Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik (1975-1985)

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 19 jildlik. 1-jild: She’rlar (1922-1935). T.: «Fan», 1975.

Izohlar bilan nashrga tayyorlovchilar: Naim Karimov, G‘affor Mo‘minov
Mas’ul muharrirlar: Homil Yoqubov, Zarifa Saidnosirova

Mazkur nashrning 1 va 2-tomlari Oybekning lirik poeziyasiga bag‘ishlandi. Oybek she’rlarini ikki tomga ajratishda shoir ijodining shakllanish va taraqqiyot bosqichlari e’tiborga olindi. O‘z vaqtida Oybekning she’riy to‘plamlariga kiritilgan tarjimalar mazkur nashrning 18 va 19-tomlariga «ko‘chirilajagi» sababli bu tomlardan o‘rin olmadi.
Oybek asarlarining alifbo tartibidagi umumiy ko‘rsatkichi ushbu nashrning so‘nggi tomida, 1 va 2-tomlardan joy olgan she’rlarining ko‘rsatkichi esa 2-tomning oxirida berildi.

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 19 jildlik. 2-jild: She’rlar (1936-1968). T.: «Fan», 1975.

Izohlar bilan nashrga tayyorlovchilar: Naim Karimov, G‘affor Mo‘minov
Mas’ul muharrirlar: Homil Yoqubov, Zarifa Saidnosirova

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 19 jildlik. 3-jild: Dostonlar. T.: «Fan», 1976.

Izohlar bilan nashrga tayyorlovchilar: Homil Yoqubov, Gulyoz Yoqubova
Mas’ul muharrir: Murod Ibrohimov

Oybek asarlari to‘plamining uchinchi va to‘rtinchi tomida shoirning dostonlari berildi. Bu dostonlar matni (teksti) shoir shaxsiy arxivida saqlanayotgan avtograf (arab alifbosida yozilgan) qo‘lyozmalar va bosilib chiqqan nashrlar asosida tayyorlandi. Shoir hayot vaqtida e’lon qilingan dostonlarning eng so‘nggi nashri tayanch matni sifatida qabul qilindi. Jumladan, G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti tomonidan chop etilgan o‘n tomlik Oybek asarlari to‘plamining ikkinchi tomiga (1968) kiritilgan dostonlar ham shunday tayanch matn shaklida tanlandi. Ayrim parchalarigina e’lon qilinib, haligacha to‘la bosilib chiqmagan dostonlar («Bo‘g‘ovlar uzilganda», «Haqgo‘ylar») matni bevosita yozuvchi oqqa ko‘chirgan avtografdan olindi.
Har bir doston uchun asos qilib olingan tayanch matn qoralama va oqqa ko‘chirilgan qo‘lyozmalar bilan sinchiklab solishtirildi, avtografga kiritilgan tuzatishlar va birinchi bosma nashrdagi o‘zgartirishlar o‘rganildi, ayrim dostonlar («O‘ch», «Temirchi Jo‘ra», «Baxtigul va Sog‘indiq»)ning mustaqil variantlari mavjudligi aniqlandi, qulyozmalar va bosma nashrlar o‘rtasidagi tafovutlar va tahrirlar ko‘rsatildi. Shu tariqa jiddiy tekshirilgan ilmiy matnga erishildi.
Matndagi barcha o‘zgarishlar, farqlar kitobning «Variantlar» bo‘limida berildi.
Yozilish xronologiyasi (sanasi)ga ko‘ra «Dilbar— davr qizi», «O‘ch», «Temirchi Jo‘ra», «Baxtigul va Sog‘indiq», «O‘rozning baxti», «Cho‘pon qo‘shig‘i», «Qahramon qiz», «Gulnoz», «Navoiy», «Kamonchi», «Qizlar», «Hamza» dostonlari uchinchi tomga, «Haqgo‘ylar», «Zafar va Zahro», «Bobom», «Davrim jarohati», «Mahmud Torobiy», «Guli va Navoiy» dostonlari esa to‘rtinchi tomga kiritildi.
Oybekning shaxsiy arxivida «Bobir» va «Temur» nomli chala ishlangan, tugallanmagan dostonlar ham saqlanmoqda. Bu ikki doston Oybek «Mukammal asarlar» to‘plamining maxsus tomi («Chala ishlangan va tugallanmagan asarlar»)da beriladi.

