Janubiy Xoch nima?

Ekvatorning janubidagi osmonda xochga o‘xshash shaklga ega bo‘lgan to‘rtta yulduz ko‘zga tashlanadi. U Janubiy Xoch deb ataladi. Tomonlarni ko‘rsatuvchi bu yulduz sayyohlarga kechalari yo‘l topib olishda yordam beradi.

Ta’kidlab o‘tganimizday, Janubiy Xoch faqat Janubiy yarim sharda ko‘rinadigan burjlar qatoriga kiradi. Shimoliy yarim shardagi Kichik Ayiq burji haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. Darhaqiqat, ikkala burj ham Yer sharining shimol-janub o‘qida joylashgan va harakatsizdir. Shuning uchun ham ular faqat bir yo‘nalishni: Kichik Ayiq burjidagi Qutb yulduzi — shimolni, Janubiy Xoch to‘rtligi esa janubni ko‘rsatib turadi.