Kirill va Mefodiy kim bo‘lgan?

Xristianlar uchun majusiylarni o‘z dinlariga jalb etish asosiy vazifa hisoblangan. Ular qoloq varvarlar qabilalarida o‘z dinlarini targ‘ib qilishgan. Rohiblar majusiylarni o‘z dinlariga da’vat qilganlar.

Konstantinopol ko‘plab o‘z missionerlarini ana shu vazifani hal etish uchun Osiyoga va Sharqiy Yevropaga yo‘llar edi. Ular orasida eng mashhurlari Kirill va uning birodari Mefodiy bo‘lgan. 760—865 yillarda ular yovvoyi turmush tarziga ko‘ra, Attila xunlariga tenglashtiriladigan bolgarlarni xristian diniga o‘tkazganlar. Bolgarlarda shu davrgacha yozuv yo‘q edi. Kirill ular uchun Alifbe tuzgan. Mazkur alifbe — Kirillitsa deb atalib, to hanuzgacha bolgarlar va rossiyaliklar undan foydalanishadi.