801. Bu ro‘yxatdan faqat 3 ta Yevropa davlatlari poytaxti o‘rin olgan. Shvetsiya poytaxti 67-o‘rinda, Frantsiyaniki 71-o‘rinda, Daniya poytaxti 72-o‘rinda. Bu ro‘yxatda insonlar nomi ham uchraydi. Bu qaysi ro‘yxat?
Javob: Mendeleev davriy jadvali. Unda 3 davlat poytaxtining eski nomiga qo‘yilgan elementlar bor: Golmiy (Stokgolm), Lyutetsiy (Parij), Gafniy (Kopengagen).
802. Bu poytaxt dunyoga ancha mashhur va yirik shahar hisoblanadi. Qizig‘i bu shaharga qo‘li uzun inson asos solgan deyishadi. Menga poytaxtni emas, asos solgan insonni ayting.
Javob: Yuriy Dolgorukiy. Bu shahar Moskva edi.
803. Payg‘ambar (s.a.v.) tug‘ilgan kechada qanday tarxiy voqealar yuz bergan?
Javob: Rasuli akram (s.a.v.) tug‘ilgan kechda Kisroning saroyidagi 14 ta ustun yiqilgan, ma’jusiylrning otashlari so‘ngan va Savo ko‘li qurigan.
804. Qamariy oylarni tartib bilan sanang.
Javob: Muharram, Safar, Rabiul-avval, Rabiul-ohir, Jumodul-avval, Jumodul-oxir, Rajab, Sha’bon, Ramazon, Shavvol, Zulqa’da. Zulhijja.
805. “Hasbunalloh va ni’mal vakil” nima degani?
Javob: Alloh bizga yetar. U naqadar go‘zal vakildir.
806. Rasululloh (s.a.v.)ning hadislariga ko‘ra, kimlarning duosi Alloh huzurida rad etilmaydi?
Javob: Ota va onaning farzadi haqiga qilgan duosi, bir musulmonning boshqa birodariga qilgan duosi, iftor qilgunga qadar ro‘zadorning duosi, adolatli hukmdorning duosi.
807. Ulamolar unga bog‘liq masalalarda eng ko‘p ixtilof qilgan fan qaysi?
Javob: Fiqh
808. Sutra nima?
Javob: Sutra – bu namozxonning oldidan biror narsa o‘tmasligi uchun qo‘yilgan to‘siqdir. Sutrani Hanafiy va Molikiy mazhablari mandub, Shofe’iy va Hanbaliy mazhabalari mustahab deganlar.
809. Men o‘n olti yildan beri to‘yib ovqatlanmadim. Zero, to‘yib ovqatlanish badanni og‘irlashtiradi, qalbni qoraytiradi, zakovatni ketkazadi, uyquni jalb etadi va kishini ibodatga zaif qiladi. Bu ibratli so‘zlar kim tamonidan aytilgan?
Javob: Imom Shofeiy rahmatullohi alayh.
810. Fiqh ilmining peshvolari va odob-axloq namoyondalari, tobe’lari ko‘p bo‘lgan zotlar beshta deyiladi. Bular kimlar, nomlarini sanab o‘ting.
Javob: Imom Abu Hanifa, Imom Shofeiy, Ahmad ibn Hanbal, Imom Molik, Sufyon Savriy.
811. Zardusht so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?
Javob: “Sariq tuya mingan kishi” degan ma’noni bildiradi.
812. Hadislarni ilk bor yozib olgan sahobiy kim?
Javob: Abu Hurayra r.a.
813. Madinaliklardan birinchi bo‘lib kim musulmon bo‘lgan?
Javob: As’ad ibn Zurora r.a.
814. Siroti Mustaqim nima degani?
Javob: Eng to‘g‘ri yo‘l – Islomiyat yo‘li.
815. Hasanot va shayyiot nima degani?
Javob: Hasanot: yaxshi amallar, yaxshiliklar; shayyiot: yomonliklar, gunohlar, jinoyatlar.
