Toshkent viloyatida ko‘p asrlik tarixga ega noyob ko‘za topildi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidan tuxumsimon 2 ta xum va vohaning o‘rta asrlarga oid arxeologik yodgorliklariga tegishli 2 ta ashyo topildi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi.

Topilmalar orasida, ayniqsa, sirtiga ayol qiyofasi bo‘rttirib gavdalantirilgan toshbaqasimon ko‘za noyob ekani aytilmoqda.

Bunday idish Toshkent viloyatida ilk bor topildi. U qadimgi yunon an’anasiga mos ravishda ishlangan. Bu qadimgi Choch-Toshkent hududiga salavkiylar sarkardasi Demodamning (miloddan avvalgi III asr) kelishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Xuddi shunday qiyofa Turkiyada miloddan avvalgi II asrda qurilgan Apollon ibodatxonasida ham mavjud.