20 iyun kuni Vaqf xayriya jamoat fondi va Ziyouz.uz o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Anglashuv memorandumini fond boshqaruv rahbari Jaloliddin Hamroqulov va “Ziyouz” portali ta’sischisi Davronbek Tojialiyev tomonidan imzolandi.
Portalda 10000 dan ziyod kitobning elektron nusxalari mavjud bo‘lib, ular barcha foydalanishi mumkin.
“Ziyouz” portali fondning birinchi axborot hamkori bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, «Vaqf» xayriya jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 16 apreldagi «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5416-son Farmoni bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib u o‘z oldiga masjidlar va diniy ta’lim muassasalarining binolarini qurish, ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish, diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash kabi bir qator ishlarni maqsad qilib qo‘ygan.