816. G‘animat nima?
Javob: Jangda dushmandan olingan mol.
817. Islomda ilk g‘animat va asir qachon olingan?
Javob: Ilk g‘animat Abdulloh ibn Jahsh tomonidan olingan.
818. “Adolat davlatning tamal toshidir” so‘zi kimga tegishli?
Javob: Hazrati Umar.
819. Qur’oni karimning boshqa ismlari qaysilar?
Javob: Kitob, Furqon, Mushaf, Burhon, Hablulloh, Hablul matin, Kalomulloh, Zikr, Hudo, Nur, Shifo.
820. Hadisi qudsiy deb nimaga aytiladi?
Javob: Rasululloh SAVning Qur’oni karimdan boshqa Allohdan rivoyat etgan so‘zlari. Ma’nosi, so‘z va ifoda Rasulullohga tegishlidir.
821. Hazrati Odam a.s.ning 10-o‘g‘li va ikkinchi payg‘ambar kim?
Javob: Shis alayhissalom.
822. Qaysi sunnatni bajarish bilan qaysi farzni ado etishdan ko‘p savob olinadi?
Javob: Salom berish sunnat, javob berish farz bo‘lgani holda, salom berishning savobi katta bo‘ladi.
823. Imom Abu Mansur Muhammad Moturidiy qayerlik va qachon vafot etgan?
Javob: Samarqandning Moturid degan qishlog‘idan, turkiy edi. Hijriy 333 yili vafot etgan.
824. Abu Hasan Ash’ariy hazratlari qayerlik va qachon vafot etgan?
Javob: Basralik bo‘lib, hijriy 324 yili vafot etgan.
825. Namozning qazo qilinishiga shar’iy sabablar qaysidir?
Javob: Uyqu, urush paytida dushman hujumidan biron fursat topa olmaslik, unutish.
826. Ko‘p qabilalar payg‘ambarimizga elchilar jo‘natib, o‘zlarining Islomga kirganliklarini e’lon qilardilar. Shu sababdan bu yil Elchilar yili deyildi. Bu yil hijratning nechanchi yili edi?
Javob: Hijratning 9-yili.
827. Badr g‘azoti ramazon oyining nechanchi va haftaning qaysi kuni boshlandi?
Javob: Ramazonning 17-chisida, seshanba kuni boshlandi.
828. Badr g‘azotida ansorlardan necha kishi qatnashdi?
Javob: 231 kishi.
829. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning amrlari bilan 10 kun ichida Madinani tark etishlari, aks holda o‘ldirilishlari hukm qilingan yahudiy qabilasi qaysi?
Javob: Banu Nazr.
830. Yahudiylarning yordami bilan Makka mushriklari Madinaga hujum qilish maqsadida 10000 kishilik qo‘shin hozirladilar. Bu qo‘shinning qo‘mondoni kim edi?
Javob: Abu Sufyon.
831. Qaysi butning olib kelinishi natijasida Saudiya Arabistonida butparastlik boshlandi?
Javob: Hubal.
832. Handaq g‘azotining boshqa ismi nima? Bu ga’zot qaysi hijriy yilda bo‘lgan?
Javob: Ahzob g‘azoti. Hijratning 5-yilida bo‘lgan.
833. Makka mushriklari Qusay tarafidan hukumat qarorgohi bo‘lib qurilgan binoda to‘planib, masalalarni hal etishardi. Bu binoni qanday ism bilan atalardi?
Javob: Dorun-nadva.
834. Quddusning rimliklar tomonidan bosib olinishidan so‘ng Madinaga kelgan yahudiy qabilalarining nomi nima?
Javob: Nadr, Qurayza, Qaynuqo’.
835. Islomda bandaning amali necha qismga bo‘linadi?
Javob: Ular sakkiz qismga bo‘linadi: Farz, Vojib, Sunnat, Mustahab, muboh, xarom, makruh va mustakrah.
836. Mustakrah qanday amal?
Javob: Islomda mustakrah amalini qilishlik bilan banda gunohkor bo‘lmasa ham u odobsizlikka kiradi.
