Qadr-qimmat bulog‘i

Xarakterli odam nimalarnidir boshidan o‘tkazgan va har turli kechinmalarda chiniqqan odamdir, unda umid bog‘lasa bo‘ladigan qandaydir kuchli fazilat bor demakdir.
E. TELMAN

Xarakter bitta yoki bir qancha xususiyatlar bilan emas, balki ularning darajasi va o‘zaro munosabatlariga qarab aniqlanadi.
JAN POL

Xarakter har kimning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun g‘ayrat bilan intilishidan iborat.
I. GYoTE

Xarakter katta yoxud kichik ishda o‘z qobiliyating ko‘lamida his qilgan narsangnigina izchillik bilan amalga oshirishingdan iboratdir.
I. GYoTE

Insonning hayot tarzi uning xarakteri.
I. GYoTE

Xarakter printsiplar asosida harakat qilish qobiliyatidan iboratdir.
I. KANT

Xarakter — inson qobiliyatlarining bulogi.
K. FIShER

Jiddiylik — xarakter asosi.
O. BALZAK

Gul uchun hid qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, inson uchun xarakter ham shunday ahamiyatga molikdir.
Ch. ShVAB

Xarakterli kishilar o‘zlari mansub bo‘lgan jamiyatning vijdonidirlar.
R. EMERSON

Har bir kishining xarakteri zarar yoki foyda keltirish xususiyati bilan boshqalar baxtiga ta’sir ko‘rsatadi.
A. SMIT

Qat’iy xarakterli kishilargina muloyim bo‘lishlari mumkin: boshqalardagi sirtqimu-loyimlik aslida osongina mijgovlikka aylanadigan oddiy zaiflikdir.
F. LAROShFUKO

O‘z burchini chuqur his qilish xarakterning gultojidir.
N. V. ShELGUNOV

Inson xarakteri uning hal qiluvchi daqiqalardagi harakatlari orqali yaxshi bilinadi.
S. SVEYG

Eng jiddiy damlarda inson har qachongidan ham sezilarliroq o‘sadi.
T. DRAYZER

Tafakkurdan tafakkur tugiladi, lekin faqat qalb va irodaning amaliy harakatigina xarakterni chiniqtiradi.
K. D. UShINSKIY

Iste’dod sukunat qo‘ynida yetiladi, xarakter hayot bo‘ronlarida toblanadi.
I. GYoTE

Har bir kishi xarakterida yo‘q qilib bo‘lmaydigan nimadir mavjud: bu xarakterning negizidir.
G. LIXTENBERG

Irodali kishi o‘zining har bir so‘zi va ishida haloldir.
S. SMAYLS

So‘zing va ishing bir joydan chiqishi uchun kuchli xarakterga ega bo‘lmoq lozim.
A. I. GERSEN

Men inson xarakteri deb uning axloqiy odatlari majmuasini atayman.
STENDAL

Xarakter — bu qat’iy shakllangan irodadir.
NOVALIS

Yaxshi xarakter butun umrga yetadigan boylikdir.
U. GEZLITT

Aqlga nisbatan xarakter kishilarni ko‘proq yaqinlashtiradi.
E. RENAN

Yaxshi xarakterli kishining hayoti ham yaxshi bo‘ladi.
DEMOKRIT

Yaxshilik qila olmasang, bori yomonliq ham qilma.
A. NAVOIY

Yaxshilikni bilmasang, bori yaxshilarga qo‘shul.
A. NAVOIY

Yaxshilik tegrasida uyrula olmasang, yaxshilar tegrasida uyrul.
A. NAVOIY

Agar xarakter umuman yaxshi bo‘lsa, ayrim kamchiliklarning borligi ham bilinmaydi.
Sh. MONTESKE

Mazmunidan qat’i nazar, xarakterning kuchliligi hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydigan qimmatbaho boylikdir. Xarakter kuchi faqat qalbning tabiiy manbalaridan olinadi, tarbiya butun insoniy fazilatlar manbai bo‘lgan ana shu kuchni hamma narsadan ham ko‘proq asramog‘i lozim.
K. D. UShINSKIY

