Rojiy Xo‘qandiy (1871-1924)

Rojiy, Sulaymonqul usta Suyarqul o‘g‘li (1871 — Qo‘qon — 1924.11.11) shoir, xattot. Qo‘qon madrasalarida tahsil ko‘rgan. Rojiy ishqiy g‘azallar, satirik she’rlar, ta’rixlar yozgan. Ularda samimiy muhabbat ulug‘langan, 1-jahon urushi voqealari aks etgan, insonning jamiyatda tutgan o‘rni va qadr-qimmatiga baho berilgan. davomi…

G‘urbat (1850/53-1918)

G‘urbat (taxallusi; asl nomi Abdulla Maxdum Karimberdi o‘g‘li) (1850/53 — Farg‘ona viloyati Beshariq tumani — 1918) — shoir. Qo‘qonda Muhammad Alixon madrasasida o‘qigan. O‘zbek va tojik tillarida diniy-tasavvufiy va dunyoviy mavzularda ijod qilgan. Asarlarining katta qismini lirik g‘azallar tashkil etadi. davomi…

Pisandiy (1816-1918)

Avazmuhammad Yormuhammad o‘g‘li Pisandiy 1816 yilda Qo‘qondagi Mulla Boshmon mahallasida tug‘ilgan. U yoshligidanoq ota kasbi kosibchilik (atlas to‘qish)ni egallaydi, dastlab mahalla domlasida, so‘ng Qo‘qondagi Oxun devon madrasasida ta’lim oladi. U o‘zbek va fors tojik adabiyoti klassiklarining merosini o‘rgandi va har davomi…

Vola (1770-1842)

Vola (taxallusi; asl ismi Eshonxo‘ja Mirinoyatullo o‘g‘li) (1770 — Samarqand viloyati Ishtixon tumani — 1842) — o‘zbek shoiri. Vozehning «Suhbatdoshlar tarjimai holidan do‘stlarga tuhfa» tazkirasida keltirilishicha, Vola tug‘ma ko‘zi ojiz bo‘lgan. Shunga qaramay u turkiy va forsiy tillarda ijod qilgan. davomi…

Vafoiy (XVII-XVIII asr)

Vafoiy XVII asrning oxiri, XVIII asr boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan shoirdir. Hozirgacha uning devoni topilgani yo‘q. Munis Xorazmiy o‘zining «Firdavsul-iqbol» asarida Vafoiy ijodiga yuksak baho beradi.Munisning aytishicha, Vafoiy iste’dodli shoir bo‘lish bilan birga naqqosh va.yaxshi binokor usta me’mor ham davomi…

Ma’dan (1762-1838)

Ma’dan – Odinamuhammad Avazmuhammad o‘g‘li (1762, hozirgi Tojikiston Asht tumani — 1838) — shoir. Kamina taxallusi bilan she’rlar yozgan. She’riyatdagi shuhrati butun Qo‘qon xonligiga tarqalgan. Madalixon taklif qilganda, shoir saroyga borishdan bosh tortadi. Ma’dan she’rlaridan devon tuzgan, bir qancha she’rlari davomi…

Poshshoxoja (1480-1547)

Poshshoxoja, Poshshoxo‘ja Abdulvahobxoja o‘g‘li, Xoja (1480, Niso — 1547, Buxoro) — shoir, davlat arbobi va yirik ulamo. Otasi — Abdulvahobxoja Sulaymonxoja o‘g‘li o‘z davrining yirik tasavvuf shayxi va shoiri bo‘lgan. Poshshoxoja Niso va Marv madrasalarida tahsil olgan. Muhammad Shayboniyxon qozoq davomi…

Nishotiy (XVIII asr)

Muhammadniyoz Nishotiy (18-asr, Xorazm) — shoir. Xiva madrasalarida o‘qigan. Xorazm xonligida siyosiy ahvol og‘irligi tufayli Nishotiy Buxoroga kelgan, g‘ariblik va muhtojlikda yashagan. Adabiy merosi «Husnu Dil» dostoni, «Qushlar munozarasi» manzumasi hamda 1500 misra she’r — 38 g‘azal, 14 muxammas, 1 davomi…

Haydar Xorazmiy (XIV-XV asr)

Haydar Xorazmiy (14-asrning oxiri — Xorazm — 15-asrning 1-yarmi) — shoir. O‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalaridan biri. Hayoti va ijodi haqida ma’lumot Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro», Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois», «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarlari hamda o‘zining «Mahzan ul-asror» dostonida berilgan. Haydar Xorazmiy davomi…

Bayramxon (1500/05-1591)

Bayramxon (asl ismi Muhammad Bayramxon ibn Sayf Alibek) (? — 1561.1.2) — boburiylar davri siyosiy arboblaridan, shoir. Akbarjon otalig‘i. Turkmanlarning qora qo‘yunli urug‘idan. Yoshligida Badaxshonda boburiylar xizmatiga kiradi. 1534 yili muhrdorlik mansabiga tayinlanadi. 1540 yili Shershoh isyoni sababli Humoyun bilan davomi…