• Bolasiz uyda baxt bo‘lmaydi.
• Boy boshpanasiz bo‘lmaydi.
• Boshlanmagan ishga ilon o‘tiradi.
• O‘z uyasida sichqon ham botir.
• Ayiqning boshini ko‘rdingmi ― uning izini qidirma.
• Shirin taom odamni quvnatadi.
• Ho‘kizga semizlik, yigitga qotmalik yarashadi.
• Bo‘ri qaysi cho‘ponning qo‘yini o‘g‘irlash mumkinligini uning qalpog‘idan biladi.
• Qarg‘a go‘sht bor joyda aylanadi.
• Tarbiya ― bebaho boylik.
• Tabibga hamma do‘st.
• Qishloq ahlining hammasi ahmoq bo‘lolmaydi, ahmoqlar ichida aqllisi ham topiladi.
• Mushuklar yo‘q joyda sichqonlar erkin yuradi.
• Qayerda yaxshi qariyalar bo‘lmasa, yaxshi yoshlar ham bo‘lmaydi.
• Qayerga qo‘ysang, o‘sha yerdan olasan.
• Asal qayerda bo‘lsa, asalari ham o‘sha yerda.
• Qayerda shovqin ko‘p bo‘lsa, u yerda aql kam.
• Ahmoq zahirasini tez yeb qo‘yadi.
• Avval o‘ylab, so‘ng gapir, avval ko‘rib, so‘ng o‘tir.
• Mehmon tayyor, mezbon doim tayyor bo‘lavermaydi.
• Mehmon qo‘ydan ham sipo.
• Tuya ham yiliga bir marta xursandchilik qiladi.
• Suvda ikkita tosh bo‘ldimi, to‘qnashadi.
• Ikki qirg‘iy urishsa, o‘ljani qarg‘a olib qochadi.
• Ikki qichima ot ― do‘st.
• Birinchi marta tikayotgan qiz tikishni o‘rganayotgan qariyaga o‘xshaydi.
• Ayiq bo‘rini jundor deb o‘ylaydi.
• O‘nta sichqon birlashib, katta pishloqni o‘g‘irlaydi.
• Ko‘r uchun oy nur sochmaydi, bolasiz xotinning chaqalog‘i yig‘lamaydi.
• O‘lgan bo‘riga pichoq o‘qtama.
• Do‘st ― sening oynang.
• Qorin to‘q bo‘lsa, non xomga o‘xshaydi.
• Yo‘lboshchi yaxshi bo‘lsa, uning ortidagilar ham yomon emas.
• Jangchining ruhi tushsa, oti ham sakramaydi.
• Agar sutga uzoq termulsang ― unda qonni ko‘rasan.
• Bilmasang, so‘rash ayb emas.
• Seni do‘pposlaganni sen ham urmasang, u sening qo‘ling borligini bilmaydi.
• Maslahat qilishga hech kim topilmasa, qalpog‘ingni yech-da, u bilan maslahatlash.
• Agar bir erkak seni uch marta aldasa ― sen ahmoqsan, agar bir chuqurga uch marta qulasang ― sen ko‘rsan.
• Burgut qanotini hadeb qoqaversa, uziladi.
• Qalbing ko‘rmaganini ko‘zing ham ko‘rmaydi.
• Ko‘p eshitsang ― kam gapirasan.
• Bahs janjal bilan tugasa, begonalar zarar ko‘radi.
• Sen haq bo‘lsang ― kuchlisan.
• Birga yeyish maza, birga ishlash mazza.
• Ajrashmoqchi bo‘lgan ayolingni badnom qilma.
• Hasadchi baxtsiz bo‘lib qoladi.
• O‘limda ham mardlik bor.
• Jim turganda ahmoq ham aqlli.
• Aldamasa qopqon ham tutolmaydi.
• Choynakdan unda yo‘q narsa quyilmaydi.
• Yerni qanday parvarish qilsang, bahosi shuncha ortadi.
• Itingni qanday nomlasang, uni shunday atashadi.
• Kitoblar ― bilimlar kaliti.
• Qarg‘aga ko‘z berilganida qosh ham so‘ragan ekan.
