Xirqa kiygan va nomdor bir shayx it boquvchi sohibjamol qizni ko‘rib, oshiqu beqaror bo‘ldi. Shu dilbar ishqida holi zabunlashdi. Dili daryo mavjiday qonga to‘ldi. Shayx u go‘zalning jamolini ko‘rish umidida kechasi yor ko‘chasidagi itlar orasiga qo‘shildi.
Kizning onasi bu sirdan ogoh bo‘ldi. Shayxni o‘z huzuriga chaqirib, dedi:
– Ey shayx, diling gumroh bo‘ldi. Agar bo-shingda shu havas bo‘lsa, menga itboqar bo‘lib xizmat qilasan. Bir yildan so‘ng seni mehmon qilib, qizimni nikohlab beraman.
Shayxning u qizga ishqi sira pasaymadi, xirqasini tashlab, itboqarlik choponini kiydi va bu ishga bel bog‘ladi. Itlarni boqib, bozorga olib bordi. Bu ishda va qiz ishqida necha yillar o‘tganini bilmay qoldi.
Shayx bilan hamnafas bir so‘fiy do‘sti bor edi. O‘sha so‘fiy shayxga ta’na-dashnom berib, dedi:
– Sen uch yil itboqarlik qilding, mardlarning mardi bo‘dding. Endi bu ishni bas qilsang bo‘lardi.
Shayx dedi:
– Ey g‘ofil, qissadarozlik qilma (ko‘p gapirma), bu qissa pardasi ortida ne sir-asror borligini faqat Haq taolo biladi. Bu ishlarning hammasi sening ham boshingga tushib qolishi mumkin, shunda ta’nalaring o‘zingga qaytadi. Itlar mening qo‘limdan sening qo‘lingga o‘tadi. Bu ishq haqida dilimdagi dardlarni aytsam, gap qo‘payatsi. Dilim qonga to‘lganini aytsam yetarli. Behuda gaplardan ko‘ra, sirlar daryosidan bir marta ichsangiz, mening dardlarimdan ogoh bo‘lasiz…
Fariduddin Attorning “Mantiqut-tayr”idan.