837. Mustakrahga qanday amallar kiradi?
Javob: unga asosan taomni katta-katta yeyish, baland ovoz bilan kekirish, esnash bundan tashqari ko‘chada ovqatlanish kabilar.
838. Qiblamizning Masjidul Aqsodan Ka’baga o‘zgartirilishi Qur’oni karimning qaysi surasida amr etilgan?
Javob: Baqara surasi, 144-oyat.
839. Aqoba bay’atini qilgan musulmonlar qayerlik edi?
Javob: Madinalik.
840. Madinada qurilgan va chegaralari belgilangan va boshqaruviga Payg‘ambarimiz (s.a.v.) kelgan davlatga qanday nom berilgan?
Javob: Madina shahar davlati.
841. Islomiyat davrida ilk mustaqil masjidning nomi nima?
Javob: Qubo masjidi.
842. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yozishmalarida yahudiylarga ishonmaganliklari uchun ashoblardan birini yahudiy tilini o‘rganish vazifasini berdilar. Bu sahoba kim?
Javob: Zayd ibn Sobit.
843. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Madinaga kelganlarida bu shaharda ikkita katta qabila bor edi. Bu ikki katta qabilaning nomlari nima?
Javob: Avs va Hazraj qabilalari.
844. Hazrati Abu Bakr, Usmon, Zubayr, Abdurahmon ibn Avf kabi insonlar ilk musulmon bo‘lganlardandir. Bularning hammasiga nima deb nom berilgan?
Javob: As-sabiqul-avvaliyn.
845. Hazrati Oyisha onamizga munofiqlar tomonidan qilingan tuhmat voqeasi qaysi jang paytida bo‘lgan edi?
Javob: Muraysa jangida
846. Suv topilmagani bois tayammumning farz qilinishi qaysi g‘azot paytida bo‘lgan edi?
Javob: Muraysi g‘azotida.
847. Makkaning fath etilishiga nima sabab bo‘lgan edi?
Javob: Hudaybiya sulhining buzilishi.
848. E’tikof nima?
Javob: E’tikof – ma’lum muddatni niyat qilib mazjid yoki uydan chiqmay ro‘za tutib, ibodat qilish.
849. Imronning qizi Maryamga kim kafil qilingan?
Javob: Qur’oni Karimning “Oli – Imron” surasida shunday yozilgan. Kafil, kafolatchi degani. Ya’ni Maryamni Zakariyo o‘z himoyasiga olgan ma’nosida.
850.”Al-masih”ning ma’nosi nima?
Javob: Tiriltiruvchi.
851. Havoriylar kimlar?
Javob: Iso alayhissalomga ergashganlar.
852. “An’om”ning ma’nosi nima?
Javob: Chorvalar. Makkada nozil qilingan va bir yuz oltmish besh oyatdan iborat Qur’oni karim surasi “An’om” deb nomlanadi.
853. Nyu-Yorkda o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, AQSh aholisi telefonda gaplashayotganda eng ko‘p ishlatiladigan so‘zni toping.
Javob: “I”, ya’ni “men”
854. 1891 yil kanadalik jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Neysmit qaysi sport turiga asos solgan?
Javob: Basketbol
855. Anvar o‘ziga ustoz bilgan shoir kim edi? (“Shaytanat”)
Javob: Asqar Qosim.
856. Uganda, Ekvador, Kolumbiya, Indoneziya, Somali, Keniya, Braziliya, Kongo, Zair. Bu davlatlarni bir narsa birlashtirib turadi. U nima?
Javob: Barcha mamlakatlar ekvatorda joylashgan.
857. 2006 yil Angliyada maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada “Kimni Buyuk Britaniya Bosh vaziri bo‘lishini xohlaysiz” degan savolga eng ko‘p ovoz Manchester Yunayted jamoasi o‘yinchisi Ueyn Runiga beriladi. Ikkinchi o‘rinni egallagan inson real shaxs emas. U kim?
