Tohir Malik. Kimga mazza? (hajviya)

YO‘QQULOBOD  HANGOMALARI “Yo‘qqulobod” deganlari qayda ekan, deb bosh qotirmang. Bunday kichkinagina mamlakatning qayerda joylashganini o‘zimiz ham yaxshi bilmaymiz. Ehtimol, bizning qit’amizdadir, balki o‘zga sayyoradadir? Shu keyingisi to‘g‘riroq bo‘lsa kerak. Chunki o‘n sakkiz ming olam orasida biznikiga o‘xshagan yana bitta sayyora davomi…

Tohir Malik. 112-qabr (hajviya)

(uch hangomadan iborat dahshatsiz bayon) Omma, ko‘p g‘ashimga tegding-da, sen bola. Nechun qitmirlik qilayotganingni bilib turibman. Sen meni ko‘rolmaysan. Do‘xtirlar seni aperaysa qilib, qorningni ochganida “bu bolaning ichi qorami yo yo‘qmi?” deb so‘rasam bo‘larkan. Shoqos itbozning iti bolalagan kuni men davomi…

Tohir Malik. O‘zimizning futbol (hajviya)

Hah! Sen bola “ustoz ekanman”, deb o‘zingdan ketavurma. O‘zimam u-bu narsani eplayturg‘on bo‘lub qoldum, akovsi jonidan! Ashula bozoridan riportaj aytgonimdin so‘ng futbolning idorasidan bir amaldor kelub, “bizlarni ham bir maxtab yozsangiz-chi”, deb yalindi. “Nimangni maxtayman, bachalaring futbol o‘ynashni bilmasa, to‘pni davomi…

Tohir Malik. Ikki Afandi (hajviya)

Hoy, bola, sen kecha choyxonamizga kimlarni boshlab kelding? “Bunlar yozg‘uvchi oshnalarim, hatto hajv ham yozurlar dedingmi?  Men hajvchi deganda Julqunboy tog‘amni tanir erdim. Ularing g‘alat-ku? Poyma-poy gaplaridan, hingir-hingir kulishlaridan oyog‘imning qitiqi keldi-da, omma lokigin, saning hurmatingni qilub indamadim. Uchta gaznit davomi…

Isajon Sulton. Qo‘riqchi (hikoya)

“…Meni shu o‘ldirdi, shu!..”Sami Renchber Keng, hayhotday dalaning qoq o‘rtasida qo‘riqchi qaqqayib turar edi. Uzoqdan qaralsa odamga o‘xshab ko‘rinardi. Ustiga eski-tuski, yirtilib uvadasi chiqqan paxtalik kiydirilgan, boshida quloqchini ham bor. Oyoq-qo‘llariga bir nimalar osib qo‘yilgan, ular quyoshda yiltirab, shabadada qo‘rqituvchi davomi…

Isajon Sulton. Do‘st (hikoya)

Senu men tengdosh edik, do‘st. O‘tloqlarda o‘ynar edik. O‘shanda… rosa chopar edik-da. Oyog‘imiz ostida quyun o‘ralashardi. Qirda shamoldan o‘zib ketardik. To‘kilgan o‘rik gullari chopishimizdan paydo bo‘lgan shiddatlarda yerdan ko‘tarilib, uchib-uchib yana yerga qayta qo‘nardi. Dunyo biz uchun mana shu kichkina davomi…

Safar Kokilov. Bir majlisda (hajviya)

Bir do‘stim gapirib berdi.Bo‘lim boshlig‘imizning momosi o‘lib qolib, janozasiga ketar chog‘i mendan iltimos qildi. – Akajon, iltimos, kechqurun mening o‘rnimdan hokimiyatda bo‘ladigan majlisga qatnashib kelsangiz. -Biron narsa so‘rab qolmaydimi?-He, sizdan hech narsani so‘ramaydi. Bizda ish yaxshi ketyapti. Faqat yo‘qlama vaqti davomi…

Safar Kokilov. Tavsifnoma (hajviya)

Kichkina xonada baqaloq, tepakal, ko‘zoynakli odam-kasaba uyushma raisi nimanidir yozib-chizib o‘tiribdi. Oldiga och sariqdan kelgan, o‘rta bo‘yli, sochlariga oq oralagan, kichkina qorinchasi bor odam asta salom berib kiradi. Rais bosh ko‘tarmay so‘raydi:-Xo‘sh xizmat?!-Tafsifnoma bersangiz degan edim. Tez olib kel deyishyapti.– davomi…