Qaysi butaga qaramang, u chetan, uchqat, yosuman, shumurt yoki na’matak bo‘ladimi, hammasining guli yorqin, chiroyli va xushbo‘y bo‘ladi. Bu daraxt va butalar yaproq yozgandan so‘ng gullaydi. Ular qanday changlanadi? Albatta, bu ishda hasharotlar yordamga keladi.
Tabiat qo‘ynida yashil yaproqlar orasidan oppoq gullarni ajratib olishdan osoni yo‘q. Chetanning ham, bodrezakning ham uchqatning ham, olmaning ham, yosumanning ham gullari oq tusda bo‘ladi. Na’matakning oq va qizil gullari bor, ammo ular yorqin va ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Bundan tashqari, ko‘pgina butalarning guli xushbo‘y hamdir. Bunday gullarni aerodromdagi qo‘nish belgilari bilan taqqoslash mumkin. Ular go‘yo: «Men mana bu yerdaman! Uchib kela qol!» deb turganday.
Albatta, kapalaklar yoki arilar uning yonidan uchib o‘tib keta olmaydi. Ular tukkan meva ham ko‘zga tashlanib turadi. Ular qizil, qora, sariq tusda yorqin bo‘ladi va g‘uj-g‘uj bo‘lib osilib turadi. Endi ularning ko‘payishiga qushlar yordam beradi. Ular mevalarni cho‘qiydi va tumshug‘iga qisib, o‘zlari uchib yetolgan joylargacha olib ketadi.