqachon Navoiy dostonlari tarjimonlari oldida o‘zini ko‘rsatgan va ular tomonidan turlicha hal etilgan. Ushbu satrlar muallifiga o‘z tajribalari asosida Yaqin va O‘rta Sharq epik she’riyati tarjimasi borasidagi ba’zi qiyin jihatlarni anglashdagi mumkin bo‘lgan yo‘llarga o‘quvchilar diqqatini qaratish foydali ko‘rindi, maqoladan maqsad shu.
Rus tilidan Abdulla Sher tarjimasi
“Jahon adabiyoti”, 2015 yil, 8-son
[1] Alisher Navoi. Sochineniya v desyati tomax. T. VII. Izdatelstvo “Fan”, T., 1970. S 341.
[2] Alisher Navoi. Sochineniya v 10-ta tomax, T. VIII. – Tashkent, “Fan”, 1970.
[3] Qarang: Bertels Ye.E. Izbrannыe trudы. Sufizm i sufiyskaya literatura. – M., Izdatelstvo vostochnoy literaturы, 1965. S. 417.
[4] Doston tarjimasi Sh.Eshonxo‘jayev tomonidan nashr etilgan ilmiy-tanqidiy matn bo‘yicha bajarilgan: Alisher Navoiy. Lison ut-tayr (“Qush tili”). – Toshkent, “O‘zbekiston”, 1965.
[5] Arab alifbosida faqat undoshlar va cho‘ziq unlilargina belgilanadi (qisqa unlilarni arab yozuvi ko‘rsatmaydi).
[6] Ko‘chirma hozirgi zamon o‘zbek alifbosi bo‘yicha olindi. Qarang: Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik. 11-t. – Toshkent, O‘zadabiynashr, 1966.
[7] Alisher Navoiy. Xazoyin ul-maoniy, IV t. – Toshkent, 1960, 720-b.
[8] Bertels Ye.E. Izbrannыe trudы. Sufizm i sufiyskaya literatura. S. 148. (Tarjima meniki – S.I.)
[9] Alisher Navoiy. Xazoyin ul-maoniy. III t. – Toshkent, 1960, 48-b.
[10] Alisher Navai. Farxad i Shirin. Perevod Lva Penkovskogo. – M., Goslitizdat, 1946. S. 29-33.
[11] Erkakcha, ayolcha, daktil – rus she’riy nutqidagi qofiyalar turlari. Erkakcha qofiyada urg‘u qofiya bo‘lib kelgan so‘zdagi so‘nggi hijoga; ayolcha qofiyada – so‘z oxiridagi ikkinchi hijoga, daktilda esa so‘z oxiridan uchinchi hijoga tushadi. Erkakcha qofiya – qofiya bo‘lib kelgan so‘zning erkakcha tur (mujskoy rod)da tugashi bilan, ayolcha qofiya ayolcha tur (jenskoy rod)da tugashi bilan belgilanadi, daktil qofiya esa rus she’riy nutqida uch bo‘g‘inli turoqlar bilan yozilgan she’rlarda qo‘llaniladi.
[12] Dolnik – rus she’riy nutqidagi misrada urg‘ularning teng kelishini ta’minlaydagan vazn. Urg‘ular oralig‘ida odatda bir-ikki urg‘usiz hijo ishtirok etadi.
[13] Sokolova V.S. Opыt poeticheskogo perevoda «Shax-name». Vestnik Leningradskogo universiteta. 1947. №2. S. 107-120.
[14] Yamb – rus she’riy nutqidagi urg‘u hijolar oralab qat’iy tartibda takrorlanadigan vazn.
[15] Xorey – rus she’riy nutqidagi urg‘usiz hijo, urg‘uli hijodan keyin keladigan ikki bo‘g‘inli turoqlardan iborat vazn.
[16] Nizami. Izbrannыe proizvedeniya. «Biblioteka poeta». Bolshaya seriya. – M. – L., «Sovetskiy pisatel», 1947.
[17] Alisher Navai. Sochineniya v 10-ti tomax. T. III-VIII.
[18] Shunisi ham borki, g‘azallar tarjimasi borasida bu tamoyildan chekinish, aftidan, muqarrar, chunki g‘azallardagi qofiyasiz toq satrlarning uzunligi ruscha tarjimada she’rni deyarli vayron qiladi. Lekin bu – alohida mavzu.
[19] Navoi. Stixotvoreniya i poemы. «Biblioteka poeta». Malaya seriya. – M. – L., «Sovetskiy pisatel», 1965. S.605-611.
[20] Antologiya uzbekskoy poezii. – M., Goslitizdat, 1950. S.156.
[21] Tomashevskiy B.V. Stix i yazыk. Filologicheskiye ocherki. – M. – L., Goslitizdat, 1959. S. 57.
[22] “Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon”ning N.Zabolotskiy tarjimasidagi erkakcha va ayolcha qofiyali bandlar tartibini qiyoslang.
[23] Bu yerda va bundan keyin, o‘z tarjimasidan ba’zi misollar keltirar ekan, maqola muallifi, ma’lumki, ularni namunali deb hisoblashdan yiroq: bu – faqat maqolada bayon qilingan tamoyillarni qo‘llash asosida tarjimaga oid vazifalarni hal etishga yaqinlashish yo‘lidagi urinishdir, xolos (tarj.).