Hozirgi vaqtda dunyodagi yetti mingdan ortiq tildan uch mingi XXI asr oxiriga kelib yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Bu haqda YuNESKO hisobotida so‘z boradi.
Muayyan bir til xavfsiz rivojlanmoqda deb hisoblanishi uchun u tilda barcha avlod hech qanday cheklovsiz gaplashishi lozim.
Xalqaro tashkilot tasnifiga ko‘ra, bugungi kunda mavjud tillarning 10 foizi “o‘ta jiddiy darajada yo‘qolish xavfi ostida”, 9 foizi “shiddatli ravishda yo‘qolib ketish xavfi ostida”, 11 foizi “mutlaqo xavf ostida” va 10 foizi “himoyasiz” guruhga kiritilgan.
YuNESKO dunyo davlatlarini yo‘qolish xavfi ostidagi tillarni asrab-avaylash uchun mablag‘ ajratish va amaliy mexanizmlar yaratishga chaqirgan.