Ziyouz portalidan yangi loyiha: Hafta hikoyasi

2018 yildan Ziyouz portalida har hafta jahon va o‘zbek adabiyotidagi eng yaxshi hikoyalarni berib borish rejalashtirilgan. Eng yaxshi hikoyalar mutaxassislar va muxlislar tanlovi asosida saralanadi.

Ko‘pincha bizdan qaysi hikoyalarni o‘qiylik, deb so‘rashadi. Loyihadan maqsad ham o‘quvchilarga eng yaxshi va qiziqarli bo‘lgan hikoyalarni ulashishdir. Yil oxiriga borib, muxlislarimiz 50 dan ortiq sara hikoyalardan bahramand bo‘lishadi.

Hafta davomida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda hafta hikoyasi haqida muhokamalar, keyingi hafta hikoyasi uchun takliflar bayon qilinishi mumkin.

2018 yil 1-7 yanvar:  Artur Konan Doyl. Mallalar uyushmasi (hikoya)
2018 yil 8-14 yanvar: Genrix Byoll. Mening g‘amgin yuzim (hikoya)
2018 yil 15-21 yanvar: Nodar Dumbadze. Hellados (hikoya)
2018 yil 22-28 yanvar: Chingiz Aytmatov. Hayot-mamot (hikoya)
2018 yil 29 yanvar — 4 fevral: Gi de Mopassan. Do‘ndiq (hikoya)
2018 yil 5-11 fevral: Frants Kafka. Evrilish (hikoya)
2018 yil 12-18 fevral: Anton Chexov. Xameleon (hikoya)
2018 yil 19-25 fevral: O‘Genri. So‘nggi yaproq (hikoya)
2018 yil 26 fevral — 4 mart: Viktor Nekrasov. Qirol Nyu-Yorkda (hikoya)
2018 yil 5-11 mart: Yasunari Kavabata. Ko‘zgudagi oy aksi (hikoya)
2018 yil 12-18 mart: Ernest Xeminguey. Yomg‘irda qolgan mushuk (hikoya)
2018 yil 19-25 mart: Sin’iti Yuki. Xazonrezgi bog‘ (hikoya)
2018 yil 26-mart — 1 aprel: Emil Zolya. Toshqin (hikoya)
2018 yil 2-8 aprel: Abduqayum Yo‘ldoshev. Puankare (hikoya)
2018 yil 9-15 aprel: Valentin Rasputin. Frantsuz tili saboqlari (hikoya)
2018 yil 16-22 aprel: Erkin A’zam. Anoyining jaydari olmasi (hikoya)
2018 yil 23-29 aprel: Jan-Pol Sartr. Devor (hikoya)
2018 yil 30 aprel — 6 may: Fyodor Dostoyevskiy. Kulgili odamning tushi (hikoya)
2018 yil 7-13 may. Xorxe Luis Borxes. Funesning mo‘jizaviy xotirasi (hikoya)
2018 yil 14-20 may. Lev Tolstoy. Sergiy ota (qissa)
2018 yil 21-27 may. Uilyam Folkner. Emili uchun atirgul (hikoya)
2018 yil 28 may — 3 iyun. Frants Kafka. Jazo koloniyasida (hikoya)
2018 yil 4-10 iyun. Mixail Sholoxov. Inson taqdiri (hikoya)
2018 yil 11-17 iyun. Karlos Fuentes. Chak Mool (hikoya)
2018 yil 18-24 iyun. Jek London. Hayotga muhabbat (hikoya)
2018 yil 25 iyun — 1 iyul. Aleksandr Grin. Yashil chiroq (hikoya)
2018 yil 2-8 iyul. Vasil Bikov. Sariq qum (hikoya)
2018 yil 9-15 iyul. Rabindranat Tagor. Nur va soyalar (hikoya)
2018 yil 16-22 iyul. Teodor Drayzer. Erk (hikoya)
2018 yil 23-29 iyul. Umar Sayfiddin. Badal (hikoya)
2018 yil 30 iyul — 5 avgust. Ivan Bunin. Muza (hikoya)
2018 yil 6-12 avgust. Lu Sin. Telba xayollar (hikoya)
2018 yil 13-19 avgust. Jeyms Joys. Evelin (hikoya)
2018 yil 20-26 avgust. Xurshid Do‘stmuhammad. Mirkomilboyning qazo bo‘lgan namozi (hikoya)
2018 yil 27 avgust — 2 sentyabr.  Andre Morua. Qaytish (hikoya)
2018 yil 3-9 sentyabr. Shukur Xolmirzayev. O‘zbek xarakteri (hikoya)
2018 yil 10-16 sentyabr. Hermann Hesse. Bo‘ri (hikoya)
2018 yil 17-23 sentyabr. Gabriel Garsia Markes. Unutilmas kun (hikoya)
2018 yil 24-30 sentyabr. Nurulloh Muhammad Raufxon. Qiyomat (hikoya)
2018 yil 1-7 oktyabr. Xuan Karlos Onetti. Sohil bo‘ylab chopayotgan Esberg (hikoya)
2018 yil 8-14 oktyabr. Ernest Xeminguey. Frensis Makomberning omonat baxti (hikoya)
2018 yil 15-21 oktyabr. Uilyam Folkner. Qora musiqa (hikoya)
2018 yil 22-28 oktyabr. Isajon Sulton. Olisdagi urushning aks-sadosi (hikoya)
2018 yil 29 oktyabr — 4 noyabr. Jek London. Shimol Odisseyasi (hikoya)
2018 yil 5-11 noyabr. Anton Chexov. Semiz va oriq (hikoya)
2018 yil 12-18 noyabr. Murod Muhammad Do‘st. Dashtu dalalarda (hikoya)
2018 yil 19-25 noyabr. Nikolay Gogol. Burun (qissa)
2018 yil 26 noyabr — 2 dekabr. Keyt Shopen. O‘kinch (hikoya)
2018 yil 3-9 dekabr. Virjiniya Vulf. Arvohlar uyi (hikoya)
2018 yil 10-16 dekabr. O‘tkir Hoshimov. Urushning so‘nggi qurboni (hikoya)
2018 yil 17-23 dekabr. Ivan Turgenev. Mumu (hikoya)
2018 yil 24-30 dekabr. Abdulla Qahhor. Dahshat (hikoya)