14 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti senati deputatlari saylovida qonun buzilish holatlari kuzatilmadi. Bu haqda mamlakat Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Asilbek Smag‘ulov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kazinform” agentligi.
“Ovoz berish kuni hududiy saylov komissiyalari va saylovchilardan “Saylov to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun talablari buzilganligi yuzasidan shikoyat va arizalar kelib tushmadi”, – degan u.
MSK raisi Nurlan Abdirov bu galgi saylov adolatli o‘tganini anglatishini ta’kidlagan.
“Shu bois bu ovoz berish va boshqa saylov tartib-taomillarining saylov qonunchiligi normalariga muvofiqligidan dalolatdir”, – degan rais.
Shundan so‘ng MSK 2023 yil 14 yanvarda bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti senati deputatlari saylovi yakunlariga oid qarorlar qabul qilgan.
Eslatib o‘tamiz, senatdagi 20 o‘rin uchun 55 nafar nomzod da’vogarlik qilgan. Respublika bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatiga 3167 nafar mas’ul deputatlar kiritilgan.
Qonunchilikka ko‘ra, senat deputatlari bilvosita saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan mas’ul deputatlar tomonidan saylanadi.