Chuvalchang qanday sudraladi?

Chuvalchanglarning turi bisyor, ammo bizga yer chuvalchangi juda yaxshi tanish.

Chuvalchangning tanasi kichkina to‘garaklar — taram-taram bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Shu sababli yer chuvalchanglari bo‘g‘im-bo‘g‘im chuvalchanglar guruhiga kiradi.

Er chuvalchanglari asosan yerning yumshoq yuqori qatlamida yerosti yo‘li qazib, ana shu yo‘llar orqali yurib, oziqlanadi va hayot kechiradi. Ular harakatini yengillashtiradigan shilimshiq ajratib chiqaradi. Chuvalchanglar ikki guruh mushaklarini ishga solib, yo‘l qaziydi.

Mushaklarining bir guruhi butun tanasi aylanasi bo‘ylab o‘tgan va har bir bo‘g‘imiga bittadan mushak to‘g‘ri keladi. Bo‘g‘im mushaklari taranglashgan payti tanasi uzayadi, cho‘ziladi va ingichkalashadi. Gavdasining old qismi oldinga intiladi. Ikkinchi guruh mushaklar butun tanasi uzunasi bo‘ylab joylashgan. Bu mushaklar taranglashganda, bo‘g‘imlar siqiladi va tanasi kichrayadi.

Er chuvalchanglari biri ikkinchisining ichida joylashgan yaxlit tyubikka o‘xshaydi. Uzun, bo‘g‘imlarga ajralgan tananing o‘zi bir tyubik. Uning ichida uzun ovqat kelib tushadigan va hazm ettiradigan tyubik joylashgan. Ovqatni hazm qiladigan bu nayning ikki uchi ham ochiq bo‘ladi. Bir uchidan ovqat kirsa, ikkinchi uchidan hazm bo‘lmagan qismi chiqib ketadi.

Chuvalchanglar mustahkam, qattiq yerlarni o‘yib, tuproqni yutib yerosti yo‘llari qaziydi. Harakatning bu usuli uning uchun oziqlanish usulidir, chunki yerda daraxt va hayvonlarning chirindilari mavjud. Ular hazm bo‘ladi, tuproq esa ovqatni hazm etkizuvchi naydan chiqib ketaveradi.

Tuproqning yutilishi va yana qaytarilishi uning boyishi va hosildorlikni oshirishda muhim o‘rin tutadi. Olimlar tasdiqlashicha, bir gektar maydonda yer chuvalchanglari har yili taxminan 20 tonnadan 40 tonnagacha tuproqni qayta ishlar ekan.