Buddaviylik (buddizm) qanday din?

Buddaviylik — jahondagi eng nufuzli dinlardan biri. Buddaviylikka e’tiqod qiluvchilarning ko‘pchiligi Shri-Lanka, Xitoy, Yaponiya, Koreya va Tailandda istiqomat qilishadi. Biroq bu din ma’lum darajada hamma yoqda tarqalgan. Bu dinning asoschisi shahzoda Gautama Sidxartadir. U farovonlik, zeb-ziynatda tug‘ilib o‘sgan.

Kunlardan bir kun saroydan tashqarida yurganida uch erkakka ko‘zi tushadi: biri juda xasta, boshqasi g‘oyat qari va uchinchisi o‘lik edi. Inson chekayotgan iztiroblarni ko‘rib dahshatga tushgan shahzoda odamzot haqiqatga hamda uzoq vaqt davom etadigan baxt-saodatga qanday qilib erishishi mumkinligi haqida bosh qotira boshlaydi. U ro‘za tutar va oddiy bo‘lmagan ushbu savolga javob izlar ekan, qattiq xayolga tolardi. Bir kuni u anjir daraxti ostida (bu daraxt Bo daraxti yoki ma’rifat daraxti sifatida ham mashhur bo‘lgan) o‘tirar ekan, hamma narsadan mahrum, bechora odamlar o‘z qobiliyatlari hamda o‘z xohish istaklari orqali najot topishlari mumkinligini haqidagi fikr yo‘satdan uning miyasiga kelib qoldi.