Tabiatda eng ko‘p tarqalgan meduzalardan biri oy meduzalardir. Uning kosaga o‘xshash tanasida uzun, sutrang shokila osilib turadi.
Katta meduzalarning ustida pushti yoki to‘q sariq rangli, to‘rt uchli yo‘ng‘ichqa bargi shaklidagi lappagi bor. Bu to‘rtta uch takror yaratish a’zolaridir. Nar meduzalarda ular urug‘ hujayralari ishlab chiqaradi va ular og‘zi orqali suvga chiqib ketadi. Urg‘ochilarida bu a’zolar tuxum ishlab chiqaradi. Tuxum urug‘lanish jarayonigacha, ya’ni suvdagi urug‘ hujayralari bilan birikkunga qadar tanada turadi.
Tuxum og‘zida osilib turadigan uzun, suzadigan burmalarida rivojlanadi. Tuxum qo‘yilgan paytda ular okean tubiga o‘rnashadi. Ular voyaga yetgan meduzalarga o‘xshamaydi; poliplarga aylanadi.
Yosh poliplar paypaslagichlari bilan oziq topadilar va bir necha oy rivojlanadilar. Keyin ajabtovur hol sodir bo‘ladi. Poliplarda nov unib chiqadi. Poliplar asta-sekin darz ketayotgan idishga o‘xshab qoladi. Bu «idishning» bo‘laklari birin-ketin tarqala boshlaydi. Har bitta bunday «bo‘lak» bora-bora katta meduzaga aylanadi.
Meduzalarning hayot tarzi va ko‘payishi juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu hayot 600 000 000 yildan ziyod davr mobaynida shakllangan. Meduzalar Yerdagi hayotning eng qadimiy shakllariga kiradi va bu davrda juda oz o‘zgardi.
Meduzalar — baliq emas. Baliqlarning hammasi umurtqali hayvonlardir. Meduzaning esa umurtqasi yo‘q. Ularning tanasi ichi teshik va ilviragan sumkaga o‘xshaydi.