Taniqli adabiyotshunos olim, filologiya fanlari nomzodi Omonulla Madayev 2 mart kuni vafot etdi.
Omonulla Madayev 1942 yilning 20 mayida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1964 yil Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. 1958 yil Toshkent shahar 1- sonli maktab-internat o‘qituvchisi, 1964 yil Toshkent shahar 82-sonli o‘rta maktab o‘qituvchisi, 1966 yil ToshDU O‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida ishlagan, 1982 yildan Toshkent davlat universitetining o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat olib borgan.
1973 yil “Xorazm xalq dostonlarining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ko‘plab ilmiy va uslubiy ishlar muallifi, xususan, “Insho qanday yoziladi?” (1989), 7, 9-sinflar uchun “Vatan adabiyoti” darsligi muallifi.
Omonulla Madayevning «Alpomish bilan suhbatlar» (1998), «Xalq og‘zaki poetik ijodi» (2001, 2003) asarlari keng ilmiy jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘lgan. U “Do‘stlik” ordeni, “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” unvonlariga sazovor bo‘lgan.
Domlaning yaqinlariga hamdardlik izhor qilamiz.
Omonulla Madayev maqolalari:
Omonilla Madayev. Navoiy dahosi va zamonamiz kashfiyotlari
Omonulla Madayev. Ilmiga sodiq ustoz (2009)
Omonulla Madayev. «Alpomish»ni o‘qish
Omonulla Madayev. Zakovatli inson edi (2009)
Omonulla Madayev. Barhayot ustoz (2007)