Javob: Garri Potter
858. Afrikadagi ba’zi qabilalar tilida “Junglidan kelgan odam” ma’nosini bildiradigan hayvon qaysi?
Javob: Orangutang.
859. O‘zbekiston, Urugvay, BAA, AQSh, Ukraina, Uganda. Bu davlatlarni ingliz tilini ishlatgan holda bog‘liqligini toping.
Javob: Barchasi U harfidan boshlanadi.
860. U dunyoda 3996 ta. Har yili ularning 14 tasi yo‘qolib ketmoqda. Savol gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Til
861. Beloruslar uni qadimda Lelya, Syotsya, Jiten va Zyuzya deb atashgan. Ular hech qachon birga yig‘ilishmagan va o‘z navbatini o‘zgartirishmagan. Biz hozir ularni o‘zbekchada njima deb ataymiz?
Javob: 4 fasl: Bahor, yoz, kuz va qish
862. Mashhur Encarta-98 entsiklopediyasida “Mashhur juftliklar” katalogi mavjud. Bu katalogdan Romeo va Juletta, Piter va Mariya Kyuri, Aka-uka Raytlar, Ishoq Rabin va Yosir Arofat kabi maqolalar o‘rin olgan. Savol, bu katalogdagi eng birinchi maqola qaysi juftlik haqida?
Javob: Odam Ato va Momo Havo
863. Uni qora, yashil, qizil, sariq turlari bor. U deyarli barcha xonadonda mavjud. O‘zbekistonda uni qora va yashil turlarini ko‘p iste’mol qilishadi.
Javob: Choy
864. U qush o‘z qanotlari yordamida suv tagida suza oladi. Tezligi esa 10 m/s. Eng qizig‘i u qush shuncha tez suzsa ham ucha olmaydi. U qaysi qush?
Javob: Pingvin
865. O‘zbekiston Respublikasining 1 so‘mlik pulida nechta “bir so‘m” degan yozuv bor?
Javob: 2 ta
866. Sizga ma’lumki qadimda qo‘shinlarda o‘nboshi, yuzboshi, mingboshi degan unvonlar bo‘lgan. Yunon tilida o‘nboshi degan so‘z bor. U so‘z hozir ham ishlatiladi. Faqat harbiy sohada emas, ta’lim sohasida. U qaysi so‘z?
Javob: Dekan
867. Qadimda ko‘p davlatlarni shohlar boshqargan. Hozir ular yo‘q. Lekin Osiyodagi bir shaharda biz tirik shohni uchratamiz. Albatta bu so‘zni tarjima qiling va qaysi shaharligini ayting.
Javob: Shohi Zinda – Samarqand
868. Yunonchaga “Kiyimlarni qo‘riqlayman” so‘zini tarjima qiling.
Javob: Garderop
869. Qaysi fanning ma’nosi “Donolikni sevaman” degani?
Javob: Donolikni sevaman – Filosofiya – Falsafa
870. Lotinchada bir mamlakatning ma’nosi “Janubiy yer” degani. U davlat haqiqatan ancha janub tomonda joylashgan. Bu qaysi davlat?
Javob: Avstraliya
871. Menga 2 ta qit’a nomini ayting, birinchisining ma’nosi “quyoshning chiqishi”; ikkinchisining ma’nosi “quyoshning botishi” bo‘lsin.
Javob: Osiyo va Yevropa
872. Suaxili tilini bilmaysiz. Lekin u tildagi 1 so‘zni mashhur multfilmdan ko‘p eshitganmiz va ishlatganmiz. U so‘zning ma’nosi “xavotirsiz yaxshi yashash” degani. Qaysi so‘z?
Javob: Akuna matata
873. Bu sport turi rus tilidan “o‘z o‘zini himoya qilish” degan ma’noni beradi. Bu qaysi sport?
Javob: Sambo – samooborona bez orujiya
874. Koreys tiliga “poytaxt” so‘zini tarjima qiling.
Javob: Seul
875. Bu poytaxt 2 ta shahar qo‘shilishidan tashkil topgan. Uning nomi ana shu 2 ta shahar nomi qo‘shilgandan so‘ng paydo bo‘lgan. Bu qaysi shahar?
