Amerikadagi qadimiy tsivilizatsiyalar qachon dunyoga kelgan?

Bugungi kunda ham, garchi uzoq yillar ilmiy tadqiqotlar olib borilgan bo‘lishiga qaramasdan, hali hanuzgacha qadimiy shaharlar va tsivilizatsiyalarning qachon paydo bo‘lganligi sir bo‘lib qolmoqda. Oddiy va jo‘n dehqon qishloqlari birdaniga keng va obod shaharlarga aylanib, ular aholisi minglab kishilarga yetgan, bu shahar aholisi orasida — kohinlar, hunarmandlar va amaldorlar toifasi alohida-alohida kun kechirishgan. Bu jarayon turli davrlarda dunyoning turli burchaklarida yuz bergan.

Amerikadagi ilk shaharlar Markaziy Amerikaning chakalakzor — junglilarida, shuningdek Janubiy Amerikada, Peru va Boliviya tog‘larida taxminan eramizgacha bo‘lgan X asrlarda paydo bo‘lgan.