Qorabog‘ ekologiyasiga yetkazilgan zarar bo‘yicha xalqaro tekshiruv o‘tkazish talab qilindi

Ozarbayjonning 30 yil davomida  ishg‘ol ostida bo‘lgan yerlari tabiati –  o‘simlik va hayvonot olamiga ham jiddiy zarar yetkazilgan. Bu haqda “Yangi Ozarbayjon” partiyasi Zardab tumani rahbari  Ilkin Aliyev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Armaniston ishg‘oli ostida bo‘lgan hududlar, ya’ni Qorabog‘ning tabiiy boyliklari ekspluatatsiya qilingan, madaniy yodgorliklar yo‘q qilingan, qolaversa, o‘rmon fondi va  suv manbalariga jiddiy zarar yetkazilgan.

“Ozod qilingan hududlarda, 43 ming gektar bo‘lgan Gubadli, Lochin, Dashalti, Arazbo‘yi taqiqlangan qo‘riqxonalari, Bositchay va Qorako‘l qo‘riqxonalarida bosib olinishdan oldin Ozarbayjon Respublikasi qizil kitobiga kiritilgan ko‘plab fauna va flora muhofaza qilinardiki, ularning aksari allaqachon butunlay vayron qilingan yoki halokat yoqasida kelib qolgan”, – deydi Ilkin Aliyev.

Bu hol hududda jiddiy ekologik muammolarga olib kelganini ta’kidlagan siyosatchi mavjud holat yuzasidan xalqaro tekshiruv o‘tkazish lozimligini qayd etgan.

“Ishonchimiz komilki, tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, inson huquqlarini himoya qilish va ekologik muammolarni o‘rganish bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilotlar tomonidan qariyb 30 yil davomida bosib olingan hududlarimizda sodir etilgan harakatlar ob’ektiv ravishda o‘rganilib, xalqaro mezonlarga muvofiq huquqiy baho beriladi”, – deb xulosa qiladi “Yangi Ozarboyjon” partiyasi vakili.

Ilkin Aliyev Ozarbayjon muvaffaqiyatli ichki va tashqi siyosat, iqtisodiy taraqqiyot va muntazam nizomli armiya qurish orqali o‘z tarixiy yerlarini qaytarib olganini ta’kidlagan.

“Oliy bosh qo‘mondonimiz janob Ilhom Aliyev qo‘mondonligi ostida 44 kunlik urush davrida ishg‘oldan ozod qilingan hududlarda tiklash ishlari boshlangani g‘ururlidir. Hududlarimiz minalardan tozalanmoqda, zamonaviy standartlarga javob beradigan infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. Agressiya oqibatida bu hududlardan majburan ko‘chirilgan ko‘chkinlarimiz prezidentimizning qat’iyati tufayli tez orada ota-bobolarimiz va boqiy diyorimizga qaytib keladilar”, – deydi siyosatchi.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon armiyasi Qorabog‘da 2020 yil 27 sentyabrdan 9 noyabrga qadar kechgan janglarda qariyb 30 yil ishg‘ol ostida bo‘lgan hududlarini qaytarib oldi. 2020 yilning 10 noyabrida Ozarbayjon, Armaniston hamda Rossiya o‘rtasida uch tomonlama bitim imzolandi. 44 kunlik urush yakunida Qorabog‘dagi 5 ta shahar, 4 ta posyolka hamda 286 ta qishloq yana Ozarbayjon tasarrufiga o‘tdi.