Korizda ishlovchi bir kambag‘al odam bor edi. U bug‘doyini tegirmonga olib borib, un qilib kelish uchun qo‘shnisining eshagini so‘rab oldi. Tegirmonga borgandan keyin yukni tushirib, eshakni tashqarida qoldirdi, o‘zi esa kech bo‘lgach uxlab qoldi.
Shu payt bo‘ri kelib eshakni yeb ketdi. Eshak egasi kambag‘aldan undan tovon to‘lashni talab qildi. Biroq eshakni omonatga olgan odam: eshagingni bo‘ri yedi, bo‘ridan tovon talab qil deb turib oldi.
Ikkalasi janjallashib yugurib mirob — korizlar bosh-lig‘i oldiga keldilar va voqeani aytib, tovonni kim to‘lashi lozimligini so‘radilar. Mirob dedi:
– Kimki bu och bo‘rini sahroga qo‘yib yuborgan ekan, albatta tovonni o‘sha to‘lashi kerak. Ikkovlaring ham tovonni O‘shandan talab qilinglar. Axir u yaratadi va nobud qiladi, yuz minglab qo‘y va eshaklar-ning bo‘riga yem bo‘lishini u amr etadi. Bo‘rini yaratgan Uning o‘zi ekan, bu nogahon balolardan ham U qutqaradi. E Rab, U ajoyib tovonlar to‘laydi, ammo U qilgan ishga bandalar tovon to‘lamaydi.
Misr ayollarini ko‘rdingmi, ne holatga tushdilar, chunki ular Yusufning jamolini ko‘rgan edilar. Agar bir devona podsho davlatxonasidan baxt topsa, holati o‘zgarsa, hech ajablanma. Shu holatda devona o‘zligini yo‘qotadi, orqa-oldi, pastu baland, boru yo‘qning farqiga borolmaydi, hatto ko‘z solib qarashga ham holi yetmaydi. Bu holatda devona faqat Undan so‘zlaydi, Unga so‘zlaydi, xolos. Nimaiki xohlasa, Undan xohlaydi, U bilan istagi bitadi.
Fariduddin Attorning “Mantiqut-tayr”idan.