“Yoshlik” jurnalining sayti ishga tushdi

“Yoshlik” jurnalining yoshlikjurnali.uz sayti ishga tushdi. Unda jurnalda bosilgan badiiy asarlar, adabiy-tahliliy maqolalar, tadqiqotlar, jahon adabiyotidan tarjimalar va boshqa qiziqarli materiallar e’lon qilinadi. Bundan tashqari yurtimiz ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida yuz bergan eng muhim yangiliklarni berib borish ham rejalashtirilmoqda.

Yoshlik – orzu-umidlar, yorug‘ tuyg‘ular fasli. Yillar etagimizdan tortsa-da, zangori fasldan uzoqlashgimiz, uzilgimiz kelmaydi. Zero, yoshlik hissi yuragimizga kuch, ruhimizga quvvat bag‘ishlab turadi.

Yangi avlod ovozini tuyib, tuyg‘ularingiz, fikrlaringiz yangilanishini xohlaysizmi? Unda yoshlikjurnali.uz saytini kuzatib boring va “Yoshlik” jurnaliga obuna bo‘ling!

Obuna indeksi: 822

Bir yilda 12 ta son chop etiladi. 64 sahifa.

Yillik obuna narxi (manzilga yetkazib berish xarajatini hisobga olmaganda) – 72 ming so‘m.