Joriy yil 16 sentyabrdan 20 sentyabrgacha O‘zbekiston shaharlarida Malayziyada ta’lim ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi. Malayziya global ta’lim xizmatlari agentligi (EMGS) tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda mazkur mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari ishtirok etadi. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan yarmarkaning birinchi kunini Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi Ilhom Tuah bin Ilyos ochib beradi.
Chet elda ta’lim olish imkoniyatini qidirayotgan talabalar va ota-onalar ushbu imkoniyatdan foydalanib, ta’lim yarmarkasiga tashrif buyurishlari va o‘quv dasturlari, qabul mezonlari va stipendiyalar haqida so‘nggi ma’lumotlarni olishlari mumkin.
Ko‘rgazma Toshkentdan tashqari Samarqand (18 sentyabr) va Andijon (20 sentyabr) shaharlarida ham o‘tkaziladi.
Malayziya yuqori sifatli ta’lim tizimi, arzon o‘quv xarajati va yashash narxi hamda xilma-xil madaniy muhitni taklif etadi. Malayziya, shuningdek, musulmonlar uchun qulay joy bo‘lib, mamlakat bo‘ylab halol taom va masjidlar mavjud.
Tahlillarga ko‘ra, Malayziya Markaziy Osiyo talabalari uchun ommabop manzilga aylanib boryapti. EMGS ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yildan 2023 yil avgustgacha bo‘lgan muddatda mintaqa talabalaridan Malayziyada o‘qishni davom ettirish uchun 3800 dan ortiq yangi ariza kelib tushgan.
2012 yil 13 aprelda Malayziya oliy ta’lim vazirligi huzuridagi tashkil etilgan Global ta’lim xizmatlari agentligi (EMGS) dunyo bo‘ylab mamlakat ta’lim tizimini targ‘ib etish bilan shug‘ullanadi.
Avvalroq agentlik raisi doktor Abdul Razzoq Ahmad “Ziyouz”ga intervyu bergan edi.
Mavzuga doir maqolalar:
MTCP: Malayziya oliy o‘quv muassasalarida tahsil imkoniyati. 26.05.2023
Malayziyada tahsil olish uchun 8 sabab aytildi. 17.03.2022