O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Badiiy publitsistika kengashi faoliyatining 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Pandemiya sharoitiga qaramay, kengash a’zolari yil davomida e’tiborga molik ishlarni amalga oshirdi, deb xabar beradi O‘zA.
Qayd etilishicha, 2021 yilda “Buyuk o‘zbek yo‘li”, “Adabiyot – xalqning yuragi”, “Abdulla Oripov zamondoshlari xotirasida”, “Abrorlar hayrati” (Abdulla A’zam), “Eldoshlarim, dildoshlarim” (Sirojiddin Sayyid), “Abdulla Oripov dahosi” (Abdurahim Erkayev), “Rauf Parfi O‘zturk dunyosi” (Ilhom G‘aniyev), “Botindagi bo‘ron” (Olim Toshboyev), “Erkin Vohidovning imzosi” (Ahmadjon Meliboyev), “Yuragiga Surxondaryo siqqan ayol” (Zulfiya Mo‘minova), “Erda yulduz ko‘rdim” (Hakim Sattoriy) nomli publitsistik kitoblar nashr etildi.