Jon Lokk (1632-1704)

Ingliz faylasufi Jon Lokk Angliyaning janubi-g‘arbidagi Somerset grafligiga qarashli Rington shaharchasida tug‘ildi. Lokkning otasi advokat bo‘lib, Kromvel armiyasining otliq eskadroniga qo‘mondonlik qilgan. Jon Lokk Oksford dorilfununi qoshidagi diniy kollejda ta’lim oldi. Keyinchalik tibbiyot ilmini o‘rgandi. 1656 yilda u Oksford dorilfununining davomi…

Barux Spinoza (1632-1677)

Gollandiyalik faylasuf Barux Spinoza Amsterdamda savdogar oilasida dunyoga keldi. U yahudiylarning Amsterdamdagi 7 yillik maktabiga o‘qishga bordi. Ammo o‘qishni tamomlashga ulgurmadi. Chunki otasiga savdo ishlarini yuritish uchun yordamchi kerak edi. Otasining o‘limidan keyin Spinoza bir necha yil savdogarlik bilan mashg‘ul davomi…

Jan de Labryuyer (1645-1696)

Farangistonlik mutafakkir, yozuvchi Jan de Labryuyer o‘rtahol shaharlik oilada dunyoga keldi. U avvaliga kollejda, keyin Orlean dorilfununining huquqshunoslik kulliyotida tahsil oldi. 1673 yilda Labryuyer Kan muzofotining bosh moliyaviy xazinachisi lavozimini egalladi. Labryuyer o‘z zamondoshi bo‘lmish mashhur notiq, yirik din arbobi davomi…

Benjamin Franklin (1706-1790)

Amerikalik faylasuf olim, siyosatchi, diplomat va ixtirochi Benjamin Franklin ingliz muhojiri Jozef Franklin oilasidagi 17 farzandning sakkizinchisi edi. Uning otasi hunarmand bo‘lib, sovun va sham ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Yosh Benjamin o‘zi mustaqil tahsil olgan. U birinchi bo‘lib tebranma o‘rindiqni davomi…

David Yum (1711-1776)

Ingliz faylasufi, psixolog olim va muarrix David Yum Shotlandiya poytaxti Edinburg shahrida, uncha boy bo‘lmagan dvoryan oilasida dunyoga keldi. Uning otasi huquqshunos bo‘lgan. David Yum Edinburg universiteti va Lya-Flesh nomli farang kollejida tahsil oldi. U kollejda ilk marta Rene Dekartning davomi…

Mixail Vasilevich Lomonosov (1711-1765)

Rus faylasufi Mixail Lomonosov o‘ziga to‘q xonadonda dunyoga keldi. Lomonosov kelib chiqishiga ko‘ra mayda savdogarlardan bo‘lgan. U Moskva shahridagi slavyan-yunon-lotin akademiyasida, keyin Kiyevdagi diniy akademiyada tahsil oldi. Shundan so‘ng Peterburg Fanlar akademiyasi qoshidagi universitetda o‘qidi. 1736-1741 yillarda esa Germaniyada bilim davomi…

Deni Didro (1713-1784)

Frantsuz faylasufi Deni Didro Frantsiyaning shimoli-sharqiy qismidagi Langr shahrida hunarmand oilasida dunyoga keldi. Dastlabki ta’limni 8-9 yoshida Langrdagi diniy kollejda oldi. 12 yoshida Parijdagi d‘ Arkur nomidagi diniy kollejga o‘qishga yuborildi. Kollejni tamomlagach, san’at magistri degan unvonga sazovor bo‘ldi. Otasi davomi…