Javob: Budapesht
876. Bu shaharga mo‘g‘ullar asos solishgan. Uning ma’nosi “Saroy” degani. Siz menga bu qaysi shahar ekanligini emas, u qaysi viloyat markazi ekanligini ayting.
Javob: Qarshi – Qashqadaryo viloyati markazi
877. Bu poytaxt shaharga o‘sha davlatning birinchi prezidentining nomi berilgan. Bu qaysi poytaxt shahar?
Javob: AQSh poytaxti Vashington
878. Nauru davlatini ko‘pchilik eshitmagan bo‘lsa kerak. U davlatning aytarli tomoni ham yo‘q. Lekin 1 sababga ko‘ra, u dunyodagi yagona davlat xisoblanadi. O‘sha sababni aniq ayting.
Javob: Bu mitti davlatning poytaxti yo‘q
879. Aynan mana shu poytaxt shaharning ichida boshqa bir davlat joylashagan. Bu qaysi shahar va davlat?
Javob: Italiya poytaxti Rim va unda joylashgan Vatikan
880. Mersedes kompaniyasi yangi rusumdagi jamoat avtobuslarni chiqara boshladi. Uning salonida maxsus tablo o‘rnatilgan bo‘lib, unda 3 raqam yo‘lovchilarga ko‘rsatilib turadi.
1. Aniq vaqt – ya’ni soat
2. Salondagi harorat – ya’ni temperatura.
Xo‘sh 3-raqam nimani ko‘rsatib turadi?
Javob: Spidometr tezligi
881. Yevropa Ittifoqiga kirib keladigan qalbaki maxsulotlarning foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha
1-o‘rin: Segareta maxsulotlari
2-o‘rin: Kiyim-kechak
Xo‘sh 3-o‘rinda qaysi maxsulot turadi?
Javob: Qalbaki CD va DVD disklar
882. Filipp Morris kompaniyasi o‘z xodimlarining 40% iga aynan bir oyda mehnat ta’tili berar ekan. Sabab bu oyda savdo hajmi keskin kamayarkan. Qaysi oyda?
Javob: Ramazonda. Bu oyda sigaret kam sotiladi.
883. Tailand qonunlariga ko‘ra, pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas. Bunday ishni qilgan shaxslarga jarima solinadi. Bu qonun o‘ziga xos chuqur ma’noga ega. Savol nima uchun Tailandda pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas?
Javob: Imperator tasviri tushirilganligi uchun.
884. 2002 yil Angola hayvonot bog‘idan Botsvanaga 200 ta fil, tuyaqush, maymun, sher, antilopa, zebra, jirafa, to‘tiqush, timsoh kabi hayvonlar kemada olib kelindi. Bu operatsiya qanday nomlangan?
Javob: Nuh kemasi
885. Eng birinchi uning yorug‘ligi ko‘rinadi. So‘ng ovozi eshitiladi. So‘ng shamolini his qilasiz. Ana undan keyingina o‘zi kirib keladi. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Metrodagi poyezdning kelishi.
886. Undan qancha olsangiz kattalashadi, qancha qo‘shsangiz kichrayadi. Nima u?
Javob: Chuqur
887. Bir podshoh qadimda oshpazlar tanlovini o‘tkazgan. U oshpazlarga quyidagicha shart qo‘ygan: Siz shunday bir ovqat pishiringki, boshida 1 chelak tuz soling, pishayotganda 1 chelak tuz soling, va men yana unga tuz sepib yey. U qaysi ovqatni nazarda tutgan?
Javob: Tuxum
888. Karate Yaponiyada paydo bo‘lganini bilasiz. Uning ma’nosi “Bo‘sh qo‘l” degani. Xo‘sh unda yaponchasiga “Bo‘sh ovoz” nima ekanligini toping.
