Toshkent moliya institutida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ ta’lim dasturi milliy idorasi tomonidan axborot kuni tashkil etildi. “Dunyo” axborot agentligi xabariga ko‘ra, unda O‘zbekiston vazirliklari va idoralari, oliy ta’lim muassasalari, YeIga a’zo davlatlarning diplomatik vakolatxonalari vakillari qatnashdi.
Tadbirda ishtirokchilarga yashil va raqamli texnologiyalarga o‘tish, ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining inklyuzivligi hamda barqarorligini ta’minlashga qaratilgan, 2023 yil uchun mo‘ljallangan navbatdagi tanlov dasturi tanishtirildi.
Erasmus+ YeIning yoshlarni faol jalb etgan holda ta’lim, kadrlar tayyorlash, sport sohasidagi loyihalar, hamkorlik, tadbirlar va mobillikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uzoq muddatli dasturlaridan biridir. O‘zbekiston ishtirokidagi 43 ta loyihaning umumiy byudjeti 36,6 million yevroni tashkil etadi. Joriy yilda oliy ta’limda salohiyatni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha byudjeti 4,5 million yevrodan ortiq bo‘lgan 7 ta loyiha tanlab olindi.
Mavzuga doir maqolalar:
Erasmus+ dasturi 35 yoshga to‘ldi. 24.01.2022
Erasmus+ tanlovida qaysi yo‘nalishlarda qatnashish mumkin? 08.12.2021