Dront nima?

Bu tarix bundan taxminan 400 yillar oldin boshlangan edi: Gollandiya kemalarining biri Hind okeanida joylashgan Mavrikiy oroliga kelib to‘xtaydi. Quruqlikda ham, suvda ham ko‘nikib ketilgan kaptar, baliq kabi hayvonlar bilan bir qatorda dengizchilar kurkaga o‘xshagan katta va semiz qushlarning ulkan galasini ko‘rib qoladilar.

Bu qushlardan rosmana qanotlar o‘sib chiqmagan edi va ucha olmasdi. Uning sayrog‘i g‘ozchaning sayrog‘iga o‘xshagan. Ular o‘tdan qilingan uyasiga bittadan tuxum qo‘ygan. Katta qushning og‘irligi 20 kilogramm tosh bosgan.

Kushning zohiran kam harakatchanligi, shuningdek, sinchkovligi va ishonuvchanligi o‘ziga laqab orttirdi. Dengizchilar ularni dodo deb atashdi. Portgualcha doudo so‘zi sodda, do‘lvar, aytilgan gapga tez ishonuvchi ma’nolarini beradi.

Dengizchilar tez orada drontning go‘shti juda mazali ekanini bilib qolishdi. Natijada Mavrikiyga kelgan kemalar tryumlarini to‘ldirib, bu qushning tozalangan go‘shtini olib ketadigan bo‘lishdi.

Drontlar mustamlakachilar o‘zlari bilan olib kelgan kalamush va itlardan ham talafot ko‘ra boshladi, kelgindi jonivorlar ularning polaponi va tuxumlarini yeb qo‘yardi. Bu ham yetmaganday, orolga XVII asrning oxirlarida olib kelingan cho‘chqalar drontlarning haqiqiy dushmaniga aylandi. Ular bu qushlarning 100 yil keyin butunlay qirilib ketishiga olib keldi.

XVIII asrning oxirlariga kelib aqalli bironta ham dront qolmadi. Ularning faqat rasmlari, skeleti va tulumi qolgan, xolos.