• Yem oz bo‘lsa, buzoqcha to‘ymas bo‘lib qoladi.
• Yolg‘onchi rost gapirsa ham hech kim ishonmaydi.
• Bolakay yugurganida qariyaning oyog‘i og‘riydi.
• Cho‘pon ko‘p bo‘lsa, qo‘ylar harom o‘ladi.
• Daryo qariyani oqizib ketganda, u ham “oyi” deb baqirgan ekan.
• Kimning boshi chiroyli deyishganda, toshbaqa boshini chiqargan ekan.
• Kimni xo‘jayin desang, u seni quldek qabul qiladi.
• Mozorga olib borilgan odamni qaytarib olib kelishmaydi.
• Shoxsiz echki shoxim o‘smayapti-yu deb, o‘zini yoshman deb o‘ylarkan.
• Sen bilan ishi yo‘q odamga bosh og‘riqlaringni gapirma.
• Otingga va xotiningga ishonib qolma.
• Suti oz sigir boshqalardan ko‘p ma’raydi.
• Suyakni go‘sht bezaydi, badanni kiyim.
• Yirik yomg‘ir tez o‘tib ketadi.
• Otdan qo‘rqqan egardan ham qo‘rqadi.
• Tuz yegan suv ham ichadi.
• Oziga rozi bo‘lmagan, ko‘piga ham rahmat demaydi.
• Asal yegan qo‘lini ham yalaydi.
• Kim bolani boqsa, o‘sha unga ona.
• Ko‘p yashagan ko‘p biladi.
• O‘tirganingda seni ko‘rmagan turganingda ham e’tibor bermaydi.
• Aytishdan uyalmagan qilishdan ham uyalmaydi.
• Kattalarni hurmat qilmaganni boshqalar ham hurmat qilmaydi.
• Vabodan omon qolgan ichkilikdan o‘libdi.
• Kim avvalroq o‘lsa, uni oldinroq mozorga olib borishadi.
• O‘z joyini bilmagan joysiz qoladi.
• Shirin so‘z qalbni yumshatadi.
• Yaxshi qo‘zi ikki onani emadi.
• O‘rmonga va qorong‘i kechaga o‘z sirlaringni ishonma.
• Ahmoq do‘stdan aqlli dushman afzal.
• Yomon yo‘ldoshdan, yaxshi qurol afzal.
• Yoshga yo‘l-yo‘riq beradilar, qariga o‘rgatadilar.
• Erkak erkakligicha o‘ladi.
• Onasini ko‘rib, qiziga uylan.
• Tikan bor joyda tikan o‘smaydi.
• Kimning aravasida o‘tirsang, o‘shaning kuyini chal.
• O‘g‘rining umidi boshqalarning bilib qolmasligida.
• Ishdayam, yo‘lda ham sinalmagan odamni so‘kma ham, maqtama ham.
• O‘zing ichadigan suvga o‘lik itni tashlama.
• Uxlayotgan ayiqni uyg‘otma, qo‘rqmaydigan odamdan xafa bo‘lma.
• Qilichni ikki marta chiqarma, so‘zingni ikki marta qaytarma.
• Iting tishlamasligini va oting sakramasligini hech qachon gapirma.
• Yiqilgan odamdan kulma.
• Tarbiyasizlik ― tuzalmas kasallik, ahmoqlik ― chorasiz kasallik.
• Belgilanmagan muddat ― uzoq, belgilangani tez keladi.
• Qo‘l uchida ekilgan nihol qurib qoladi.
• Kechasi yaqindagi yonayotgan alangaga borma, uzoq bo‘lsa-da it hurigan joyga bor.
• Oti bor qolib, egari bor manzilga yetdi.
• Farzandsiz ota ― suyaksiz go‘sht.
• Qo‘rqqan jangchini uzoq ta’qib qilma.
• Piyoda doim chavandozdan kuladi.
• Yomon xabar tez tarqaladi.
• Yomg‘irdan so‘ng to‘nni olma.
• Onaning odatlari qiz uchun andoza.
• Mehmonning kelishi ― o‘zining ishi, ketishi ― mezbonning.