Inson ko‘pgina moyilliklar va xarakter xususiyatlari bilan dunyoga keladi, ularning rivojlanishi juda ko‘p darajada tevarak-atrofdagi sharoitga bog‘liq.
A. BEBEL

Buyuk xarakterlarning aksari qismi kurashda yuzaga keladi, bu kurash esa ancha yoshlikdan boshlanadi.
D. I. PISAREV

Xarakter mehnatda toblanadi, kimki o‘z mehnati bilan rizqi ro‘zini topib kelmagan ekan, u ko‘pchilik hollarda umrbod ojiz, lanj, bo‘shang bo‘lib qolaveradi.
D. I. PISAREV

Inson xarakteri atrofidagi vaziyatga qarab o‘zgarib turadi.
G. PLEXANOV

Eng arzimas ikir-chikirlar ham xarakterning shakllanishiga ko‘maklashadi.
L. N. TOLSTOY

Zimdan kuzatganga hech narsa yuzaki emas. Xarakter ikir-chikirlarda o‘zini ko‘rsatadi.
E. BULVER-LITTON

Inson xarakteri eng muhim vazifalarni vijdonan bajarish tufayli vujudga keladi.
S. SMAYLS

Qat’iy qoidalarga amal qilmagan kishining deyarli xarakteri ham yo‘q. Xarakteri bo‘lganda u o‘ziga qoidalar zarurligini ham his etardi.
N. ShAMFOR

Qo‘rqoqlik va befarosatlik doimiy bo‘lishi mumkin, biroq qat’iylik faqat kuchi, ko‘tarinkiligi, aql-idroki bilan ajralib turuvchi xaraktergagina xos.
D. DIDRO

Kuchli xarakter kuchli oqim singari to‘siqqa uchrashi bilan g‘azabga keladi va yana ham kuchayadi, lekin to‘siqni ag‘darib tashlagach, o‘zi uchun chuqur o‘zan ochadi.
K. D. UShINSKIY

Qat’iylik aql jasoratini amalda qo‘llashdir, u ongli niyatni taqozo etadi.
F. VOLTER

Qat’iy xarakter aqlning topqirligi bilan uyg‘unlashmog‘i lozim.
L. VOVENARG

Shunday axloqli yoki, agar istasangiz, shunday xarakterli kishilar borki, ular bilan umuman aloqada bo‘lmaganing, ulardan iloji boricha kamroq shikoyat qilganing va hatto ular bilan bahsda haq bo‘lishni o‘zingga ep ko‘rmaganing yaxshiroq.
J. LABRUER

Inson xarakterida uning aqliga nisbatan ko‘proq nuqson bo‘ladi.
F. LAROShFUKO

Aql-idrok amriga itoatkorona amal qilmoq uchun bizning xarakterimiz ojizlik qiladi.
F. LAROShFUKO

Xarakterning bo‘shligi, bu tuzatib bo‘lmaydigan birdan-bir kamchilikdir.
F. LAROShFUKO

Irodasiz odam xarakteridan ko‘ra ham bema’nilik yo‘q.
J. LABRUER

Jamiyatda irodasiz odamdan ko‘ra xavflirog‘i yo‘q.
J. DALAMBER

Irodasiz odam — odam emas.
N. ShAMFOR

Ko‘pincha ataylab emas, balki xarakterning bo‘shligi sababli sotqinlik qilinadi.
F. LAROShFUKO

Faqat to‘g‘ri tashkil etilgan, intizomli, mustahkam, serif-tixor kollektiv hayotida insonning uzoq muddat davomida ishtirok etishi tufayligina xarakterni tarbiyalash mumkin.
A. S. MAKARENKO

Yaxshi xarakter yaxshi asarlar singari muqaddimadan ko‘ra pirovardda qoyil qoldiradi.
F. VOLTER

Inson xarakterini to‘g‘ri topishga intilish — dunyodagi eng og‘ir ish. Har bir ayrim shaxs, ayniqsa, iste’dodli shaxs qarama-qarshiliklar tugunidir.
T. DRAYZER

Har bir kishining uch xarakteri bor: boshqalar unga nisbat bergani; uning o‘zi o‘zimniki deb bilgani va nihoyat, uning haqiqiy xarakteri.
V. GYuGO