Buyuk Bobil shahri qanday bo‘lgan?

Yunon tarixchisi Gerodot qadimda g‘oyat mashhur bo‘lgan Bobil shahrini batafsil tasvirlab bergan. Ko‘pchilik binolar Nabopalasar va uning o‘g‘li Navuxodonosor tomonidan qurilgan. Ularning davrida Bobil avvalgidanda ulug‘vorroq bo‘lib qolgan.

Shahar mustahkam devor bilan o‘rab olingan bo‘ladi. Ichki devor shu qadar enli ediki, uning ustidan to‘rt ot qo‘shilgan arava bemalol yura olgan ekan. Devorga qo‘yilgan har bir darvoza xudolar nomi bilan atalgan. Muhabbat va urush ma’budasi Ishtar nomi qo‘yilgan darvoza orqali ibodatxona va saroylarga olib boruvchi «tantanalar yo‘li» o‘tgan.

Darvoza ham, muqaddas yo‘l ham sherlar, buqalar va ajdarlarning bo‘rtma tasvirlari tushirilgan sirli zangori koshinlar bilan bezatilgan. Hayvonlar ma’budlarning: sher — ma’budi Ishtar, buqa — osmon va ob-havo ma’budi Adad, ajdar esa shahar homiysi bo‘lmish ma’bud Mardukning ramzi edi.

Bobilda ibodatxonalar va saroylar ko‘p. Ma’bud Marduk nomi bilan bog‘liq ulkan ibodatxona zikkurat, ya’ni ibodatxona minorasi bilan yonma-yon joylashgandi. Daryoga yaqin qurilgan hamda sirlangan koshin-bilan bezatilgan saroyda qadimgi dunyoning yetti mo‘jizasidan biri — mashhur Semiramida osma bog‘lari mavjud edi. Bu bog‘lar sun’iy supalarda joylashgandi. Bog‘ni qachonlardir soya-salqin, dovdaraxtlarga ko‘milgan uyini orzu qilib qolishi mumkin bo‘lgan midiyalik malika uchun barpo etilgan.

Shahar rivojlanib, daryoning narigi sohiliga qadar yoyiladi. Bugunga kelib bog‘dan bor yo‘g‘i xom qishtdan ko‘tarilgan poydevor qolgan. Daryo oqimini o‘zgartiradi, odamlar esa Bobilni tark etishdi.