Gerblarni kim o‘ylab topgan?

Davlatlar, shaharlar, qirol sulolalari, aslzoda oilalar uz emblema-ramzlariga, ya’ni gerblariga ega. Gerbning tasviri, yozuvi va ranglari uni ko‘tarib yuruvchining o‘tmishidan guvohlik beradi.

Chamasi, gerblar dastlab arablarda mavjud bo‘lib, salb yurishlari davrida ular Yevropada ham keng tarqalib ketgan. Urushlardagi jangu-jadallar chog‘ida jangchilar jangovar bayroqlar va gerblar atrofiga to‘planishgan.

Bir necha yillar mobaynida nilufar gullari emblema bo‘lib xizmat qilgan, bretanlarning gerbida esa olmaxonga o‘xshagan oq yumronqoziq — gornostayning tasviri aks etgan, avstriyaliklar gerbida — burgut, Angliyanikida esa — qoplon tasvirlangan. Gerblarni o‘rganish bilan juda mashaqqatli, ammo behad qiziqarli fan geraldika shug‘ullanadi.