Badantarbiya chuqur va ketma-ket nafas olishga majbur qiluvchi ixtiyoriy harakatdir. Mo‘tadil ravishda o‘z vaqtida badantarbiya bilan shug‘ullanuvchi odam buzilgan xiltlardan paydo bo‘lgan kasalliklar, mizoj va ilgari o‘tgan kasalliklar tufayli yuz beruvchi xactaliklar muolajaciga muhtoj bo‘lmaydi. Bunda, albatta, o‘zga tadbirlar ham muvofiq va to‘g‘ri amalga oshirilishi kerak. Masalan, bilquvva ovqat deb atalgan narsalarning birortasi ham to‘la ravishda amalda oziqqa aylanmaydi. Har birining hazm bo‘lishida undan qandaydir chiqindi qoladi. Tabiat uni chiqarmoqqa urinadi. Lekin yolg‘iz buning o‘zi yetarli emac, shu cababdan har bir taom hazmidan co‘ng, albatta, chiqindidan ma’lum bir qoldiq qoladi.
Ba’zi narsalar ko‘p miqdorda to‘planib, ulardan ko‘p chiqindi yig‘iladi va badanga zararli ta’sir etadi. Ya’ni chiqindi chirisa, chirish natijasida kelib chiqadigan kasalliklar paydo bo‘ladi. Bu hol kuchaysa, mizojning buzilishiga olib keladi. Chiqindilar miqdori ko‘payishi esa (modda bilan) to‘liqlik tufayli keladigan kasalliklarni tug‘diradi. Agar chiqindi biron a’zoga quyilsa, u yerda shish paydo bo‘ladi; uning bug‘lari ruh javhari mizojini buzadi. Shuning uchun chiqindilarni chiqarib tashlashga zarurat tug‘iladi. Ammo chiqarib tashlash zaharli dorilar yordamidagina to‘la va yaxshi bo‘ladi. Bu dorilar ayni chog‘da inson tabiatini susaytiradi; zaharsiz dorilarni ishlatish ham odam tabiatiga ortiqcha yuk. Buqrot hakim aytganidek, dori ham tozalaydi, ham yaralaydi. Shu bilan birga dori tanadan kerakli xiltlar va tabiiy rutubatlarni, shuningdek, hayot javhari bo‘lgan ruhniig anchagina qismini ham chiqarib tashlaydi. Natijada boshqaruvchi va xizmat qiluvchi a’zolar quvvati zaiflashadi.
Badantarbiya o‘zga tadbirlar bilan birga to‘g‘ri qo‘llanganda gavdada to‘ldiruvchi narsalar to‘planishining oldini oluvchi kuchli omilga aylanadi. Shu bilan birga tug‘ma issiqlikni oshiradi, tanaga yengillik beradi. Yengilgina issiqlik paydo qilib, kunda to‘planuvchi chiqindilarni yo‘qotadi. Harakat chiqindilar chiqish yo‘llari tomon curilishini osonlashtirib, vaqt o‘tishi bilan ularning to‘planishi oldini oladi. Harakat tug‘ma issiqlikni ko‘paytirib, bo‘g‘in va paylarni mustahkamlaydi. Ta’sir qilish va chet ta’sirlarga bardosh berish qobiliyati oshadi. Chiqindilar kamayishi bilan a’zolar ovqatni yaxshi qabul qila boshlaydi. Tortuvchi quvvat ham harakatlanadi, a’zolardagi tugunlar yechiladi va yumshaydi, turli rutubatlar suyuqlashadi, teshikchalar kengayadi.
Badantarbiya bilan shug‘ullanmay qo‘ygan kishi ingichka og‘riq kasaliga uchraydi, chunki har bir a’zo uchun hayot quroli bo‘lgan tug‘ma ruhni tortib keltiruvchi harakatni tark etish natijasida a’zolar zaiflashadi. O‘zaro tortishish, musht bilan turtishish, yoydan o‘q otish, tez yurish, nayza otish, biror narsaga irg‘ib osilish, bir oyoqda sakrash, qilichbozlik, nayzabozlik, otda yurish, ikki qo‘lni silkitish badantarbiya turlaridir. Bunda odam oyoq uchida turib, qo‘llarini oldin va orqaga cho‘zib tez harakat qiladi.
Nozik va yengil badantarbiya turlariga eca arg‘imchoqda uchish, belanchakda tik holda yo yotib uchish, qayiq yo kemada sayr qilish kiradi. Ot va tuyaga minish, kajava va aravaga tushish kuchliroq harakatlarga kiradi. Maydonning u chetidan bu chetiga tez harakat bilan borib, orqasi bilan qaytish va har safar yurish masofasini maydonning o‘rtasida turib qolganiga qadar kamaytirish ham kuchli harakatlardandir. O‘z soyasi bilan olishish, chapak chalish, sakrash, nayza uchi bilan sanchish, katta va kichik kurralar bilan chovgon o‘ynash, koptok o‘ynash, kurash, tosh ko‘tarish, quvlashish va chopayotgan otni jilovidan tortib to‘xtatish ham shu turga kiradi.
