Nayzabaliq issiq va mo‘tadil sovuq suvli dengizlarda yashaydi. Unga sinchiklab qarasangiz, nomi qayerdan olinganiga hayron qolmaysiz. Old jag‘i nayzadek uchli bo‘lgan bu baliq ham o‘zining vahimali qurolidan unumli foydalanadi. U ko‘p bor qayiqlarning tagini teshishga muvaffaq bo‘lgan.
Nayzabaliq eng yirik dengiz baliqlari sirasiga kiradi. Bo‘yi 5 metrgacha keladi, og‘irligi esa 500 kilogramm tosh bosadi. Nayzasining uzunligi 1 metrga borib qoladi. U yirtqichdir, o‘zidan kichik baliqlarni yeb kun kechiradi. G‘alati narsalarni tutishga ishqiboz baliqchilar orasida u e’tiborga ega. U bir soatda 80—100 chaqirim masofani bosib o‘tadi.
Yuzaki qarasangiz, uni arrabaliq bilan adashtirib qo‘yishingiz mumkin. Lekin u akulalar oilasiga mansub bo‘lib, har ikki tomonida arratishlari bor. U nayzabaliqdan katta va og‘ir keladi. Bu baliqni frantsuzlar qadimiy, uzun va enli nayza nomi bilan — espadron atashadi. U g‘oyat og‘ir bo‘lganidan ikki qo‘l bilan ushlab turishgan. Bu nayzani salib yurishlari davrida ritsarlar bellariga osib yurishgan.