Federal qidiruv byurosi (FQB) nima degani?

Federal qidiruv byurosi federal hukumat shaklining eng qiziqarli va eng mashhur bo‘limlaridan biridir. FQB 1908 yilda AQSh adliya vazirligi doirasidagi byuro sifatida tashkil etilgandi.

FQB federal qonunlarning buzilishini tergov qiladi, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar uchun manfaatli masalalarni hal etishda ishtirok etadi. 1924 yilda tanib olish bo‘limi tashkil etilgandi. Dastlab bu yerda 810 188 ta kishining barmoq izlari tushirilgan kartoteka paydo bo‘ldi. Bugungi kunda FQBdagi kartotekada 100 000 000 kishining barmoq izlari mavjud!

FQBning Shtab kvartirasi Vashington shahrida joylashgan; undan tashqari butun mamlakat bo‘yicha tarqalib ketgan yana 52 ta yetakchi bo‘limlar faoliyat yuritadi. O‘z vazifalaridan tashqari yana FQB mahalliy ijroiya organlari va shtatlarning politsiya boshqarmalari qoshida xizmat tashkiloti rolini ham o‘ynaydi. Tergov ishlari bo‘limi barmoq izlarini solishtirib ko‘rib, jinoyatlar to‘grisidagi ma’lumotlarni aniqlaydi. Agar biror kishini hibsga olishsa, uning barmoq izlarini FQBga yuborishadi va 5 daqiqa ichida bu odam avval ham politsiyaga tushgan yoki tushmaganligini bilib olishadi. Mazkur odam haqidagi ma’lumotlar nusxasini uning barmoq izlari Vashingtonga yetib borgandan keyingi 36 soat ichida muayyan politsiya mahkamasiga topshiradilar.

Maxsus laboratoriyalarning ma’lumotlari ham barcha huquqni himoya qiluvchi organlar uchun ochiq. U yerda ishlaydigan olimlar eng yangi, zamonaviy asbob uskunalar bilan ta’minlanganlar; har kuni ular yuzlab hujjatlarni o‘rganadilar, qonni, soch tolasini, tuproq va boshqa jinoyat ashyoviy dalillarini tahlil qiladilar. Jinoyatchi haqida barcha dalillar to‘plangach FQB ekspertlari sudga ko‘rgazma beradilar.

1939 yilning iyunida AQSh prezidenti mamlakatning mudofaa quvvatini qo‘poruvchi, josuslik, sabotaj va boshqa xatti-harakatlarni o‘rganuvchi, tergov qiluvchi agentlik sifatida FQBni sayladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida FQB mamlakat xavfsizligini ta’minlab, ko‘plab josuslik tashkilotlarini fosh qildi.