Bahor oylarida daraxtlar yaproq yozadi va gullaydi. Ammo yaproqlar yozilishidan oldin o‘tgan yil kuzida tugilgan kurtak holida bo‘ladi.
Aksariyat o‘simliklar kuzda yaproqlarini to‘kadi. Ko‘klam chog‘i esa yangi yam-yashil yaproqlar bilan qoplanadi va gullaydi. Bu azal-azaldan odamlarning e’tiborini tortib kelgan. Ammo kurtaklarning hosil bo‘lish jarayoni ham qiziqarlidir.
Kurtaklar poyaning tepasida yoki yaproqlarning qo‘ltig‘ida paydo buladi. U yerdagi novdaning murtagi kurtak qobig‘i bilan yaxshilab o‘raladi va kunlar isigunga qadar shu taxlit sahlanib qoladi. Qizig‘i shundaki, inson sarsabil va karam singari ayrim o‘simliklarning kurtagini iste’mol qiladi.