Chet tillar bo‘yicha innovatsion metodlarni rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi tanlov e’lon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 23 maydagi “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1971-sonli Qarori asosida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida yangi “Chet tillar bo‘yicha innovatsion metodlarni rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi” tashkil etildi.

Universitet Markazning turli lavozimlariga (PQ-1971-sonli Qarorning 2-ilovasiga muvofiq), shuningdek, Respublika til o‘qitish markazi direktori o‘rinbosari lavozimiga tanlov e’lon qiladi.

Universitetda olib borilayotgan modernizatsiya ishlari, xorijiy tillarni o‘rganish borasida qo‘yilayotgan yangi talablar va albatta yoshlarimizning til bilish ko‘nikmalarini yanada oshirish jarayonlariga o‘z hissangizni qo‘shishni istaysizmi?
Unda bu tanlov, Siz uchun ulkan imkoniyat!

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar haqidagi batafsil ma’lumot universitetning Internet manzili (www.uzswlu.uz)dagi “E`LONLAR” sahifasida berilgan.

Nomzodlar:
• Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
• Tanlagan lavozimi bo‘yicha tegishli ma’lumotga ega bo‘lishi;
• O‘zbek, rus tillaridan tashqari kamida bitta xorijiy tilni C1 darajada bilishi;
• Kompyuter savodxonligi (Microsoft office, Internet)ga ega bo‘lishi lozim.

Nomzodga qo‘shimcha ustuvorlik beruvchi jihatlar:
• Chet tili yoki ijtimoiy soha mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lish;
• Chet elda malaka oshirgan yoki o‘qigan bo‘lish;
• HR menejmenti bo‘lish;
• Yoshi 45 gacha  bo‘lish;
• Moliya-iqtisod sohasida amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lish.

Murojaat uchun telefon: 275-55-44, 230-50-67;
Faks:
275-77-95;
Elektron manzil: [email protected], [email protected]