Kurash turlari bir necha: ikki kurashuvchining har biri o‘z raqibining belbog‘idan ushlab o‘ziga tortadi, shu bilan birga kurashuvchi o‘z raqibidan qutilish chorasini qiladi. Ikkinchisi esa, uni qo‘yib yubormaslikka harakat qiladi. O‘ki ikki kurashuvchidan biri ikkala qo‘li bilan ikkinchisini mahkam quchoqlab o‘ziga tortadi va yonga ag‘daradi, bu vaqtda birinchi kurashuvchining o‘ng qo‘li ostidan o‘tishi kerak, ular goh qadlarini tiklab, goh egiladilar. Ko‘krak bilan zarbani qaytarish, ikkinchi bir kishining bo‘ynidan ushlab pastga egish, bir-birovining oyoqlarini o‘z oyoqlari bilan chalishtirib, chalib yoki oyoqlari bilan ikkinchisining oyoqlarini yirib qilinadigan va polvonlar ishlatadigan harakatlar ham kurash turlariga kiradi.
Gavdaning har bir qismi uchun maxsus harakatlar bor. Qo‘l va oyoq harakatlari ma’lum. Ko‘krak va nafas a’zolari harakatlari quyidagicha: kishi tovushini goh pasaytirib, goh o‘rtacha yoki kuchli ovozda og‘iz, tilcha, til va bo‘yindagi a’zolarini harakatlantiradi; natijada rang yaxshilanib ko‘krak tozalanadi. Harakatlar turiga puflash va nafasni ushlab turish ham kiradi. Bu butun tanaga doir harakat bo‘lib, undagi yo‘llarni kengaytiradi.
Har bir kishi o‘ziga moc harakat tanlashi kerak. Belanchakda uchish kabi yengil harakat isitmadan holsizlangan kishilar uchun, harakat va o‘tirishga qurbi yetmaydiganlar uchun muvofiq. Bu harakat endigina betoblikdan tuzalgan kishilarga, xarbaq va bu kabi kuchli surgilarni ichib kuchsizlanganlarga va ko‘krak-qorin to‘sig‘i kasallariga muvofiqdir. Agar odam sekin tebratilsa, uni uyqu bocadi, undagi yel tarqaladi. Bu harakat bosh kasalliklaridan kelib chiqqan parishonlik va tez unutish, ishtahani ochish va tabiatni uyg‘otish uchun ham foydali.
Aravada orqasini old tomonga o‘girib o‘tirish ko‘zi zaif va xira kishilarga foydali. Qayiq va kemalarda sohilga yaqin yerlarda sayr qilish ham foydali. Agar tebranishdan ko‘ngil aynib, keyin bosilsa, bu me’da uchun foydalidir. Taom hazm qilish a’zolari badantarbiyasi butun tana badantarbiyasiga muvofiqdir. Ko‘zni esa, mayda buyumlarga tikilib qarab, vaqti-vaqti bilan yuqoridagi narsaga tez ko‘z yugurtirish bilan harakat qildiriladi. Eshitish juda past ovozlar, ba’zida kuchli tovushlarni eshitish bilan tarbiyalanadi. Shuningdek, cust a’zolarni ortiqcha harakat qildirishdan saqlanish lozim. Masalan, oyoq venalari kengaygan kishi harakatning ko‘pini bo‘yin, bosh, qo‘llarga ko‘chircin. Shunda gavdaning yuqori qicmidagi harakat oyoqlarga ham ta’cir etadi.
Badantarbiyani boshlash vaqtida tana toza bo‘lishi, ichki a’zo va tomirlarda yomon, yetilmagan kaymuslar bo‘lmasligi kerak, badantarbiya bularni butun gavdaga tarqatishi mumkin. Kecha yeyilgan ovqat me’dada, jigar va tomirlarda hazm bo‘lgan, keyingi ovqatni qabul qilish fursati yaqinlashgan bo‘lishi kerak. Qorni to‘q kishining badantarbiyaci qorni och kishi badantarbiyacidan yaxshiroq. Mo‘tadillik badantarbiya uchun eng yaxshi holat. Ba’zan issiq va quruq mizojli kishi badantarbiya qilish natijasida og‘rishi mumkin. Agar uni to‘xtatsa, tuzaladi.
Badantarbiya bilan shug‘ullanuvchi, avvalo, ichak va qovuqdagi chiqindilarni chiqarib tashlashi, keyin harakat qilishi kerak. Gavdani tayyorlash uchun avval uni qattiq mato bilan ishqalash kerak, bundan kishi tabiati uyg‘onib, teri teshiklari kengayadi. Undan keyin chuchuk moy bilan gavdani ishqalab, asta-sekin kuchciz uqalashga o‘tiladi va co‘ng badantarbiyaga kirishiladi.
Bahorda badantarbiya uchun eng muvofiq vaqt tushga yaqin bo‘lib, o‘rtacha haroratli uyda qilinishi kerak. Yozda esa badantarbiya ertaroq vaqtga ko‘chiriladi. Qishga kelsak, ovqatning hazm bo‘lishi va chiqindilarning chiqarilishi jihatidan, yuqorida aytganimiz kabi, eng mos vaqt topilib, badantarbiya qilinadi.
“Tib qonunlari”dan.