Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emas. Abdulla Qahhor
Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emas.Abdulla Qahhor
Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emas.Abdulla Qahhor
Xomsemiz asar ustidan asfalt qiladigan mashina o‘tkazish kerak.Abdulla Qahhor
Odam o‘zining gunohini boshqa birovning gunohi bilan yuvmoqchi bo‘lishi chakki, chunki gunohni gunoh bilan hech qachon yuva olmaydi.Abdulla Qahhor
Tanqid yomon asar bilan kitobxon orasida dalol, shirinkomaga vijdonini sotadigan dalol bo‘lmasligi kerak.Abdulla Qahhor
Odamgarchiligi bor mard kishi o‘zidan va o‘ziniki ekanligiga hech kim tortishib o‘tirmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi.Abu Rayhon Beruniy
Ne’matning qadri u yo‘qolgandagina bilinadi.Abu Rayhon Beruniy
Odamlarning tuban darajalisi ham o‘zidan tubanroq bo‘lgan birovga egalik va raislik qilishdan xoli emas.Abu Rayhon Beruniy
Har bir yangi narsada lazzat bor.Abu Rayhon Beruniy
Bugunning chorasini ko‘rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.Abu Rayhon Beruniy
Asalarilar ham o‘z jinsidan bo‘laturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini o‘ldirib tashlaydilar.Abu Rayhon Beruniy