Sohibqiron Amir Temurning avlodidan bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530) 16 asr oxirida Farg‘onada hukmronlik qilgandi. U bobomeros Samarqandni qaytarib olmoqni niyat qiladi, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchrab, vatanini tark etadi. Kobulni qo‘lga kiritib, Hindistonga yurish boshlaydi. Qo‘shinni Xaybar dovonidan olib o‘tgach, hind tekisliklariga qarab tushib boradi.
Bobur jangda Dehli sultonini nobud qiladi, keyingi yili esa Agra yonidagi jangda rajputlarni yakson qiladi. Rajputlar Hindistonda eng yaxshi jangchi hisoblanishardi, lekin ular fil ustida jang qilishardi. Boburning navkarlari esa uchqur va chaqqon otlarda jang olib borardilar. Shu bois ular g‘alaba qozondilar. Tez orada Bobur butun Shimoliy Hindistonni egallaydi hamda saltanatning birinchi hukmdori bo‘lib qoladi. Saltanat esa turli davrlarda o‘z hududini o‘zgartirib, 1857 yilgacha hukm surib keldi.
Bobur asos solgan davlat Buyuk Mo‘g‘ullar saltanati nomini oldi.