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 19 jildlik. 4-jild: Dostonlar. T.: «Fan», 1976.

Nashrga tayyorlovchilar: Homil Yoqubov, Gulyoz Yoqubova
Mas’ul muharrir: Murod Ibrohimov

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 19 jildlik. 5-jild: Qutlug‘ qon. Roman. T.: «Fan», 1976.

Izohlar bilan nashrga tayyorlovchilar: Axbor Abrorov, Murod Ibrohimov
Mas’ul muharrir: Homil Yoqubov

Atoqli adib Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning birinchi romani —«Qutlug‘ qon» alohida kitob shaklida 7 marta nashr etilgan. Asosiy matn sifatida muallif hayotligi paytida chop etilgan eng so‘nggi, 6-nashr (Oybek. «Qutlug‘ qon». Roman, «Toshkent» badiiy adabiyot nashriyoti — 1966) tanlandi.
Romanning qo‘lyozmasi yozuvchining shaxsiy arxivida saqlanmagan. U boshqa arxivlardan ham topilmadi. Asar qo‘lyozmasidan faqat 18 sahifa (552—570-betlar)gina adibning shaxsiy arxivida saqlanib qolgan. Lekin roman matnining mashinkada ko‘chirilgan nusxasi saqlangan. Asarning qisqartirilgan matni «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» jurnalida (1940) chop etilgan. Bular va romanning hamma nashrlari asosiy matn bilan solishtirilib, hamma o‘zgarishlar akademik nashr printsiplari asosida ko‘rsatildi.

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 19 jildlik. 6-jild: Navoiy. Roman. T.: «Fan», 1976.

Izohlar bilan nashrga tayyorlovchilar: Sharafiddin Eshonxo‘jayev, Sohiba Irishojiyeva
Mas’ul muharrirlar: Homil Yoqubov, Zarifa Saidnosirova

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek «Mukammal asarlar to‘plami»ning VI tomidan adibning barkamol badiiy asarlaridan biri — «Navoiy» romani joy oldi. Ulkan so‘z san’atkorining nomini jahon mihyosida tanitgan bu asar bir necha marta o‘zbek va rus tillarida hamda qozoq, turkman, ukrain, latish, litva, eston kabi hardosh xalqlar tillarida nashr etildi, uyg‘ur, chex, slovak, polyak, frantsuz singari hator xorijiy xalqlar tillariga tarjima qilindi.
Realistik proza sohasida shakllangan badiiy an’analarga ega bo‘lmagan o‘zbek sovet adabiyotida «Qutlug‘ qon» va «Navoiy» kabi romanlarning paydo bo‘lishi faqat milliy ahamiyatgagina ega bo‘lib qolmay, balki, A. Fadeev ta’biri bilan aytganda, jahon prozasining ham ajoyib hodisasiga aylandi. Shuning uchun ham «Navoiy» romani faqatgina o‘zbek adabiyotshunoslarining emas, balki rus va boshqa qardosh olimlarining ilmiy tadqiqotlari va adabiy-tanqidiy maqolalari uchun tekshirish ob’ekti bo‘lib keldi.
«Navoiy» romani to‘g‘risida o‘zbek, rus va boshqa qardosh tillarda o‘nlab gazeta va jurnal maqolalari, risolalar, dissertatsiya ishlari yozildi. Bu ishlarda asarning g‘oyaviy-badiiy va til xususiyatlari chuqur va atroflicha tahlil etildi.
Oybek «Mukammal asarlar to‘plami»ning ushbu tomida «Navoiy» romanining barcha mavjud qo‘lyozma va bosma nusxalari bilan ilmiy negizda chop etilishi Umuman Oybek ijodi bo‘yicha, xususan mazkur roman bo‘yicha olib borilgan va olib borilayotgan ilmiy ishlarning yangi yo‘nalishda davom etishiga imkoniyat tug‘diradi. Zotan, mazkur tomda «Navoiy» romanining yaratilishi bilan bog‘liq masalalar, asarning qo‘lyozma nusxalaridagi farqlar, adibning romanning bosma nashrlari ustida olib borgan tahrir ishlari — xullas uning ijodiy laboratoriyasi birinchi marta butun to‘laligi bilan inkishof etilmoqda.
Mazkur tom uch bo‘limdan:
1) roman matnidan;
2) romanning qo‘lyozma nusxalari va bosma nashrlari uchun xarakterli bo‘lgan variant va farqlardan hamda
3) izoh va sharhlardan iborat.
Mazkur tomni tayyorlashda romanning adib hayotligida chop etilgan so‘nggi nashri (Oybek. Tanlangan asarlar (to‘rt tomlik), 3-tom, «Navoiy» (roman), T., O‘zadabiynashr, 1957) asar matni uchun tayanch nusxa qilib olindi.
Romanning tayanch nashrini uning boshqa qo‘lyozma va bosma nusxalari bilan solishtirish asnosida aniqlangan ayrim noo‘rin tuzatishlar, xatolar asar matnida tuzatilib bosildi. Asarning dastlabki avtograf nusxasi (birinchi bob) romanning qoralama nusxasidan va bosma nashrlaridan jiddiy farq etgani sababli to‘la holda e’lon qilindi.
Nihoyat, «Izohlar» bo‘limida romanning yaratilish va nashr etilish tarixiga oid materiallar berildi hamda asarda uchragan tarixiy shaxslar va geografik atamalar sharhlandi.
«Navoiy» romanini nashrga tayyorlash va izohlarni tuzishda filologiya fanlari foktori S. Mirvaliyev, ilmiy xodimlardan R. Ibrohimova va A. Sharipova o‘rtoqlar qatnashdilar.