Javob: Karaoke
889. Yunon tiliga “Sakkizinchi oy” degan so‘zni tarjima qiling.
Javob: Oktyabr – “okta” – sakkiz
890. Dinimiz ilm o‘rganishni musulmonlarga nima uchun farz qilgan?
Javob: Chunki Islomning martabasi ilm yuksakligi bilan namoyon bo‘ladi.
891. Bu poytaxt shaharda San-Fernando akademiyasi joylashgan. Bu akademiyada 1924-1926 yillarda mashhur rassom Salvador Dali o‘qigan. Gap qaysi poytaxt haqida bormoqda?
Javob: Madrid
892. 1896 yil bu shahar poytaxt deb e’lon qilindi va uning nomi ham o‘zgardi. Uning nomini ma’nosi “Sharq poytaxti”. Bu qaysi shahar?
Javob: Tokio
893. Qaysi shaharni “Mangu bahor” deb atashadi?
Javob: Addis Abeba.
894. 1 daraxt, daraxtda 12 shox, 12 shoxda 30 ta barg. Siz esa menga bu narsalar nima ekanligini aytishingizni hojati yo‘q. Faqat menga o‘sha daraxtdagi 5 meva nima ekanligini ayting. U 5 mevaning 3 tasi quyoshda, 2 tasi soyada turibdi.
Javob: 5 vaqt namoz.
895. Islom taraqqiyotiga oid so‘ngi statistikaga ko‘ra so‘ngi vaqtlarda Muhammad ismi borgan sari ko‘payotgan ekan. Siz albatta bunga sabab musulmonlarning o‘z farzandiga ixlos qilib shunday ism qo‘ysa kerak deb o‘ylayotgandirsiz. Yo‘q. Bunga aniq boshqa sabab bor. Siz menga o‘sha sababni ayting.
Javob: Islom dinini qabul qilgan boshqa din vakillari o‘zlariga ko‘proq shu ismni qo‘yishmoqda.
896. AQShlik stomatolog Djozef Berkovskining fikricha, bu ayolning yuz tuzilishi insonlar uchun eng tipik ko‘rinishi ekan. Bunday fikrga kelishiga unga u ayolning oldingi tishlari sabab bo‘lgan ekan. Bu dunyoga mashhur ayol kim?
Javob: Jakonda
897. Donetsklik shifokor Andrey Mazur o‘zining Kesha laqabli to‘tiqushiga 3 xil tilda bir necha so‘z va raqamdan iborat bo‘lgan bir jumlani yodlatgan. U har doim bu jumlani takrorlashga o‘zining to‘tiqushini o‘rgatgan. Bir kun kelib buning foydasi tegib qolishiga Mazur ishonadi. Savol quyidagicha, u to‘tiqushiga bir necha so‘z va raqamdan iborat bo‘lgan qanday jumlani yodlatgan?
Javob: Uy manzili (mabodo yo‘qolib qolsa).
898. 1898 yili Ispaniya AQShdan mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng Kubaga bo‘lgan xukmronligidan voz kechishi va orolni tark etishi kerak edi. Lekin ular Kubani tark etishdan oldin o‘zlari bilan ispan-amerika madaniyatiga taaluqli katta qimmatga ega (balki uncha katta emasdir) bo‘lgan tarixiy yodgorlikni, ya’ni bir shaxsning tobutini Sevilyadagi soborga ko‘chirib ketishini aytishadi. Bu kim edi?
Javob: Xristofor Kolumb
899. Dunyoga mashhur Metro Golden Mayer kinokompaniyasining emblemasi o‘kirayotgan sher ekanligidan xabaringiz bor. Buning ma’nosi nima? Nega aynan o‘kirayotgan sher?
Javob: 1-ovozli kinoga va rangli lentaga ishora edi
900. “Ko‘zlarim yo‘lingda” filmining bosh qahramonini kim o‘ynagan va uning filmdagi kasbi nima edi?
Javob: Mirzabek Holmedov, kinochi