• Kalla bo‘shligi ― oyoq og‘rig‘i.
• Sigirning oyog‘i buzoqni o‘ldiradimi?
• Echkidan buzoq tug‘iladimi?
• Qilich yarasi bitadi, tilniki bitmaydi.
• Kamtarlik ― eng chiroyli kiyim.
• Go‘ngqarg‘aga bolasi chiroyli.
• Yomonlik qilib, yaxshilik kutma.
• Yolg‘onchining so‘zi qumga yozilgan kabidir.
• Itni aybsiz o‘ldirma, aybsiz ayol bilan ajrashma.
• Musobaqalashgan boyiydi, makr qilgan tarqab ketadi.
• Eski do‘st dushman bo‘lmaydi, eski dushman do‘st bo‘lib qolmaydi.
• Eski do‘st eski kumush kabidir.
• Uch kishi bilgan sir ― sir emas.
• Xola ― ona kabidir, amma ― ota kabidir.
• Qo‘rqoq oldin uradi.
• Qo‘rqoq o‘z maydonida ham qo‘rqadi.
• Kambag‘alning terisi qalin.
• Boyning iti ham maysada o‘tlaydi.
• Har ishning o‘z gali bor.
• Mehmoni ko‘pning bolalari och qolmaydi.
• Kimning ko‘ylagi temirdan bo‘lsa, unga temir igna kerak bo‘ladi.
• Kimning kamchiligi ko‘p bo‘lsa, u boshqalardan kamchilik qidiradi.
• Oyoq kiyimi qisayotgan va yeydigani kam odam ― bir xil vaziyatda.
• Kimda 1 farzand, kimda 40 ta ― hammasi qadrli.
• Yolg‘onchining bitta rosti bor edi, uniyam it yeb qo‘ydi.
• Yolg‘onning oyog‘i qisqa.
• Aqllini ko‘rolmaydiganlar ko‘p.
• Chumolining o‘limi oldidan qanoti o‘sadi.
• Kimdadir o‘nta po‘stin, boshqa o‘n kishida po‘stin yo‘q.
• Yaxshi odamning xotini yarim yo‘lda qolmaydi.
• Aqlning bahosi bo‘lmaydi, tarbiyaning ― chegarasi.
• Aql ― sharaf, boylik ― baxt.
• Eskini maqtab, yangisini ol.
• Ayyordan maslahat olma.
• Mavsum oxiridagi yaxshi havo va boyvuchcha bilan do‘stlik doimiy bo‘lmaydi.
• Yaxshi xo‘kizni buzog‘idan bilasan.
• Yaxshi qurol ― yaxshi yo‘ldosh.
• Cho‘pon ochlikdan o‘lsa, “uning qorni yog‘ bosib ketgan” deyisharkan.
• Tekinxo‘r akadan mehribon do‘st yaxshi.
• Bir qishloq to‘la qarindoshdan, har qishloqdan bitta qarindosh afzal.
• Umuman opasi bo‘lmagandan bitta ko‘r opa afzal.
• Qalbga yoqimli narsa ko‘zga ham chiroyli ko‘rinadi.
• Ko‘r nimani topsa, qattiq ushlaydi.
• Qarilar uchun aytilganini ― bajar, yoshlar uchun tayyorlanganini ― ye.
• Yaxshi qariyalar bo‘lmagan joyda yaxshi yoshlar ham bo‘lmas.
• Baxil — baxtsiz bo‘lur.
• Birgalashib ovqatlansang — lazzatlanasan, birgalashib ishlasang — xursand bo‘lasan.
Davronbek Tojialiyev tarjimasi.
Adigeylar (adige) — Shimoliy Kavkazdagi xalq, Rossiyaning Adigeya Respublikasida yashovchi tub aholi (95 ming kishi). Adigeylar Krasnodar o‘lkasining Lazareve va Tuapse tumanlarida yashaydi. Umumiy soni RFda 123 ming kishi (1992). Turkiyada ham yashaydi (5 ming kishi). Adigeylar yevropeoidlar irqiga mansub. Adigey tilida so‘zlashadi. Diniy e’tiqodiga ko‘ra musulmon-sunniylar.