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 19 jildlik. 7-jild: Oltin vodiydan shabadalar. Roman. T.: «Fan», 1976.

Izohlar bilan nashrga tayyorlovchilar: Naim Karimov, Osim Boqiyev
Mas’ul muharrirlar: Zarifa Saidnosirova, G‘affor Mo‘minov

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 19 jildlik. 8-jild: Quyosh qoraymas. Roman. T.: «Fan», 1977.

Izohlar bilan nashrga tayyorlovchilar: Habiba Qurbonova, Sharofiddin Eshonxo‘jayev
Mas’ul muharrirlar: Zarifa Saidnosirova, Naim Karimov

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 19 jildlik. 9-jild: Ulug‘ yo‘l. Roman. T.: «Fan», 1977.

Izohlar bilan nashrga tayyorlovchilar: Malohat Abdurahmonova, Bosim Sayimov
Mas’ul muharrir: Murod Ibrohimov

Atoqli so‘z san’atkori Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekiing mashhur romani «Qutlug‘ qon»ning bevosita davomi bo‘lgan «Ulug‘ yo‘l» asari alohida kitob shaklida ikki marta (1967 va 1973 yillarda) nashr etilgan.
Mazkur nashr uchun tayanch matn sifatida romanning muallif hayotligida chop etilgan nashri (Oybek. «Ulug‘ yo‘l», Roman, Toshkent, G‘. G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1967) tanlandi.
Romanning Oybek aytib Zarifaxonim Saidnosirovaga yozdirgan qo‘lyozmasi adibning shaxsiy arxivida saqlanmoqda. Qo‘lyozma orasida mashinkada ko‘chirilgan sahifalar ham mavjud. Bular (304—329, 384—415-betlar) qo‘lyozmani mashinkada ko‘chirish paytida yo‘qolgan sahifalari o‘rniga qo‘yilgandir. Romanning to‘liq matni «Sharq yulduzi» jurnalining 1967 yildagi 4, 5, 6, 7, 8-sonlarida bosilgan.
Roman 1973 yilda Oybek 10 tomlik asarlarining 8-tomi sifatida nashr etildi. «Ulug‘ yo‘l» romanining qo‘lyozmasi, jurnalda chop etilgan matni va keyingi nashri tayanch matn bilan yeolishtirilib, o‘zgarishlar akademik nashr printsiplari asosida ko‘rsatildi.
Matnlarni solishtirishda O‘zSSR FA A. S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti «O‘zbek sovet adabiyoti tarixi» sektorining xodimlari J. Jumaboyeva, R. Ibrohimovalar yordamlashdilar.

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 19 jildlik. 10-jild: Shonli yo‘l. Kinoqissa. Nur qidirib. Qissa. T.: «Fan», 1977.

Izohlar bilan nashrga tayyorlovchilar: G‘affor Mo‘minov, Bahodir Sarimsoqov, Ra’no Xo‘jayeva
Mas’ul muharrir: Naim Karimov

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 19 jildlik. 11-jild: Bolalik. Alisherning bolaligi. Qissalar. T.: «Fan», 1977.

