Qor ko‘p yog‘sa, jamiyat hayoti maromini buzishi mumkinligini hammamiz yaxshi bilamiz. Ammo u, masalan, boshoqli ekinlarga, foyda ham keltirishi mumkin.
G‘alla o‘sishi uchun, albatta, suv kerak. Ariqlardagi suv qayerdan paydo bo‘ladi? Yer osti suvlari borligini ham bilasizmi? Suv (ma’lum bir qismini istisno qilganda) yomg‘ir va eriyotgan qordan paydo bo‘ladi. U Yerning ustki qatlamidan sizib o‘tib, ariq va daryolarga tushadi.
Suv hamisha ko‘rinmas gaz-suv bug‘i tarzida havoda mavjuddir. Zarur shart-sharoit bo‘lganda, ushbu bug‘dan muz kristallchalari hosil bo‘ladi. Ular dastlab bulutga, so‘ngra yomg‘ir yoki qorga aylanadi.
Dunyoning ko‘pgina mintaqalarida asosiy yog‘ingarchilik turi, shuning barobarida suv manbai yomg‘irdir. Ammo qor sovuq zonalar va tog‘ kabi balandliklarda asosiy yog‘ingarchilik turi hisoblanadi. Qurg‘oqchil mintaqalarning tog‘larida yig‘iladigan qor odam qo‘li bilan yaratiladigan har qanday rezervuardan katta suv zaxiralari to‘planadigan joydir.
Bunday qor bahor va yoz oylarida erib, ekinlarni sug‘orish uchun zarur bo‘lgan suvga aylanadi. Ba’zi mintaqalarda don ekinlari faqat qor suvidan ichadi. Amerika Qo‘shma Shtatlarining g‘arbiy qismida joylashgan tog‘larda yozning qurg‘oqchilik paytida ekinlarga qancha suv kerakligini aniqlash maqsadida tadqiqotlar olib boriladi.