Qadimgi yunon faylasufi Anaksimen miletlik Evristratning o‘g‘li va faylasuf Anaksimandrning yaqin do‘sti bo‘lgan.
* * *
Anaksimen shogirdi bilan qalin daraxtzorda sayr qilib yurardi. Suhbat orasida shogirdi undan so‘rab qoldi: «Ustoz, mana siz buyuk ellinlardan saboq olgan, ko‘p yillik hayotiy tajriba orttirib, donishmandlik maqomiga erishgan insonsiz. Lekin negadir hali ko‘p narsani bilmayman, deb noliysiz. Nahotki, sizdek donishmand uchun ham yechilmagan savollar bo‘lsa bu dunyoda?» Faylasuf o‘ylanib qoldi va tayoq olib yerga ikkita doira chizdi. Bu doiralarning biri kichkina, ikkinchisi kattaroq edi. «Mana bu kichkina doira sening bilimlaring, kattasi esa meniki, — dedi Anaksimen. — Ushbu doiralardan tashqaridagi maydon esa hali biz anglab yetmagan ilmlardir. Endi bir e’tibor bergin-a, doira qanchalik kichik bo‘lsa, undan tashqaridagi maydon ham shuncha kichik, ya’ni hali biz tushunib yetmagan ilmlar kamroqdir. Doira katta bo‘lsa, buning aksi, ya’ni insonning bilim doirasi qanchalar keng bo‘lsa, bu doiraga tutash noma’lumlik maydoni ham shunchalar kengdir.