Izohlar bilan nashrga tayyorlovchilar: Murod Ibrohimov, Axbor Abrorov («bolalik»), Ibrohim Mirzayev («Alisherning yoshligi»)
Mas’ul muharrir: Murod Ibrohimov

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 19 jildlik. 12-jild: Hikoyalar, ocherklar, kundaliklar, pamfletlar, nutqlar. T.: «Fan», 1978.

Izohlar bilan nashrga tayyorlovchilar: Mamasodiq Husainov, Zarifa Saidnosirova
Mas’ul muharrir: Murod Ibrohimov

Mazkur tom badiiy so‘z sehrgari Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek adabiy merosidan asosan uning publitsistikasini jamlaydi. Adibning boshqa qalamkashlar bilan faxrli hamkorlikda imzosi bo‘lgan kollektiv avtorligidagi bosma asarlar tomga kiritilmadi.
Materiallarning tayanch manbalari ham har xil. Masalan, adibning «Front bo‘ylab», «Pokiston taassurotlari» asarlariga G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotining 1971—1972 yillardagi Oybek asarlari o‘n tomligi oltinchi va yettinchi tomlarining bosma nusxalari tayanch matn qilib olingan bo‘lsa, yozuvchi maqolalari, ocherklari, pamfletlari, tabriklariga esa, ayni materiallar chop etilgan jurnal yoki gazetalarning sonlari asosiy matn sifatida olindi. Bular yozuvchi shaxsiy arxividagi mavjud oqqa ko‘chirilgan qoralama avtograflarga, keyingi barcha nashrlariga, adibning rafiqasi, professor — kimyogar Zarifaxonim Saidnosirovaga adib tomonidan aytib yozdirilgan nusxalariga solishtirildi.
Oybekning shaxsiy arxivida matbuot yuzini ko‘rmagan «Asaka safari materiallari», «Xalq—qahramon» «Pokiston yo‘lida» va boshqa kichik hajmli materiallari, SSSR va O‘zSSR Oliy Sovetlari deputati sifatida saylovchilar bilan uchrashuvlardagi nutqlari jamoatchilikka birinchi marta havola etildi.

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 19 jildlik. 13-jild: Adabiy-tanqidiy maqolalar (O‘zbek adabiyoti tarixi masalalari). T.: «Fan», 1979.

Izohlar bilan nashrga tayyorlovchilar: Zarifa Saidnosirova, Baxtiyor Nazarov, Nu’mon Rahimjonov
Mas’ul muharrir: Sodir Erkinov

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 19 jildlik. 14-jild: Adabiy-tanqidiy maqolalar (O‘zbek adabiyoti, rus adabiyoti va boshqa qardosh xalqlar adabiyoti masalalari). T.: «Fan», 1979.

Izohlar bilan nashrga tayyorlovchilar: Homil Yoqubov, Jumagul Jumaboyeva
Mas’ul muharrir: Homil Yoqubov

