Bog‘ va tomorqalarimizda, o‘rmonlarda tez-tez uchraydigan hasharotlar ana shunday nomlanadi. Bu qo‘ng‘izchalarning 30 mingga yaqin turi mavjud: ammo filcha qo‘ng‘izlarni boshqa hasharotlar bilan adashtirib bo‘lmaydi, chunki ularning ajralib turadigan bir xususiyati — uzun xartumlari bor. Xartumlarining uzunligi tufayli ular filcha nomini olgan. Ularning boshi cho‘zinchoq bo‘lgani bilan xartumi fillar xartumiga sira o‘xshamaydi.
Filcha qo‘ng‘izlar kichkina va ko‘rimsiz bo‘ladi. Agar ularga diqqat bilan qaramasangiz, ko‘zingizga tashlanmaydi ham. Filcha qo‘ng‘izlar kichkinaligiga qaramay anchagina zararlidir. Ular qancha ko‘paysa talofat ham shuncha ko‘payadi. Filcha qo‘ng‘izlar xavfli zararkunanda va ularning zarari ham o‘zgacha. Birlari o‘simlik barglari va daraxt barglarini kemirsa, ikkinchilari o‘z lichinkalarini gullar urug‘doniga qo‘yadi va shu yo‘sinda meva tukkunga kadar nobud kiladi.