1939 yilda Germaniya va Sovet Ittifoqi bir-birlariga urush qilmaslik haqidagi bitimni imzoladilar, biroq 1941 yil iyunida Gitler mazkur bitimga xilof ravishda SSSRni bosib olishga yo‘naltirilgan «Barbarossa» rejasini amalga oshirishga kirishdi.
Bu tadbirni boshlar ekan, Gitler, albatta, har galgidek bir lahzadayoq g‘alabaga erishishiga qattiq ishongan edi. Biroq, nemis armiyasi qanchalik yaxshi qurollangan, tashkil etilgan va ta’minlangan bo‘lmasin, SSSRga qilingan hujum butun Germaniyaning aholisini va sanoat resurslarini safarbar qilishni taqozo qildi.
Mazkur urush Germaniyaga juda katta talofatlar keltirdi. Aynan SSSRda, I. V. Stalin rahbarligida olib borilgan urushlarda Germaniya ikkinchi jahon urushidagi mag‘lubiyatiga uchradi.