Savdogarlardan biri, tijorat ishlarida ming dinor zarar ko‘rdi. Yonida o‘g‘li ham bor edi. O‘g‘liga:
–Tinchlan… dedi. –Buni birovga ayta ko‘rma!
O‘g‘li:
–Xo‘p, ota! dedi. –Aytmayman. Ammo yashirganingizni foydasini ayting menga.
Otasi javob berdi:
–Toki falokat ikkitaga ko‘paymasin!
O‘g‘il so‘radi:
–Bu nima degani?
Otasi:
–Birinchi falokat, sarmoyaning ozayishi; ikkinchi falokat qo‘shnining xursand bo‘lishi. Donolar aytganki, “Dardingni dushmanlarga aytma. Quvona- quvona chohga tortadilar”.
Hikmat
Dardingizni dushmanga aytib undan yaxshilik kutmang. Yuzingizga qarab ranjisa ham, aslida ich-ichidan sevinayotgan bo‘ladi.
“Guliston”dan
Kavsar Shodiyeva tarjimasi