Gullar, albatta, ko‘zlarini yummaydi, mushaklari charchamaydi, ammo ular ham biz kabi dam olishi zarur. Ular ham tunda uxlashadi. Kun bo‘yi quyosh nurlaridan oziq olib, o‘sadi. Quyosh bo‘lmasa, tunda o‘simliklarda hech qanday jarayon yuz bermaydi. Ular «ishlamaydi» va kunni kutib uxlaydi.