Yunonistonlik faylasuf, notiq Horgiy Sitsiliyadagi Leontin shahrida tug‘ilgan. U faylasuf Empedoklning shogirdi. 427 yildan boshlab Afina shahrida yashagan. Horgiyning quyidagi asarlari ma’lum: «Elenaga maqtovlar» (ma’ruza), «Tabiat to‘g‘risida», «Palamedni yoqlab…»
* * *
Dori-darmon jismimizga qanday ta’sir o‘tkazsa, so‘z ham ruhimizga shunday ta’sir etadi. Dorilarning ba’zisi tanadagi turli xiltlarni haydasa, boshqalari goho o‘limga sabab bo‘ladi. Xuddi shunga o‘xshash ba’zi bir notiqlar tinglovchilarni qayg‘uga botirsa, boshqalari ularga huzur-halovat, ko‘tarinkilik baxsh etadilar. Ayrim notiqlar esa insonlar qalbiga qutqu solsalar, yana birovlari tinglovchilarda mardonavorlikni jo‘sh urdiradilar. Boshqa bir toifa notiqlar yovuz so‘zlari bilan tinglovchilarni rom etib, qalblarni zaharlaydilar.
* * *
San’at odamlarni boshqa hunarlardan ko‘ra ko‘proq ishontiradi. San’at majburlash orqali emas, balki ixtiyoriy ravishda hammani o‘z quliga aylantiradi.