Omon bilan Yomon

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda ikki do‘st bo‘lgan ekan. Birining ismi Omon, ikkinchisining ismi Yomon ekan. Ularning ikkalasi ham oilali, bola-chaqali ekan.Omon to‘g‘ri so‘z, kamtar, rahmdil ekan. Yomon esa, yolg‘onchi, baxil ekan, do‘sti Omonning baxtini hech ko‘rolmas davomi…

Usmon bilan Yoqub

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bitta chol yashagan ekan. Uning ikkita o‘g‘li bor ekan. Kattasining ismi — Usmon, kichigining ismi Yoqub ekan.Chol:— O‘g‘illarim, men endi qarib qoldim, endi ro‘zg‘or ishi o‘zlaringga qoldi, borib yerni haydab kelinglar, — davomi…

Qizg‘anchiq it

Bir it bor ekan, juda qizg‘anchiq ekan.Bir kun shu it sheriklari bilan talashib kattakon bir suyakni olib qochibdi. Suv ustidagi yakka cho‘pdan o‘tayotsa, suvda bir it og‘zida katta suyak tishlab, ko‘zlarini olaytirib, itga tikilib turgan emish,It:— Ir-ir-ir, — deb tishini davomi…

Qozi

O‘tgan zamonda bir er-u xotin bo‘lgan ekan, Ular bir-birlari bilan juda ahil yashar ekanlar, uylarida qo‘y-echkilari va tovuqlari ko‘p ekan. Ro‘zg‘orlari but, o‘zlariga to‘q yashashar ekan.Nima bo‘libdi-yu, er-xotin arzimagan narsaga janjallashib qolishibdi. Keyin ular ajrashmoqchi bo‘lishibdi va qozining yoniga borib, davomi…

Ayyor bilan sodda

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir ayyor bilan sodda bo‘lgan ekan.Kunlardan bir kuni ular safar qilmoq uchun yo‘lga chiqishibdi. Yo‘lda ketayotib, bir xumcha oltin topib olishibdi. Oltinni ikkovi bo‘lib olmoqchi bo‘lishibdi. Biroq ayyor soddaga oltinlarni berishni xohlamabdi-da, davomi…

Aqlli bola

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir er-xotin bor ekan. Ularning bitta-yu bitta o‘g‘illari bor ekan.Bir kuni xotin og‘ir kasal bo‘lib, o‘lib qolibdi. Ota-bola juda qiynalib qolishibdi. Oxiri bolaning otasi uylanibdi. Olgan xotini juda yomon ekan, o‘gay o‘g‘lini o‘tirsa — davomi…

Kaltaklangan domla

Qadim zamonda bir kambag‘al er-xotin bor ekan, ularning yolg‘iz o‘g‘illari bor ekan.Kunlardan kun o‘tib bola katta bo‘lgach, uni maktabga o‘qishga berishibdi. Bola o‘qib yurganida otasi o‘lib qolibdi. Bola onasining tarbiyasida yura beribdi. Ona o‘g‘lining domlasiga turli-tuman mazali taomlar pishirib yuborib davomi…

Yaxshivoy bilan Yomonvoy

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir shaharda, bir kunda ikki oilada farzand tug‘ilibdi. Birinchisining tug‘ilishi xavo aynigan, yomg‘ir yoqqan paytga to‘g‘ri kelibdi. Shuning uchun unga Yomonvoy deb nom qo‘yishibdi. Ikkinchisi esa yomg‘ir tinib, havo ochilib, oftob chiqqan vaqtda tug‘ilibdi. davomi…

Ustamning haqi ko‘p

O‘tgan zamonda bir temirchi bo‘lgan ekan. Do‘koniga bir qozoq kelib, undan:— Temir o‘choq qancha temirdan yasaladi? — deb so‘rabdi.— Olti pud temirdan bo‘ladi, — debdi usta.Qozoq temirchiga olti pud temir keltirib beribdi. Usta temirni olovga solaverib ozaytiribdi. Qozoq kelib:— O‘choq davomi…