Xunnlar Yevropada paydo bo‘lgan. Ular Osiyodan kelib, Dunay daryosining o‘rta oqimi bo‘ylab joylashishgan. Ularning rahnamosi Attila bo‘lib, uning nomi hozirga qadar yirtqichlarcha shafqatsizlik ramzi hisoblanadi. 451 yilda Attila o‘z to‘dasini Galliya tomon boshlab boradi. Biroq Mauriakaga yetganda ularning yo‘lini g‘aroyib bir ittifoqchi qo‘shin to‘sib chiqadi. Ravennadan yuborilgan Rim armiyasi, Galliyaning shimolidan franklar, janubdan vestgotlar va alanlar — dahshatli xavf ularni birlashtirgandi. Maruriaka yonidagi jangda Attila yengiladi va Dunay bo‘yiga chekinadi.
Keyingi yili u Italiyada paydo bo‘ladi. Niyati — Rimni vayron qilish edi. Konstantinopol armiyasining zarbasi xavfi hamda Rim papasi Lev 1 bilan uchrashuvgina uni orqaga qaytishga majbur qiladi. Bir necha oydan so‘ng Attila vafot etadi va nihoyat Yevropa erkin nafas ola boshlaydi.