Oybek mukammal asarlar to‘plamining o‘n to‘rtinchi tomiga yozuvchining sovet adabiyotini o‘rganishga bag‘ishlangan adabiy-tanqidiy maqolalari, tadqiqotlari kiritildi. Ularning matni turli yillarda vaqtli matbuotda e’lon qilingan nashrlar hamda yozuvchi shaxsiy arxivida saqlangan qo‘lyozmalar (Oybek yoki uning rafiqasi Zarifaxonim dastxatlari) asosida tayyorlandi.
Tomga kiritilgan tadqiqot va maqolalar uchun G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti tomonidan chop etilgan o‘n tomlik Oybek asarlarining IX tomida (Oybek, Asarlar, 10 tomlik, 9-tom, G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, Toshkent, 1974. Bundan keyin «Oybek X tomligi»ning IX tomi deb yoziladi) bosilgan tanqidiy va ilmiy asarlar yoki yozuichi barhayot vaqtida matbuotda e’lon etilgan nashrlar matni tayanch matn sifatida qabul qilindi. Tayanch matn mavjud bosma nusxalar va qo‘lyozmalar bilan (agar ular yozuvchi shaxsiy arxivida saqlangan bo‘lsa) solishtirildi. Barcha farqlar kitobning «Variantlar» bo‘limida ko‘rsatildi. Tom zarur izohlar va tushuntirishlar bilan ta’minlandi. Matnning qisqartirilgan o‘rinlariga uch nuqta qo‘yildi. Tomning asosiy matni ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘lim «Adabiy-tanqidiy maqolalar», ikkinchi bo‘lim «Adabiy lavhalar» deb nomlandi va ular yozilish sanasiga ko‘ra xronologik tartibda berildi. Faqat Oybekning «Qisqacha tarjimai holim» deb nomlangan avtobiografiyasi (yozuvchi asarlari 10 tomligining 1-tomida bosilgan) va «O‘zbek poeziyasining tarixiy taraqqiyoti to‘g‘risida» degan, «O‘zbek poeziyasining antologiyasi» kitobida (1948) so‘zboshi o‘rnida bosilgan tadqiqoti bundan mustasno. Bu tadqiqot mazmuni Oybek mukammal asarlar to‘plamining o‘n uchinchi tomidagi ilmiy tekshirishlarning tarixiy va mantiqiy davomi bo‘lganligi hamda o‘ebek poeziyasining klassik adabiyot va xalq og‘zaki poetik ijodi bilan bevosita bog‘liqligini ifodalaganligi sababli birinchi o‘ringa qo‘yildi.
Tom oxirida esa rasmlar ro‘yxati va maqolalar ko‘rsatkichi ilova qilindi.
Tomni nashrga tayyorlashda, ayrim bosma nusxalarni qiyoslashda o‘zbek sovet adabiyoti sektorining kichik ilmiy xodimi A. Sharipova va katta laboranti T. Mo‘minova yordamlashdi.

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 19 jildlik. 15-jild: Yevropa adabiyotidan tarjimalar. T.: «Fan», 1980.

Izohlar bilan nashrga tayyorlovchilar: Mashhura Sultonova, Ninel Vladimirova, Sharofiddin Eshonxo‘jayev, Zarifa Saidnosirova («Tartyuf»)
Mas’ul muharrir: Naim Karimov

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 19 jildlik. 16-jild: Rus klassik adabiyotidan tarjimalar. T.: «Fan», 1980.

Izohlar bilan nashrga tayyorlovchilar: Mashhura Sultonova, Ninel Vladimirova, Sharofiddin Eshonxo‘jayev, Ra’no Ibrohimova
Mas’ul muharrir: Naim Karimov

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 19 jildlik. 17-jild: Rus adabiyoti va SSSR xalqlari adabiyotidan tarjimalar. T.: «Fan», 1981.

Izohlar bilan nashrga tayyorlovchilar: Mashhura Sultonova, Ninel Vladimirova, Zarifa Saidnosirova, Ra’no Ibrohimova
Mas’ul muharrir: Naim Karimov

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 19 jildlik. 18-jild: Publitsistika va adabiyotshunoslikka oid asarlar. Tugallanmagan asarlar. Materiallar. T.: «Fan», 1981.

Izohlar bilan nashrga tayyorlovchilar: Zarifa Saidnosirova, Naim Karimov, Ra’no Ibrohimova
Mas’ul muharrir: Naim Karimov

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 19 jildlik. 19-jild: Rus tilida yozilgan publitsistik va adabiy-tanqidiy maqolalar. T.: «Fan», 1982.

Izohlar bilan nashrga tayyorlovchilar: Omon Toshmuhamedov, Ra’no Ibrohimova
Mas’ul muharrirlar: Ninel Vladimirova, Naim Karimov

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. Qo‘shimcha 20-jild: Rus tilida yozilgan asarlar. Maqolalar. Nutqlar. Taqrizlar. T.: «Fan», 1985.

Oybek «Mukammal asarlar to‘plami»ning ushbu, qo‘shimcha tomiga adibning kam ma’lum bo‘lgan va e’lon qilinmagan adabiy-tanqidiy maqolalari, nutqlari hamda taqrizlari kiritildi. A. I. Deych bilan hamkorlikda yozilgan «Alisher Navoiy» adabiy-tanqidiy ocherki hamda tugallanmay qolgan «Xalq qalqoni» pesasining mavjud parchalari ham ushbu tomdan joy oldi. Mazkur tomga kiritilgan barcha materiallar Oybek tomonidan rus tilida yozilgan.