Din imomi, ilohiy ma’nolar dengizi Junayd bir kecha Bag‘dodda va’z aytar edi. Uning so‘zlarining salmog‘i va teranligidan osmon past bo‘lganday, quloq solib hayratga tushayotganday edi. Shayxlar shayxi Junayd hazratlarining bir yosh o‘g‘loni bor edi, uning kamoli, shirinligi odamlar qalbiga orom bag‘ishlardi.
Shayx Bag‘dodda va’z aytayotgan o‘sha kechada o‘g‘lining boshini kesib, xoru zor holda keltirib, yig‘ilganlar oldiga tashladilar. Poktiynat Junayd buni ko‘rib indamadi va jamoatga yuzlanib dedi:
– Qadimu azal, abadu ahad asroridan qaynatgan qozonimdagi taom bu kecha pishipti, uning oshini ham ko‘rdingizlar. Haq yo‘lidagi qurbonim – shu, bundan ortiq ham, kam ham emas».
Fariduddin Attorning “Mantiqut-tayr”idan.